25000/1250 so‘m

Abonent to‘lovi (oyiga/kuniga)

3500/117 daqiqa (oyiga/kuniga)

MOBIUZ abonentlariga , O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari va shahar raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarga

3500 /117 MB (oyiga/kuniga)

Mobil internet

3500/117 SMS

(oyiga/kuniga)
O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlarning bir daqiqasi

42,10 so‘m

O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga (oyiga 3500 daqiqa yoki kuniga 117 daqiqa tugagandan keyin)

42,10 so‘m

Shahar raqamlariga (oyiga 3500 daqiqa yoki kuniga 117 daqiqa tugagandan keyin)
O'zbekiston bo'yicha 1 ta SMS-xabar

0 so‘m

Kiruvchi SMS-xabar

42,10 so‘m

Chiquvchi SMS-xabarlar – MOBIUZ abonentlariga (oyiga 3500 SMS yoki kuniga 117 SMS tugagandan keyin)

42,10 so‘m

Chiquvchi SMS-xabarlar – O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlarga (oyiga 3500 SMS yoki kuniga 117 SMS tugagandan keyin)

1000 so‘m

Chiquvchi xalqaro SMS-xabarlar *
Internetning 1 MB trafigi

126,31 so‘m

Internetning 1 MB trafigi (oyiga 3500 MB yoki kuniga 117 MB tugagandan keyin)
TR ga o'tish «Mobi 25»:

  • USSD- buyruq - *111*102#

  • SMS- yordamchi - 616102 raqamiga 1 sonini yuborish

Foydali buyruqlar:

  • *100#- balans, tarif rejasi va oylik to‘lovga kiritilgan daqiqa va MB to‘plamlarining qoldig‘ini bilish

  • *104# - xarid qilingan SMS-to‘plamlarning qoldig‘ini bilish

  • *102# - xarid qilingan Internet-to‘plamlarning qoldig‘ini bilish

«Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq»

Siz tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovini har kunlik yechib olishga o‘tishni mustaqil ravishda o‘chirishingiz/ulashingiz mumkin. 

 Boshqarish usullari: 

 *111*000*1# - taqiqni yoqish 

*111*000*0# - taqiqni o‘chirish 

 *111*000# - holatni tekshirish

 Xizmatning narxi – 0 so‘m. 

 Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiqni faol va bloklangan holatda va birinchi abonent to‘lovi (raqamni ulagandan keyin) muvaffaqiyatli yechib olingandan keyin ulash/o‘chirish mumkin. 

 Izohlar: 

• Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq» xizmati yoqilgan holatda, abonent to‘lovini yechib olish paytida hisobingizda to‘liq oy uchun abonent to‘lovidan kamroq mablag‘ bo‘lsa, raqam bloklanadi. Blokdan chiqish uchun hisobingizni to‘liq oy uchun abonent to‘lovining qiymatigacha to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi.

• «Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq» o‘chirilgandan keyin, abonent to‘lovini yechib olish paytida hisobingizda to‘liq oy uchun abonent to‘lovidan kamroq, lekin 1 kun uchun abonent to‘lovidan ko‘proq mablag‘ bo‘lsa, abonent to‘lovini har kunlik yechib olish qo‘llaniladi va kunlik megabayt, daqiqa va SMS hajmlari taqdim etiladi. 

 •   Abonent to‘lovi uchun hisobida yetarli mablag‘ bo‘lmaganligi sababli blokda bo‘lgan holda, «Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq» xizmatini o‘chirsangiz va bunda hisobingizda 1 kunlik abonent to‘lovidan ko‘proq mablag‘ bo‘lsa, raqam hisob 0 so‘mdan ko‘proq bo‘lgan har qanday qiymat bilan to‘ldirilganda,avtomatik ravishda blokdan chiqadi.

 •  Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq xizmati yoqilgan paytda tarif rejasi o‘zgartirilganda – o‘tishga taqiq saqlanib qoladi.

Shartlar:

  • Qo‘ng‘iroqlarni narxlash daqiqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.

  • Barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni narxlash 1-soniyadan boshlanadi. Qo‘ng‘iroq davomiyligi katta tarafga qarab yaxlitlanadi.

  • Internet-trafikni yaxlitlash kvanti 1 KB

  • «Mobi 25», tarif rejasida «Gap ko‘p» xizmatini ulash mumkin. Ulanish narxi- 10 000 so‘m.

  • Ushbu tarif rejasiga yangi ulanilganda yoki o‘tilganda, abonent to‘lovi darhol yechib olinadi. Abonent to‘loviga kiritilgan daqiqa, Mb va SMS to'plamlari to‘liq hajmda beriladi;

  • Ushbu tarif rejasiga o‘tish uchun abonent hisobida kamida 29 210,35 so‘m (TR almashtirish uchun 4210,35 so‘m to‘lovni hisobga olgan holda) yoki 35000 so‘m (TR almashtirish uchun 10 000 so‘m to‘lovni hisobga olgan holda) bo‘lishi kerak. Hisobdagi mablag‘ yuqorida ko‘rsatib o‘tilgandan kam bo‘lsa tarif rejasiga o‘tish imkoniyati - mavjud emas.

