Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ovozli pochta NEW

«Ovozli pochta NEW» xizmati abonentga kiruvchi qo‘ng‘iroqqa javob bera olmagan holatda qo‘ng‘iroq qilayotgan abonentlardan ovozli xabarlarni qabul qilish, saqlash va tinglash imkoniyatini taqdim etadi.

Narxi: kuniga 300 so‘m, QQS bilan (to‘lov xizmatni ulagan abonent hisobidan yechib olinadi)

Xizmat chaqirilayotgan abonentga quyidagi holatlarda qo‘ng‘iroq qilayotgan abonentdan ovozli xabarni qabul qilish imkonini beradi:

  1. Agar chaqirilayotgan abonent javob bermasa.

  2. Agar chaqirilayotgan abonent telefoni o‘chirilgan bo‘lsa yoki tarmoq qamrovi hududidan tashqarida bo‘lsa.

  3. Agar chaqirilayotgan abonent telefoni band bo‘lsa.

  4. Agar chaqirilayotgan abonent qo‘ng‘iroqni rad etsa.

Xizmat ulanganida abonentga birinchi ovozli xabar yuborilgan paytdan boshlab avtomatik ravishda ovozli pochta profili va qutisi yaratiladi.

Chaqirilayotgan abonentga ovozli pochta xabari kelib tushganligi haqida «VoiceMail» harf-raqamli nomidan SMS-xabar yuborish orqali xabarnoma beriladi. Abonentning o‘z profiliga va ovozli pochta qutisiga kirishi SMS-xabarda ko‘rsatilgan 6757 qisqa servis raqamiga qo‘ng‘iroq qilish (IVR) orqali amalga oshiriladi.

6757 qisqa raqamiga (IVR) ovozli xabarlarni tinglash uchun amalga oshirilgan qo‘ng‘iroqlar tariflanmaydi

Xizmatni ulash/o‘chirish tartibi:

Abonent ushbu xizmatni mustaqil ravishda faollashtirish va o‘chirish imkoniyatiga ega.

  • *111*0401# - «Ovozli pochta NEW» xizmatini ulash

  • *111*0400# - «Ovozli pochta NEW» xizmatini o‘chirish

  • *111*040# - «Ovozli pochta NEW» xizmatining holatini tekshirish

Xizmatning mavjudligi

  • Jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalariga ulangan abonentlar uchun mavjud.
  • Yuridik shaxslar uchun tarif rejalariga ulangan abonentlar «Ovozli pochta NEW» xizmati ulangan abonentlarga ovozli xabar qoldirishi mumkin, bunda xabar tariflanmaydi va qo‘ng‘iroq qiluvchi abonent uchun bepul hisoblanadi.
  • «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» xizmati ulanganida abonentda «Ovozli pochta NEW» xizmati avtomatik ravishda o‘chiriladi.
  • «Ovozli pochta NEW» xizmati ulanganida abonentda «Barchaga ovozli pochta» xizmati avtomatik ravishda o‘chiriladi.
  • «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» xizmati ulangan abonentlar «Ovozli pochta NEW» xizmati ulangan abonentlarga ovozli xabar qoldirishi mumkin. Xabar tariflanmaydi va qo‘ng‘iroq qiluvchi abonent uchun bepul hisoblanadi.

Izohlar

  • Bitta ovozli xabarni yozishning maksimal davomiyligi – 60 soniya.
  • Saqlanadigan ovozli xabarlar sonining maksimal miqdori – 10 ta. 11-chi va undan ortiq xabarlar kelib tushganda, ular 1-xabardan boshlab o‘chiriladi.
  • Barcha xabarlarni saqlashning maksimal muddati – 72 soat.
  • Ovozli xabarni yozish avtojavob beruvchi signalidan so‘ng boshlanadi va qo‘ng‘iroq qiluvchi abonent uchun bepul hisoblanadi.
  • Xizmat faqat «UMS» MChJ tarmog‘i ichida mavjud.
  • Xizmat ulanish uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lganda ulanadi.
  • Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.
  • Xizmat «Telecom Lab» MChJ tomonidan taqdim etiladi.

Agar abonentda «Qo‘ng‘iroqlarni yo‘naltirish» xizmati faol bo‘lsa, «Ovozli pochta NEW» xizmati ulanganida tizim «Qo‘ng‘iroqlarni yo‘naltirish» xizmatini avtomatik ravishda o‘chiradi.

Agar «Qo‘ng‘iroqlarni yo‘naltirish» xizmatini ulash zarur bo‘lsa va abonentda «Ovozli pochta NEW» xizmati faol bo‘lsa, avval «Ovozli pochta NEW» xizmatini o‘chirish kerak..

Ro‘yxatga qaytish