Hurmatli abonentlar!
Sizlarga Andijon viloyatida yangi 4G tayanch stansiyalari ishga tushirilgani, shuningdek, quyidagi hududlardagi beshta maydonda Easy Macro uskunalari almashtirilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz:
- Andijon shahri, Al-Buxoriy MFY;
- Andijon shahri, Andijon MFY (shimoliy sanoat zonasi);
- Andijon tumani, Kunjiy MFY (Ismoilov massivi);
- Asaka tumani, Olaqanot MFY;
- Baliqchi tumani, Markaz MFY (tuman markazi);
- Baliqchi tumani, Matonat MFY (Bo‘ston aholi punkti);
- Buloqboshi tumani, Buyuk Turon MFY;
- Bo‘ston tumani, Sarikjuga MFY;
- Bo‘ston tumani, Obod MFY;
- Marhamat tumani, Shahriston MFY.



