Biz ijtimoiy tarmoqlarda

«Kunlik abonent to‘loviga o‘tishni taqiqlash» xizmati

Hurmatli abonentlar!

Eslatib o‘tamiz, kundalik abonent to‘lovi rejimiga o‘tish ko‘zda tutilgan tarif rejalarda ushbu funksiyani xohishingizga ko‘ra yoqish yoki o‘chirish mumkin.

«Kunlik abonent to‘loviga o‘tishni taqiqlash» xizmati faollashtirilgach, tarif bo‘yicha abonent to‘lovi faqat to‘liq oy uchun yechib olinadi.

Xizmat narxi – 0 so‘m.

Boshqarish usullari:

*111*000# – holatni tekshirish;

*111*000*0# – taqiqni o‘chirish;

*111*000*1# – taqiqni yoqish.

Izohlar:

  • Agar siz allaqachon oylik abonent to‘lovi yechib borilayotgan holatda (raqamingiz bloklangan yoki yo‘qligidan qat’i nazar) “Kunlik abonent to‘loviga o‘tishni taqiqlash” xizmatini ulasangiz, unda to‘lov oylik hajmda yechishda davom etadi;
  • Agar sizda kunlik abonent to‘lovi yechib borilayotgan bo‘lsa (raqam faol bo‘lsa) va siz “Kunlik abonent to‘loviga o‘tishni taqiqlash” xizmatini ulasangiz, raqamingiz darhol bir oylik to‘lov uchun mablag‘ yetishmasligi sababli bloklanadi. Uni qayta faollashtirish uchun balansni to‘liq oylik abonent to‘lovi miqdorida to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi. Balans to‘ldirilgach, raqam faollashadi, abonent to‘lovi butun oy uchun yechiladi va keyinchalik ham har oyda bir marta yechib boriladi;
  • Agar sizda kunlik abonent to‘lovi yechib borilayotgan bo‘lsa (va raqamingiz bloklangan bo‘lsa), “Kunlik abonent to‘loviga o‘tishni taqiqlash” xizmatini ulaganingizdan so‘ng, raqamni faollashtirish uchun balansingizni to‘liq oylik abonent to‘lovi miqdorida to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi. Balans to‘ldirilgach, raqam faollashadi, abonent to‘lovi butun oy uchun yechiladi va bundan keyin har oyda bir marta yechib boriladi.

Ro'yxatga qaytish