|
Xizmat nomi |
Xizmat tavsifi |
Xizmat raqamlari |
Narxi |
|---|---|---|---|
|
«Core Flex» mobil ilovasi |
«Core Flex» – bu sog‘liqni va jismoniy holatni yaxshilashga qaratilgan fitnes-ilova bo‘lib, uni App Store va Google Play platformalaridan yuklab olish mumkin. Xizmat tarkibiga shaxsiylashtirilgan mashg‘ulotlar, parhez rejalari, rivojlanishni kuzatish, video namoyishlar va oziqlanish bo‘yicha tavsiyalar kiradi.
Obunani faollashtirish uchun: - SMS orqali «Start» so‘zini 3530 qisqa raqamiga yuborish kerak; saytiga kirib, o‘z telefon raqamingizni kiritish lozim, shundan so‘ng sizga tasdiqlash kodi ko‘rsatilgan bepul xabar yuboriladi. Ushbu kodni saytning maxsus maydoniga kiritish kerak. * Xizmatdan to‘liq foydalanish uchun ilovada 3530 qisqa raqamidan yuboriladigan kodni kiritish kerak. (Masalan: Sizning Core Flex ilovasi uchun kodingiz – 123456) Obunani o‘chirish uchun: - SMS orqali «Stop» so‘zini 3530 qisqa raqamiga yuborish kerak. |
3530 (SMS) 3529 (SMS) |
3529 raqamidan keladigan 1 (bir) dona kiruvchi SMS-xabar narxi – QQS bilan 1500 so‘m . |
Hurmatli abonentlar! So‘rov yuboriladigan SMS-raqamni diqqat bilan tekshirishingizni so‘raymiz. Abonent kontent-xizmatlarni olish uchun xabarlarni noto‘g‘ri qisqa raqamlarga yuborgan taqdirda, bunday noto‘g‘ri SMS-xabarlar uchun to‘langan mablag‘lar qaytarilmaydi
Kontent-provayderning abonentlar bo‘limi: +99871 200-43-52
«Browse» MChJ