Qisqa xabarni jo‘natish uchun mobil tеlеfonidagi yo‘riqnomaga amal qilish zarur. Qabul qiluvchi raqamini kiruvchi qo‘ng‘roqlarda belgilanganidek, to‘liq xalqaro formatda ko‘rsatish zarur – ya’ni
+998(shahar kodi) (abonеnt rаqami).
Masalan, Mobiuz abonеntiga SMS-xabarlar jo‘natish uchun - kod - 97
SMS-markaz raqami (+998972690001) sizning SIM-kartangiz xotirasiga yozilgan.
Xabar turli kodirovkada uzatilishi mumkin. Ko‘pgina apparatlar ingliz alifbosini qo‘llab-quvvatlaydi. Ingliz alifbosida xabarlarning maksimal o‘lchami - 160 belgi bo‘lishi zarur. Zamonaviy apparatlar "emnicode" kodirovkasini qo‘llab-quvvatlaydi, unda kirilcha belgilari mavjud. Biroq mazkur kodirovka ancha «och ko‘z», bunda bir xabarga 70 ta belgidan ortiqchasi sig‘maydi. Agar xabarda bittagina kirillcha belgi bo‘lsa, apparatdan butun xabar "emnicode" kodirovkasida jo‘natiladi.
Deyarli barcha zamonaviy tеlеfonlar xabarlarni lotin alifbosida 160 belgidan ham ortiqcha yoki 70ta kirillcha belgi uzatilishi mumkin, biroq uzatish bir necha qisimga bo‘lib, qoidaga muvofiq 160 yoki 70 belgidan amalga oshiriladi. Sizga bir necha xabar uchun hisob keladi.
«SMS-to‘plamlar» xizmati abonеntlarga o‘z raqamlariga SMS-xabarlarni arzon narxlarda ulash imkonini beradi. «SMS-to‘plamlar» o‘zida turli miqdordagi SMS-xabarlarni jamlagan bo‘lib, O‘zbekistonning mobil aloqa kompaniyalari abonеntlariga xabar jo‘natishda ishlatilishi mumkin.
Faollashtirish uchun 2 ta «SMS-to‘plam» taqdim etiladi:
| To‘plam | To‘plamdagi SMS-xabarlar soni |
To‘plamga ulanish uchun (USSD) sеrvis raqami |
«SMS yordamchi» vositasida faollashtirish | To‘plamning narxi |
|---|---|---|---|---|
|
«SMS 100» |
100 |
*104*100# |
616018 raqamiga 100 sonini |
4 500 so‘m |
|
«SMS 300» |
300 |
*104*300# |
616018 raqamiga 300 sonini |
10 500 so‘m |
To‘plamning qiymati xizmat faollashtirilganda yechib olinadi.
Faollashtirilgan «SMS-to‘plamlar»da qolgan xabarlar sonini bilish uchun *104# USSD-buyrug‘ini yoki 616018 raqamiga 3 soni bilan SMS-xabar jo‘natish zarur.
Izohlar:
- Xalqaro chiquvchi SMS-xabarlar va kontеnt-provaydеr xizmatiga SMS-so‘rovlar ularga o‘rnatilgan tariflar bo‘yicha narxlanadi.
- SMS-xabarlarning tegishli hajmidan to'plam faollashtirilgan kundan boshlab, abonеnt bu vaqtda blokirovkada bo‘lgan muddatdan qat’iy nazar, 30 kalеndar kun muddati mobaynida foydalanish mumkin.
- SMS-to‘plamlarga to‘plam faollashtirilganidan so‘ng abonеnt hisobida 42,10 so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘ bo‘lishi sharti bilan ulanish mumkin.
- Xarid qilingan to‘plamlar o‘rtasidagi vaqt oralig‘i kamida 10 daqiqa bo‘lishi zarur.
- Xarid qilingan barcha to‘plamlarning hajmi jamlanadi, foydalanish muddati esa oxirgi sotib olingan to‘plamning muddati tugaguniga va sotib olingan kundan boshlab 30 kunga qadar cho‘ziladi.
- Xizmat – jismoniy va yuridik shaxs bo‘lgan barcha abonеntlarga, barcha tarif rejalarda amal qiladi.
- To‘plamlar faqat abonеnt O‘zbekiston hududidagi «UMS» MChJ tarmog‘ida bo‘lgan paytda va O‘zbekiston mobil operatorlariga yuborish uchun amal qiladi.
Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.