Ushbu xizmat chaqirilayotgan abonentga quyidagi holatlarda ovozli xabar qoldirish imkoniyatini taqdim qiladi:
-
chaqirilayotgan abonent javob bermasa
-
chaqirilayotgan abonentning telefoni o‘chirilgan bo‘lsa
-
chaqirilayotgan abonentning telefoni xizmat doirasidan tashqarida bo‘lsa
-
chaqirilayotgan abonentning telefoni band bo‘lsa
-
chaqirilayotgan abonent chaqiriqni rad qilsa
Abonentga ovozli pochta xabari kelgani haqida bepul SMS yordamida xabar qilinadi.
Ovozli pochtadagi xabarni 6757 qisqa raqami bo‘yicha tinglash mumkin.
Xizmatning narxi
-
Abonent to‘lovi – 0 so‘m
-
6757 raqami bo‘yicha kelib tushgan ovozli xabarni tinglashning narxi- 0 so‘m
-
Shaxsiy salomlashishni yozib olishning narxi- 0 so‘m
-
«Barcha uchun ovozli pochta» xizmatini ulash/o‘chirish – 0 so‘m
-
Bitta ovozli xabarni (60 soniyadan ko‘p bo‘lmagan) yozib olishning narxi – 300 so‘mni (QQS bilan) tashkil qiladi va ovozli xabarni qoldirayotgan, abonentning hisobidan yechib olinadi.
-
Qo‘ng’iroq qiluvchi abonent uchun chiquvchi qo‘ng’iroqning avtomatik javob beruvchining signalidan keyingi narxi, chiquvchi qo‘ng’iroqlarga o‘rnatilgan tariflar bo‘yicha narxlanadi yoki abonentda mavjud bo‘lgan daqiqalar to‘plamidan sarflanadi.
Xizmatni boshqarish
-
Abonentda ushbu xizmatni mustaqil ravishda faollashtirish va o‘chirish imkoniyati mavjud.
-
Xizmatni ulash uchun *111*0301# raqamiga USSD-so‘rov yuborish kerak
-
Xizmatni o‘chirish uchun *111*0300# raqamiga USSD- so‘rov yuborish kerak
-
Xizmatning holatini tekshirish uchun *111*030# USSD- raqamiga USSD- so‘rov yuborish kerak
Xizmatdan foydalanish imkoniyati
-
Xizmat jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalariga ulangan va «Sizga qo‘ng’iroq qilishdi» xizmati faollashtirilmagan, barcha amaldagi abonentlarga avtomatik ravishda ulanadi.
-
Xizmat yangi raqam ulangan paytdagi boshlang’ich xizmatlar to‘plamiga qo‘shiladi.
-
Yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalariga ulangan abonentlarda ovozli pochtaga xabarlarni olish imkoniyati mavjud emas.
-
Yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalariga ulangan abonentlar, «Barcha uchun ovozli pochta» xizmati ulangan abonentlarga ovozli pochta xabarini qoldirishlari mumkin. Xabar ushbu xizmatga o‘rnatilgan tarifga muvofiq narxlanadi.
-
Abonent tomonidan «Barcha uchun ovozli pochta» xizmati ulanganda, abonentda «Sizga qo‘ng’iroq qilishdi» xizmati avtomatik ravishda o‘chadi (agar u faollashtirilgan bo‘lsa). Xuddi shunday tartibda, «Sizga qo‘ng’iroq qilishdi» xizmati ulanganda, «Barcha uchun ovozli pochta» xizmati avtomatik ravishda o‘chadi.
-
«Sizga qo‘ng’iroq qilishdi» xizmati ulangan abonentlar, «Barcha uchun ovozli pochta» xizmati ulangan abonentlarga ovozli pochta xabarini qoldirishlari mumkin. Xabar ushbu xizmatga o‘rnatilgan tarifga muvofiq narxlanadi.
Izohlar
-
Bitta ovozli xabarni yozib olishning maksimal davomiyligi – 60 soniya.
-
Saqlab qo‘yiladigan ovozli xabarlarning eng ko‘p soni – 10 ta. 11 ta yoki undan ko‘proq xabarlar kelib tushganda, ular 1-xabardan boshlab o‘chiriladi.
-
Barcha xabarlarning eng uzoq saqlanadigan muddati – 72 soat.
-
Ovozli xabarni yozib olish va narxlash avtomatik javob beruvchining signalidan keyin boshlanadi.
-
Xabarni yozib olishning qiymati qo‘ng’iroq qilayotgan abonentning hisobida yetarli mablag’ bo‘lmaganda ham yechib olinadi.
-
Abonent tomonidan sozlangan, chaqiriqni boshqa manzilga yo‘llash xizmatining ustuvorligi «Barcha uchun ovozli pochta» xizmatidan yuqoriroq.
-
Xizmatdan faqat «UMS» MChJ tarmog’i ichida foydalanish mumkin.
-
Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.
-
Xizmat «Telecom Lab» MChJ kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi.