Shartlar: |
-
Qo‘ng‘iroqlarni narxlash daqiqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
-
Barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni narxlash 1-soniyadan boshlanadi. Qo‘ng‘iroq davomiyligi katta tarafga qarab yaxlitlanadi.
-
Internet-trafikni yaxlitlash kvanti 1 KB
-
30.12.2022y. dan tarif rejasiga ulanishda abonentdan «Tarmoqdan foydalanish imkoniyatini taqdim qilish» xizmati uchun 7000 so‘m miqdoridagi bir martalik to‘lov olinadi.
-
Tarif rejasiga ulanishda abonentga 1000 MB 10 kunga bonusli Internet-to‘plami taqdim etiladi.
Abonentda bir necha turdagi Internet-to‘plamlar mavjud bo‘lsa, ularning sarflanish tartibi quyidagicha bo‘ladi:
Ulanishdagi 1000 MB bonusli to‘plam doirasidagi trafik -> Kunlik internet-to‘plam -> TR doirasidagi trafik -> OnNet xizmati doirasidagi trafik -> oylik internet-to‘plam>
-
Ushbu tarif rejasiga yangi ulanilganda yoki o‘tilganda, abonent to‘lovi hisob to‘ldirilgandan keyin darhol yechib olinadi.
-
Abonent to‘lovi abonent hisobida uni to‘liq yechib olish uchun yetarli mablag‘ bor bo‘lgan holatda,har oyning birinchi marta faollashtirilgan kunida yechib olinadi.
-
Agar abonent to‘lovini yechib olish payti kelganda, uni to‘liq yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonentning hisobidagi mablag‘lardan har kunlik abonent to‘lovini yechishga o‘tiladi. Abonent to‘lovini yechish sanasi 1 kunga suriladi.
- Abonent hisobida abonent to‘lovini to‘liq miqdorda yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lsa, abonent to‘lovini oylik yechib olishga o‘tiladi. Abonent to‘lovini yechish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.
-
1 kun uchun uchun to‘lovni yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, abonent mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokka tushadi va hisobni oylik yoki kunlik abonent to‘lovi miqdorida to‘ldirguncha qoladi. Hisobni oylik yoki kulik AT miqdorida to‘ldirilganda mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokirovka yechiladi. Abonent to‘lovi hisob to‘ldirilgandan keyin darhol yechib olinadi.
-
Balans nolga teng yoki manfiy bo‘lib qolganda, raqam qisman blokirovka qilinadi (qisman blokirovkada chiquvchi daqiqalar, SMS va internet bloklanadi) va abonent «Aloqadaman» xizmatining shartlariga muvofiq kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS larni qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
-
Bloklangan holatda abonent to‘lovi yechilmaydi;
-
Oylik abonent to‘lovi yechilish tartibida tarif rejasi bo‘yicha daqiqa, MB va SMS’lar to‘liqligicha 1 kalendar oy muddatga taqdim etiladi.
-
Abonent to‘lovini har kunlik yechib olish holatida, daqiqa, MB va SMSlar 1 kun uchun belgilangan miqdorda beriladi.
-
Ushbu tarif rejasiga yangi ulanilganda yoki o‘tilganda abonent to‘lovi darhol yechib olinadi. Abonent to‘loviga kiritilgan SMS,MB va daqiqalar to‘liq miqdorda beriladi.
-
Ushbu tarif rejasiga o‘tish uchun abonent hisobida kamida 24 210,35 so‘m (TR almashtirish uchun 4210,35 so‘m to‘lovni hisobga olgan holda) yoki 40 000 so‘m (TR almashtirish uchun 20 000 so‘m to‘lovni hisobga olgan holda) bo’lishi kerak. Hisobdagi mablag‘ ko‘rsatilgan qiymatlardan kam bo‘lsa tarif rejasiga o‘tish imkoniyati - mavjud emas.
