Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Diqqat: Toshkent shahar IIBB va Mobiuz xorijiy raqamlardan qo‘ng‘iroq qiluvchi telefon firibgarlari haqida ogohlantiradi

Toshkent shahar IIBB Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi va Mobiuz mobil operatori abonentlarni yanada hushyor bo‘lishga chaqiradi. So‘nggi vaqtlarda firibgarlar xorijiy va yashirin raqamlardan qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini banklar, Markaziy bank yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari sifatida tanishtirayotgan kiberfiribgarlik holatlari ko‘paymoqda.

Yodda tuting: rasmiy shaxslar hech qachon telefon orqali kredit rasmiylashtirishni, SMS-kodlarni yoki plastik karta ma’lumotlarini aytishni talab qilmaydi. Toshkent shahar IIBB rasmiy ravishda ogohlantiradi: «Shaxsiy ma’lumotlaringiz va tasdiqlovchi SMS-kodlarni hech kimga bermang».

Firibgarlarni qanday aniqlash, mablag‘laringizni qanday himoya qilish va shubhali qo‘ng‘iroqlar yuzaga kelganda qayerga murojaat qilish mumkinligini bilib oling.

Kiberxavfsizlikni ta’minlash haqida batafsil


Ro‘yxatga qaytish