Kompaniyaning o‘n bir yilligi munosabati bilan Mobiuz mobil ilovasida maxsus sovg‘ani qabul qiling!
Aksiya 26-noyabrdan 5-dekabrgacha (shu jumladan) o‘tkaziladi.
To‘plamlar hajmi va taqdim etish shartlari:
|
Internet-to‘plam, GB |
Kim uchun (Mobiuz tarmog‘ida bo‘lish vaqti) |
To‘plam narxi, |
|---|---|---|
|
11 |
1 yilgacha |
Bepul |
|
22 |
1 yildan 3 yilgacha |
Bepul |
|
55 |
3 yil va undan ortiq |
Bepul |
Shartlar:
- To‘plamlar jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan barcha tarif rejalaridagi faol abonentlar uchun mavjud, «Tourist SIM», «Mobiuz 8 yil» tarif rejalaridan tashqari.
- Bonus to‘plami 2025-yil 20-noyabrgacha (shu jumladan) ulangan abonentlar uchun mavjud.
- Bitta abonent raqamida bonus to‘plamini faqat bir marotaba faollashtirish mumkin.
- Bonus to‘plamiga kiritilgan trafik hajmi 30 kunlik muddat bilan taqdim etiladi.
- Aksiyadagi bonus to‘plam trafiki boshqa to‘plamlar bilan qo‘shilmaydi, uning amal qilish muddati uzaytirilmaydi.
- Trafik qoldig‘ini tekshirish: *102*0# USSD kodi orqali
- Trafik tugagach, keyingi trafik abonentning amal qilayotgan tarif rejasi shartlariga muvofiq tariflanadi.



