Mobil firibgarlardan mablag‘laringizni qanday himoya qilish mumkin?

Mobiuz tahririyati

Blog foydali va qiziqarli bo‘lishini kuzatib boramiz

Ruscha versiyasi

So‘nggi vaqtlarda xorijiy va yashirin telefon raqamlaridan foydalangan holda kiberfiribgarlik holatlari ko‘paymoqda. Firibgarlar psixologik bosim usullaridan foydalanib, shoshiltiradi hamda o‘zlarini rasmiy idoralar xodimlari sifatida tanishtiradi.

Esda tutish muhim: tijorat banklari, Markaziy bank, huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki boshqa rasmiy idoralar xodimlari fuqarolarga telefon orqali onlayn kredit rasmiylashtirish, SMS-kodlarni so‘rash yoki mablag‘larni boshqa kartalarga o‘tkazish maqsadida hech qachon qo‘ng‘iroq qilmaydi.

Toshkent shahar IIBB’ning rasmiy ogohlantirishlari

Toshkent shahar IIBB Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining rasmiy qoidalari va ogohlantirishlari bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz:

Messenjerlardagi xavfsizlik:

Toshkent shahar IIBB ogohlantiradi: Messenjerlarda tanishingiz pul so'rasa, avvalo uning haqiqatdan tanishingiz ekanini tekshiring.

Maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish:

Toshkent shahar IIBB ogohlantiradi: Shaxsiy ma'lumotlaringiz va SMS tasdiqlash kodlarini hech kimga bermang.

Shubhali faollikka munosabat bildirish:

Toshkent shahar IIBB ogohlantiradi: Shubhali fayl, havola yoki qo'ng'iroqlarga javob bermang.

Onlayn xaridlar vaqtida xavfsizlik:

Toshkent shahar IIBB ogohlantiradi: Onlayn savdolarda oldindan pul tashlab bermang.

Dasturiy ta’minotni o‘rnatish:

Toshkent shahar IIBB ogohlantiradi: Ilovalarni faqat rasmiy manbalardan yuklab oling.

Hisob yozuvlarini (akkauntlarni) himoya qilish:

Toshkent shahar IIBB ogohlantiradi: Akkauntlaringizni ikki bosqichli parol bilan himoyalang.

Internetdagi firibgarona reklama:

Toshkent shahar IIBB ogohlantiradi: Past foizli kredit yoki tez boyib ketish reklamalariga ishonmang.

Mobiuz’dan xavfsizlik bo‘yicha chek-list

  • Darhol suhbatni to‘xtating. Agar xorijiy yoki yashirin raqamdan qo‘ng‘iroq qilgan shaxs pul, kredit yoki kodlar haqida gapira boshlasa — go‘shakni qo‘ying.

  • SMS-kodlarni hech kimga bermang. SMS’dagi kod — Sizning imzoingizga teng. Uni hatto operator yoki bankning qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimi sifatida tanishtirgan shaxslarga ham aytish mumkin emas.

  • Ma’lumotlarni mustaqil ravishda tekshiring. Shubha tug‘ilgan taqdirda bankingizning rasmiy raqamiga qayta qo‘ng‘iroq qiling (u plastik kartaning orqa tomonida ko‘rsatilgan).

Huquqbuzarlik holatida qayerga murojaat qilish kerak?

Agar Siz yoki yaqinlaringiz kiberfiribgarlikka duch kelgan bo‘lsangiz, zudlik bilan favqulodda yordam xizmatlari va tegishli idoralarga murojaat qiling:

  • O‘zbekiston Respublikasi IIV yagona ishonch telefoni: 102

  • Toshkent shahar IIBB Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi telefoni: +998 (95) 439-02-02

Mavzu bo‘yicha yanada ko‘proq