"Xotirjam 25," "Jozibali," "Mobi 20," "Mobi 25," "Mobi 16," "Gap Yo‘q Mini," "Omad Plus," "Jozibali 30," "Chilla Lite+" tariflaridagi o‘zgarishlar
Hurmatli abonentlar!
24.02.2025y. dan "Xotirjam 25," "Jozibali," "Mobi 20," "Mobi 25," "Mobi 16," "Gap Yo‘q Mini," "Omad Plus," "Jozibali 30" va "Chilla Lite+" tarif rejalarida tarifga kiritilgan MB va SMS to‘plamlari kattalashtiriladi va oyiga 25 000 MB va 2000 ta SMSni tashkil etadi (kunlik to‘lovga o‘tganda kuniga 833 MB va 67 ta SMS).
Yuqorida sanab o‘tilgan tarif rejalarida abonent to‘lovi oyiga 35 000 so‘mni tashkil etadi (kunlik to‘lovga o‘tganda kuniga 1750 so‘m).
Oyiga 35 000 so‘m miqdoridagi abonent to‘lovini yechib olish (1750 so‘m/kun), shuningdek, MB va SMS paketlarini hisoblash o‘zgarishlarni hisobga olgan holda - abonent to‘lovi navbatdagi yechib olish sanasidan (oy/kun uchun) amalga oshiriladi.