  • «Mobi 25» tarif rejasi va Faxriy, MOBIUZ bilan birga tarif rejalari orasida o‘zaro o‘tish narxi – 0 so‘m.

  • "Mobi 25" tarif rejasiga abonent to‘lovi yuqoriroq bo‘lgan tarif rejalaridan o‘tish narxi - 10 000 so‘m

  • "Mobi 25" tarif rejasiga abonent to‘lovi pastroq bo‘lgan tarif rejalaridan o‘tish narxi - 4210,35 so‘m

  • Tarif rejasi o‘zgartirilganda foydalanilmagan daqiqa, SMS va megabaytlar keyingi davrga o‘tkaziladi va qo’shiladi.

  • Balans nolga teng yoki manfiy bo‘lib qolganda,raqam qisman blokirovka qilinadi (qisman blokirovkada chiquvchi daqiqalar, SMS va internet bloklanadi) va abonent «Aloqadaman» xizmatining shartlariga muvofiq kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS larni qabul qilishi mumkin bo‘ladi.

  • Bloklangan holatda abonent to‘lovi yechilmaydi;

  • Abonent to‘lovini oylik yechib olish holatida MB,SMS va daqiqalar to‘liqligicha 1 kalendar oyiga beriladi.

  • Agar abonent to‘lovini yechib olish payti kelganda, abonent hisobida oylik abonent to'lovini yechib olish uchun  yetarli mablag‘ bo‘lmasa, lekin kunlik abonent to'lovini yechib olish uchun yetarli mablag' bo'lsa,to'lovni yechib olish va to'plamlar har kunlik tartibga o'tkaziladi. Abonent to‘lovini yechish sanasi 1 kunga suriladi.

  • Abonent to‘lovini har kunlik yechib olish holatida, MB, SMS va daqiqalar 1 kun uchun belgilangan miqdorda beriladi.

  • Agar abonent to'lovini yechib olish vaqti kelganda, abonent hisobida oylik va kunlik abonent to'lovini yechib olish uchun yetarli mablag' bo'lmasa, abonent ulanganligi to'g'risida SMS-xabar orqali ogohlantiriladigan mablag' yetishmasligi bo'yicha blokga tushadi. Abonent hisob tarif bo'yicha abonent to'lovini (oylik yoki kunlik) yechib olish uchun yetarli bo'lgan qiymatgacha to'ldirishiga qadar blokda bo'ladi. Abonent to'lovi hisob to'ldirilgandan keyin darhol yechib olinadi.

  • Agar hisobni to‘ldirish paytida abonent to‘lovni har kunlik yechishda bo‘lsa, abonent to‘lovini yechishning quyidagi qoidalari amal qiladi:

    a)      Abonent bloklangan va balansni 0 so‘mdan ko‘proq va 25 000 so‘mdan kamroq bo‘lgan mablag’ bilan to‘ldiradi (oylik abonent to‘lovining to‘liq miqdoridan kamroq):

    1 Misol: Abonent 15-yanvarda bloklangan (mablag' yetishmaganligi sababli yoki qisman bloklash) holatda. 15-yanvar  soat 12:00 da balansni 5000 so‘mga to‘ldiradi. Raqam faollashadi, balans 4 800 so‘mni (-200 so‘m qarzdorlikni qoplashga) tashkil qiladi. Hisob  to'ldirilishi bilan,"MOBI 25" tarif rejasi uchun joriy kunga kunlik abonent to'lovini yechish darhol amalga oshiriladi. Joriy kun oxirigacha kunlik daqiqa,MB va SMS to'plamlardan foydalanish mumkin. Hisobda 25 000 so'mdan kam mablag' bo'lganligi sababli, abonent to'lovini oylik yechib olishga o'tish AMALGA OSHIRILMAYDI.

    b)      Abonent bloklangan va balansni  25 000 so‘mgacha yoki ko‘proq mablag’ bilan to‘ldirdi (oylik abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq):

    2 Misol: Abonent 10-yanvarda -200 so‘m balans bilan blokga tushgan. Tarif bo'yicha abonent to'lovini yechish 15-yanvarga belgilangan. 15-yanvar soat 12:00 da balansni 26000 so‘mga to‘ldiradi. Raqam faollashadi, balans 25 800 so‘mni (-200 so‘m qarzdorlikni qoplashga) tashkil qiladi. Hisob to'ldirilgandan keyin tarif rejasi uchun abonent to'lovi to'liqligicha yechib olinadi. Mablag'lar yechib olingandan keyin abonent balansi 800 so'mni tashkil qiladi. Mablag'lar yechib olinganda tarif bo'yicha to'plamlar to'liq hajmda, 1 kalendar oyiga beriladi. Keyingi yechib olish sanasi 15-fevral deb belgilanadi.

