Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Universal rouming endi ilovada!

Mobiuz abonentlariga xalqaro rouming bo‘yicha yangi xizmatlar turkumi — Universal rouming taqdim etildi. U uchta qulay variantni o‘z ichiga oladi:

  • Mini — xorijda aloqa uchun bazaviy to‘plam

  • Light — xizmatlar va narx o‘rtasida optimal muvozanat

  • Business — faol foydalanuvchilar uchun kengaytirilgan imkoniyatlar

Afzalliklari:

  • Mobiuz ilovasi orqali bir bosish bilan ulanish

  • Faollashtirish va abonent to‘lovi — 0 so‘m

  • Barcha tariflar bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun mavjud (agar boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa)

  • Universal rouming to‘plamlarini ilovaning o‘zida osongina ulash mumkin

O‘zingizga mos variantni tanlang va dunyoning istalgan nuqtasida aloqada qoling!

Xizmat Mobiuz rouming hamkorlari tarmoqlarida, balans ijobiy bo‘lsa va blokirovkalar bo‘lmasa, amal qiladi.

Universal rouming aloqa erkinligining uch darajasi. Bugunoq ilovada ulang!

Batafsil...

Ro‘yxatga qaytish