Hurmatli abonentlar!
Mobiuz mobil ilovasida favqulodda vaziyatlar uchun mo‘ljallangan SOS tugmasi ishga tushirilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.
Bu qanday ishlaydi?
-
Tezkor javob: SOS tugmasi faollashtirilganda, geolokatsiyangiz bilan birga xavotir signali dispetcherga yuboriladi.
-
Ishonchli himoya: Chaqiruv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash departamentining eng yaqin patrul ekipaji tezkor ravishda voqea joyiga yuboriladi.
-
Xizmat narxi: Bir martalik chaqiruv narxi 80 000 so‘mni tashkil etadi. Chaqiruv tasdiqlangan paytda ushbu summa mobil raqamingiz balansidan yechib olinadi.