    c)       Abonent  faol holatda,abonent to'lovini har kunlik yechishda va balansni  25 000 so‘mgacha yoki ko‘proq mablag’ bilan to‘ldirdi (oylik abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq):

    3 Misol: Abonent 15-yanvarda 5000 so‘m balans bilan faol holatda. Tarif uchun kunlik abonent to'lovi 0:00 dan keyin yechib olingan. Abonent 15-yanvar soat 17:00 da balansni 30 000 so‘mga to‘ldiradi. Balans jami 35 000 so'mni tashkil qiladi. Hisob to'ldirilgandan keyin abonent to'lovini har oylik yechib olishga o'tiladi va abonent to'lovi darhol yechib olinadi. Mablag'lar yechib olingandan keyin balans 10000 so'mni tashkil qiladi. To'plamlarning 15-yanvar uchun qoldiqlari oylik 3500 daqiqa, 3500 MB, 3500 SMS to‘plamlari bilan qo'shiladi. Abonent to‘lovini keyingi yechib olish sanasi 15-fevral deb belgilanadi.

    Agar hisobni to'ldirish paytida abonent to'lovini har oylik yechib olishda bo'lsa, abonent to'lovini yechishning quyidagi qoidalari amal qiladi:

    a)  Abonent  faol holatda,abonent to'lovini har oylik yechishda va balansni  25 000 so‘mgacha yoki ko‘proq mablag’ bilan to‘ldirdi (oylik abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq):

     4 Misol: Abonent 15 yanvarda 5000 so‘m balans bilan faol holatda.Tarif bo'yicha abonent to'lovini keyingi yechish 16-yanvarga belgilangan.  15-yanvar soat 12:00 da balansni 30000 so‘mga to‘ldiradi. Balans jami 35 000 so'mni tashkil qiladi. Yechib olish har oylik bo'lib qoladi. 16-yanvar  00:00 dan keyin 1 abonent to‘lovi - butun oy uchun yechib olinadi. Oylik 3500 daqiqa, 3500 MB, 3500 SMS to‘plamlardan foydalanish mumkin. Keyingi safar abonent to‘lovini yechish 16-fevralda amalga oshiriladi.    

  • Markaziy Osiyo: Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston.

  • MDH mamlakatlari: Аzarbayjon, Armaniston, Bеlarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina.

  • Yevropa: Аvstriya, Albaniya, Andorra, Bеlgiya, Bolgariya, Bosniya va Gеrtsеgovina, Vatikan, Buyuk Britaniya, Vеngriya, Gеrmaniya, Grеtsiya, Daniya, Isroil, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Kosovo, Latviya, Litva, Lixtеnshtеyn, Lyuksеmburg, Makеdoniya, Malta, Monako, Nidеrlandiya, Norvеgiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Slovеniya, Turkiya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chеrnogoriya, Chеxiya, Shvеytsariya, Shvеtsiya, Estoniya.      

  • Аmеrika, Afrika: Jazoir, Angilya, Angola, Antigua va Barbuda, Argеntina, Aruba, Bеrmud, Braziliya, Burkina-Faso, Burundi, Vеnеsuela, Gabon, Gaiti, Gambiya, Gana, Gvatеmala, Gonduras, Grеnada, Guam, Kongo Dеmokratik Rеspublikasi, Dominika, Misr, Kayman orollari, Kanada, Kеniya, Kuba, Libеriya, Madagaskar, Malavi, Mali, Marokko, Mеksika, Mozambik, Namibiya, Nigеriya, Tеrks va Kaykos orollari, Panama, Paragvay, Sudan, Samoa, Sеnеgal, Sеnt Vinsеnt va Grеnadin, Sеnt Kits va Nеvis, Sеnt Lyusiya, AQSH, Sеrra-Lеonе, Tanzaniya, Trinidad va Tobago, Tunis, Chili, Urugvay, Ekvador, El-Salvador, Efiopiya, JAR, Yamayka.

  • Osiyo: Afg‘oniston, Bangladеsh, Baxrеyn, Brunеy, Vyеtnam, Gonkong, Hindiston, Indonеziya, Iordaniya, Iroq, Eron, Yaman, Kambodja, Qatar, Xitoy, Liviya, Malayziya, Maldivi, Mongoliya, Nеpal, Oman, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Suriya, Tailand, Tayvan, Yaponiya, Janubiy Korеya.

  • Xalqaro aloqa uchun tariflar.