«Favqulodda yordam» - bu Mobiuz mobil ilovasidagi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan servis. U favqulodda vaziyatlarda SoS signalini tezkor yuborish va qo‘riqlash xodimlaridan yordam olish imkonini beradi.
Xizmat qanday ishlaydi?
Hayotingiz yoki xavfsizligingizga tahdid yuzaga kelganda, Mobiuz mobil ilovasini ochib, SoS signalini yuborish kifoya. Tizim avtomatik ravishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamentiga zarur ma’lumotlarni, jumladan, joylashuvingizni yuboradi. Bu esa hodisa joyiga eng yaqin ekipajni imkon qadar tezkor yuborish imkonini beradi.
Murojaatingiz qabul qilingandan so‘ng, uning holatini Mobiuz mobil ilovasida kuzatishingiz, shuningdek, biriktirilgan ekipaj va uning taxminiy yetib kelish vaqti haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
Xizmatning afzalliklari
- Mobiuz mobil ilovasi orqali tezkor yordam so‘rash.
- Tezkor javob qaytarishni ta’minlash uchun joylashuv koordinatalarining avtomatik yuborilishi.
- O‘zingiz yoki boshqa shaxs uchun yordam chaqirish imkoniyati.
- Murojaat holatini real vaqt rejimida kuzatish.
- Biriktirilgan ekipaj va uning yetib kelish vaqti haqida ma’lumot olish.
- Murojaat yakunlangandan so‘ng ko‘rsatilgan yordam sifatini baholash imkoniyati.
Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin?
Xizmat jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalaridan foydalanayotgan Mobiuz abonentlari uchun mavjud.
Xizmatdan foydalanish uchun quyidagilar talab etiladi:
- Mobiuz mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi bo‘lish;
- faol Mobiuz raqamiga ega bo‘lish;
- xizmat haqini to‘lash uchun hisobda yetarli mablag‘ mavjud bo‘lishi;
- ilovaga qurilmaning joylashuvini aniqlashga ruxsat berish.
Xizmat narxi va uni taqdim etish shartlari
“Favqulodda yordam” xizmati ikki formatda taqdim etiladi: bir martalik chaqiruv va oylik obuna.
Bir martalik chaqiruv
Xizmatni bir martalik ulash narxi 100 000 so‘mni tashkil etadi.
To‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan so‘ng xizmat 1 soat davomida amal qiladi. Ushbu vaqt ichida foydalanuvchi SOS signalini bir marta yuborishi mumkin.
Signal yuborilgandan so‘ng yoki 1 soatlik muddat tugagach, xizmat avtomatik ravishda o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Xizmatdan qayta foydalanish uchun uni yangidan ulash lozim.
Oylik obuna
“Favqulodda yordam” xizmatiga oylik obuna obuna asosidagi xizmat hisoblanadi va har oy avtomatik ravishda uzaytiriladi.Oylik abonent to‘lovi oyiga 80 000 so‘mni tashkil etadi.
Obuna muvaffaqiyatli ulangandan va to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, xizmat abonent uchun obuna amal qiladigan davr mobaynida mavjud bo‘ladi. Ushbu davrda abonent Mobiuz mobil ilovasi orqali SOS signalini yuborish funksiyasidan foydalanishi mumkin.
SOS signali yuborilganda qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi.
Har bir obuna davri uchun 80 000 so‘m miqdoridagi oylik abonent to‘lovi abonentning shaxsiy hisobvarag‘idan yechib olinadi.
Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?
- Mobiuz mobil ilovasini oching va “Favqulodda yordam” bo‘limiga o‘ting.
- Ilovaga joylashuvingizni aniqlash uchun ruxsat bering.
- Mos ulanish turini tanlang: bir martalik chaqiruv yoki oylik obuna.
- Xizmatni ulang va to‘lovni tasdiqlang.
- Zarurat bo‘lsa, yordam kimga kerakligini tanlang - o‘zingizga yoki boshqa shaxsga.
- Kerakli ma’lumotlarni kiriting va shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashga roziligingizni tasdiqlang.
- “SOS yuborish” tugmasini bosing.
Xizmat taqdim etiladigan hudud
Dastlabki bosqichda xizmat pilot rejimda Toshkent shahri hududida taqdim etiladi.Kelgusida xizmatni bosqichma-bosqich O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududlarida ham joriy etish rejalashtirilgan.
Ko‘p beriladigan savollar
Yordam haqiqatan ham men tomonga yo‘lga chiqqanini qanday bilaman?— Ilovada to‘liq ma’lumot ko‘rsatiladi: xodimlarning F.I.Sh., xizmat avtomobilining rusumi va davlat raqami, shuningdek taxminiy yetib kelish vaqti.
Qo‘ng‘iroq qilib, qayerdaligimni tushuntirishim kerakmi?
— Yo‘q. Qo‘ng‘iroq qilish va joylashuvingizni tushuntirish shart emas, tizim sizning aniq GPS-koordinatalaringizni dispetcherga avtomatik ravishda yuboradi.
Ulanish turlari o‘rtasidagi farq nimada?
— Bir martalik chaqiruv narxi 100 000 so‘mni tashkil etadi va to‘lov amalga oshirilgan paytdan boshlab bir soat davomida ekipajni bir marta chaqirish mumkin. Oylik obuna narxi 80 000 so‘m.
Agar menda obuna bo‘lmasa, balans manfiy bo‘lganda chaqiruv ishlaydimi?
— Signal muvaffaqiyatli yuborilishi uchun raqamingiz faol holatda bo‘lishi va shaxsiy hisobvarag‘ingizda xizmat narxini yechib olish uchun yetarli mablag‘ — 100 000 so‘m bo‘lishi kerak.
Mobiuz mobil ilovasini qanday yuklab olish mumkin?
— Mobiuz mobil ilovasini havola orqali yuklab olishingiz mumkin