Hurmatli abonentlar!
2025-yil 7-yanvardan «Tourist SIM» tarifining abonent to‘loviga kiritilgan megabaytlar to‘plami 100 MBni tashkil etishini maʼlum qilamiz. Ushbu to‘plamning amal qilish muddati ulanish sanasidan boshlab 7 kunni tashkil etadi.
100 MB tugagandan keyin yoki 7 kunlik muddat o‘tib bo‘lgandan so‘ng, internet-trafik sarflanishi 1 MB uchun 100 so‘m narxda yoki sotib olingan internet-to‘plam shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
2025-yil 6-yanvargacha (shu jumladan) «Tourist SIM» tarif rejasiga ulangan abonentlar uchun tarif rejasi shartlari ulanish paytidagi shartlar asosida o‘zgarishsiz qoladi.