“Odnoklassniki uchun Ok sotib olish” xizmati 31 dekabrgacha vaqtincha to‘xtatildi
Hurmatli abonentlar!
Texnik sabablarga ko‘ra “Lux Content” MChJ kontent-provayderi tomonidan 8385 (SMS), 1315 (SMS) va 7375 (SMS) qisqa raqamlarda taqdim etiladigan “odnoklassniki.ru saytida Okʼlar sotib olish” kontent-xizmati 2025-yil 31-dekabrgacha vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilamiz.
Ko‘rsatilgan muddatgacha ushbu xizmatlardan foydalanish imkoni bo‘lmaydi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdormiz.



