Tarif rejasi o‘zgartirilganda hisoblagichlarning o’tkazilishi

Chop etish versiyasi

Tarif rejasi o‘zgartirilganda avvalgi tarifga kiritilgan, foydalanilmagan daqiqa, SMS va megabaytlar keyingi davrga o‘tkaziladi va joriy tarif rejasiga kiritilgan to‘plamlar bilan qo‘shiladi!

O‘tkazilmaydi:

  • O‘zbekiston bo‘yicha barcha yo‘nalishlarga CHEKSIZ qo‘ng‘iroqlar

  • CHEKSIZ Mobil internet

  • Mobiuz tarmog‘i ichida CHEKSIZ qo‘ng‘iroqlar

Avvalgi tarif rejasining sarflanmagan, kiritilgan tungi MB o‘tkazish faqatgina yangi tarifda tarif rejasi bo‘yicha kiritilgan tungi MB mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.

Joriy tarif rejasida, avvalgi tarif rejasining shartlariga ko‘ra qolgan trafikni o‘tkazish uchun daqiqa,SMS,MB hisoblagichlari bo‘lmasa, avvalgi tarif rejasidagi foydalanilmagan daqiqa,SMS,MB qoldiqlarini o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lishi uchun, nol qiymatli qo‘shimcha hisoblagichlar yaratiladi. O‘zbekiston bo‘yicha barcha yo‘nalishlarga daqiqalar hisoblagichlarini o‘tkazish amalga oshiriladi.

Yillik tarif rejasidan yillikga o‘tilganda, qo‘shilgan hisoblagichlar yangi tarif rejasi hisoblagichlarining kelgusi yangilanishiga qadar amal qiladi. Keyin hisoblagichlar joriy tarif rejaga muvofiq beriladi.

Mobi 150, Mobi 110, Mobi 90, Mobi 70 tarif rejalarida o‘tkazilgan daqiqa, MB, SMS eng yaqin oyning 1-sanasigacha amal qiladi. Boshqa barcha holatlarda o‘tkazilgan daqiqa, MB, SMS tarif rejasi o‘zgartirilgan paytdan boshlab, 1 kalendar oyi davomida amal qiladi.

Nollik hisoblagichlarning amal qilish muddati – tarif rejasi o‘zgartirilgan paytdan boshlab 1 kalendar oyi.

Bir-biriga qo‘shilgan hisoblagichlar haqidagi ma’lumotlar *100# orqali, hamda alohida *102# - MB, *103# - daqiqalar, *104# - SMS aks ettiriladi.

*100# orqali – tarif rejasi bo‘yicha hisoblagichlar joriy tarifda ham, avvalgi tarifda ham tarif rejasi doirasida beriladigan bo‘lgan holatlarda aks ettiriladi.

Agar joriy tarif rejasida daqiqa, SMS yoki MB hisoblagichlari tarif rejasi doirasida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ular faqat *102# - MB, *103# - daqiqalar, *104# - SMS orqali aks ettiriladi.

Tarf rejasi Mobi 16, Mobi 20, Mobi 30+, Mobi 40, Mobi 50+, Mobi 60, GAP yo‘q, GAP yo‘q Pro, Fidokor, Fidokor+, Chilla Lite+, Maktab, Talaba, Talaba+, Mobi 20 Yillik tariflariga o‘zgartirilganda, abonent to‘lovi tarif rejasini o‘zgartirish paytida, darhol yechib olinadi, hisoblagichlar bir-biriga qo‘shiladi. Boshqa barcha holatlarda hisoblagichlar o‘tish paytida bir-biriga qo‘shiladi, abonent to‘lovi esa, agar avvalgi tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovi oldinroq yechilmagan bo‘lsa, ikkala tarif rejasi bo‘yicha,o‘zgartirilgandan keyin,tunda yechib olinadi.