-
Abonent to`lovi yuqoriroq bo`lgan tarif rejalaridan «Gap Yo‘q Mini» tarif rejasiga o`tish narxi – 20 000 so‘m;
-
Abonent to`lovi pastroq bo`lgan tarif rejalaridan "Gap Yo‘q Mini " tarif rejasiga o`tish narxi - 4210,35 so‘m;
-
"Mobi 20", "Chilla Lite+" va "Gap Yo’q mini" tarif rejalari orasida o‘tish narxi – 4210,35 so‘m.
-
«Gap Yo‘q Mini» tarif rejasi va Faxriy, MOBIUZ bilan birga tarif rejalari orasida o‘zaro o‘tish narxi – 0.
-
«Gap Yo‘q Mini» tarifida “Gap ko‘p” xizmati ishlamaydi.
-
«Gap Yo‘q Mini» TR JShShIR bo‘lmagan xorijiy fuqarolarga ulash imkoniyati mavjud. JShShIR bo‘lmagan xorijiy fuqaroning SIM-kartasi faollashtirilgan paytdan boshlab 90 kun davomida faol bo‘ladi.
-
SIM-kartaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun abonent 90 kun o‘tgunga qadar JShShIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami) taqdim qilishi kerak.
-
Abonent tomonidan JShShIR taqdim qilingandan keyin, xodim ariza, shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida JShShIR ma’lumotlarini abonent kartochkasiga kiritadi.
-
Abonent shartnoma bekor qilingandan keyin raqamdan foydalanish istagini bildirganda, raqamni tiklash «Raqamni tiklash» xizmatining shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
-
Bunda abonent JShShIR taqdim qilishi kerak.
-
JShShIR bo‘lmagan xorijiy fuqarolarga xizmat ko‘rsatish davrida, rouming xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud emas.
-
Markaziy Osiyo: Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston.
-
MDH mamlakatlari: Аzarbayjon, Armaniston, Bеlarus, Gruziya, Moldova, Rossiya, Ukraina.
-
Yevropa: Аvstriya, Albaniya, Andorra, Bеlgiya, Bolgariya, Bosniya va Gеrtsеgovina, Vatikan, Buyuk Britaniya, Vеngriya, Gеrmaniya, Grеtsiya, Daniya, Isroil, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Kosovo, Latviya, Litva, Lixtеnshtеyn, Lyuksеmburg, Makеdoniya, Malta, Monako, Nidеrlandiya, Norvеgiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Slovеniya, Turkiya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chеrnogoriya, Chеxiya, Shvеytsariya, Shvеtsiya, Estoniya.
-
Аmеrika, Afrika: Jazoir, Angilya, Angola, Antigua va Barbuda, Argеntina, Aruba, Bеrmud, Braziliya, Burkina-Faso, Burundi, Vеnеsuela, Gabon, Gaiti, Gambiya, Gana, Gvatеmala, Gonduras, Grеnada, Guam, Kongo Dеmokratik Rеspublikasi, Dominika, Misr, Kayman orollari, Kanada, Kеniya, Kuba, Libеriya, Madagaskar, Malavi, Mali, Marokko, Mеksika, Mozambik, Namibiya, Nigеriya, Tеrks va Kaykos orollari, Panama, Paragvay, Sudan, Samoa, Sеnеgal, Sеnt Vinsеnt va Grеnadin, Sеnt Kits va Nеvis, Sеnt Lyusiya, AQSH, Sеrra-Lеonе, Tanzaniya, Trinidad va Tobago, Tunis, Chili, Urugvay, Ekvador, El-Salvador, Efiopiya, JAR, Yamayka.
-
Osiyo: Afg‘oniston, Bangladеsh, Baxrеyn, Brunеy, Vyеtnam, Gonkong, Hindiston, Indonеziya, Iordaniya, Iroq, Eron, Yaman, Kambodja, Qatar, Xitoy, Liviya, Malayziya, Maldivi, Mongoliya, Nеpal, Oman, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Suriya, Tailand, Tayvan, Yaponiya, Janubiy Korеya.
|