Xizmati raqamni bir jismoniy shaxsdan boshqasiga rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan
-
Xizmat faqat Mobiuzning shaxsiy ofislarida va Davlat xizmatlari portali my.gov.uz’da mavjud.
-
Mobiuzning shaxsiy ofislarida xizmatdan foydalanilganda, raqam egasini o‘zgartirish amaldagi va yangi abonent ishtirokida amalga oshiriladi (yoki amaldagi abonent — jismoniy shaxs tomonidan berilgan ishonchnoma asosida vakil ishtirokida). Amaldagi va yangi raqam egasi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni o‘zi bilan olib kelishi lozim.
Xizmat narxi 25 000 so‘m
- Xizmat narxi raqam yangi egasi (raqam kimga rasmiylashtirilayotgan bo‘lsa) tomonidan to‘lanadi
- Xizmat narxi yangi shartnoma tuzishda dastlabki bo‘nak to‘loviga kiritiladi.
- Xizmat narxi yangi abonent raqami egasining balansidan bir martalik tarzda yechib olinadi.
- Agar xizmat narxi abonent (jismoniy shaxs) tomonidan raqam egasini o‘zgartirishdan boshlab 3 kalendar kun ichida to‘lanmasa, Kompaniya abonent raqami bo‘yicha shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish va keyinchalik ushbu raqamni sotuvga chiqarish huquqiga ega.
- Barcha narxlar soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.
Xizmatdan foydalanish imkoniyati
Xizmat quyidagi hollarda TAQDIM ETILMAYDI:
- Xizmat boshqa operatordan ko‘chirilgan (MNP) raqamlar uchun mavjud emas.
- Raqam egasini o‘zgartirilayotgan abonent raqamida qarzdorlik (manfiy balans) mavjud bo‘lsa.
- Amaldagi yoki yangi egaga tegishli mavjud abonent raqamlaridan birortasida qarzdorlik (manfiy balans) mavjud bo‘lsa.
- O‘zgartirilayotgan raqam va/yoki amaldagi yoki yangi egaga tegishli mavjud raqamlardan biri GSM-shlyuzlarda ishlatilayotgan bo‘lsa.
- Dastlabki avans to‘lovi amaldagi egasi tomonidan to‘liq to‘lanmagan bo‘lsa (jismoniy shaxs tomonidan ulangan kundan boshlab 3 kalendar kun ichida);
- Yangi egada JShShIR mavjud bo‘lmasa.
- Amaldagi abonent tomonidan «Maxsus toifa raqami bo‘lib-bo‘lib to‘lash» xizmati bilan ulangan maxsus toifa raqami uchun umumiy qiymat to‘liq to‘lanmagan bo‘lsa.
- «Raqamni tiklash» xizmati ulangan kundan boshlab to‘liq 90 kalendar kun o‘tmagan bo‘lsa.
Abonent vafot etgan taqdirda raqam egasini o‘zgartirish
Abonent vafot etgan taqdirda raqam egasini o‘zgartirish marhumning yaqin qarindoshlaridan biriga (ota, ona, er, xotin, o‘g‘il, qiz, aka-uka, opa-singil) quyidagi hujjatlar taqdim etilganda amalga oshiriladi:
- o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma (hujjatning asl nusxasi);
- Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali tomonidan berilgan o‘limni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning nusxasi;
- marhum bilan qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va boshqalar).
- vafot etganligi sababli qayta rasmiylashtirishda marhumning qarindoshi faqat «Raqam egasini o‘zgartirish» xizmati narxini (25 000 so‘m) to‘laydi.
Maxsus toifa raqamlar uchun raqam egasini o‘zgartirish
- Agar maxsus toifa raqami qayta rasmiylashtirilsa, yangi egasi «Raqam egasini o‘zgartirish» xizmati narxini va maxsus toifa raqami qiymatini (1-jadvalga muvofiq) to‘laydi
- Agar maxsus toifa raqami amaldagi egaga maxsus toifa raqamlariga chegirmalar qo‘llanilgan aksiyalar doirasida ulangan bo‘lsa, ushbu raqamni yangi egaga ulash «Raqam egasini o‘zgartirish» xizmati doirasidagi qiymat bo‘yicha amalga oshiriladi (1-jadvalga muvofiq)
- Agar maxsus toifa raqamini yangi egaga qayta rasmiylashtirish maxsus toifa raqamlariga chegirmalar qo‘llanilayotgan aksiyalar davrida («Chiroyli raqamlarga aksiya»dan tashqari) amalga oshirilsa, ushbu raqamni yangi egaga ulash «Raqam egasini o‘zgartirish» xizmati doirasidagi qiymat bo‘yicha amalga oshiriladi (1-jadvalga muvofiq)
- Qayta rasmiylashtirishda «Maxsus toifa raqami bo‘lib-bo‘lib to‘lash» xizmati ulanmaydi.
1-jadval
|
Qayta rasmiylashtirilayotgan raqam toifasi |
To‘lov foizi |
Qayta rasmiylashtirish narxi |
|---|---|---|
| Super Platinum Plus |
10% |
10 000 000 so‘m |
|
Super Platinum |
5 000 000 so‘m |
|
|
Platinum Plus |
4 000 000 so‘m |
|
|
Platinum |
2 500 000 so‘m |
|
| Platinum Light | 1 000 000 so‘m | |
|
Super Gold |
500 000 so‘m |
|
|
Gold |
200 000 so‘m |
|
|
Silver |
84 000 so‘m |
|
| Silver Light | 63 000 so‘m | |
|
Bronze |
30 000 so‘m |
- Alohida toifa raqamni abonentning yaqin qarindoshlariga rasmiylashtirishda, ushbu toifa uchun belgilangan raqam qiymati undirilmasdan xizmat ko‘rsatiladi, quyidagi hujjat mavjud bo‘lganda qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma asl nusxasi).
- Yaqin qarindoshlarga quyidagilar kiradi: ota, ona, er, xotin, o‘g‘il, qiz, aka-uka, opa-singil.
- Ushbu qoida jismoniy shaxsdan jismoniy shaxsga raqam egasini o‘zgartirish holatlariga tatbiq etiladi.



