
Hurmatli abonentlar!
Siz 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lsangiz, Mobiuz tarmog‘iga ulanishingiz mumkinligini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz!
Buning uchun nima kerak?
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti/O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsion ID-kartasi.
2. Qonuniy vakillarning (ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar) yozma roziligi va ularning ulanish jarayonida ishtirok etishi.
3. Qarindoshlik/qonuniy vasiylik yoki farzandlikka olishni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi hamda qonuniy vakillarning (ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar) shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi.