Tanlov nomi: Instagramʼda «Sovrinli lahzalar» tanlovi - keyingi o‘rinlarda “Tanlov”.
Tanlov tashkilotchisi: «UMS» MChJ («Mobiuz» SB) – keyingi o‘rinlarda “Tashkilotchi”.
O‘tkaziladigan hudud: O‘zbekiston Respublikasi.
Tanlov o‘tkazilish muddatlari: Tanlov 1-jadvalga muvofiq oʻtkaziladi:
1-jadval
|
Bosqich |
Boshlangan sanasi va vaqti |
Tugash sanasi va vaqti |
G‘oliblarni aniqlash sanasi va vaqti |
G‘oliblar soni |
Pul mukofoti* |
Umumiy sovrin jamg‘armasi |
|
|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
1 |
5 noyabr 2025 y. Soat 11:00 |
10 noyabr 2025 y. Soat 23:59 |
12 noyabr 2025 y. Soat 15:00 Instagramda online efir |
3 |
8 000 000 so‘m |
24 000 000 so‘m |
|
|
2 |
1 dekabr 2025 y. Soat 11:00 |
7 dekabr y. Soat 23:59 |
9 dekabr 2025 y. Soat 15:00 Instagramda online efir |
5 |
11 000 000 so‘m |
55 000 000 so‘m |
|
|
3 |
24 dekabr 2025 y. Soat 11:00 |
28 dekabr 2025 y. Soat 23:59 |
30 dekabr 2025 y. Soat 15:00 Instagramda online efir |
2 |
13 000 000 so‘m |
26 000 000 so‘m |
|
|
Jami:
|
105 000 000 so‘m |
||||||
* Pul mukofotlari G‘oliblarga naqdsiz shaklda beriladi, hamda to‘lovni amalga oshirish paytidagi O‘zR amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan soliqlarni ushlab qolgan holda, G‘oliblarning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.
Pul mukofotlari 7-bandda ko‘rsatilgan zarur hujjatlar taqdim etilgandan va rasmiylashtirilgandan so‘ng beriladi.
Tanlov butun respublika bo‘ylab o‘ynaladi, viloyatlarga bo‘linmasdan.
TANLOV ISHTIROKCHILARI
Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi horijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Quyidagi toifalarga kiruvchilar tanlovda ishtirok eta olmaydi:
-
Ishtirok etish vaqtida 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar;
-
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy istiqomat qilmaydigan shaxslar;
-
Tashkilotchida ishlaydigan (mehnat munosabatlari bo‘lgan) jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
-
Tashkilotchi bilan fuqarolik huquqiy tusga ega shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
-
Tashkilotchining tijorat vakillari hamda ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar va h.k.) hamda ularning yaqin qarinloshlari.
TANLOV TAVSIFI VA SHARTLARI
Tanlov Tashkilotchining Instagram (@mobiuz.uzbekistan) dagi sahifalarida o‘tkaziladi.
Instagram uchun shartlar:
Instagramdagi @mobiuz.uzbekistan akkaunti administratorlari tomonidan sahifada tanlov qisqacha shartlari haqida e’lon joylashtiriladi. Tanlov batafsil shartlari www.mobi.uz veb-saytiga havolani joylashtiradilar.
Instagram foydalanuvchilari Tanlovda ishtirok etish uchun:
1) Instagram’dagi @mobiuz.uzbekistan akkauntlariga obuna bo‘lish;
2) Tanlov video postida 3 ta do‘stni bitta izohda belgilash kerak. (@yordamida).
G‘OLIBLARNI ANIQLASH TARTIBI
Instagram’dagi g‘oliblarni aniqlash Lizaonair (https://lizaonair.com) yoki Simpliers (https://simpliers.com) servisi yordamida online tarzda amalga oshiriladi. Buning uchun Administratorlar xizmatda tanlov posti havolasini ko‘rsatadilar, shartlarning bajarilganligini tekshirishni belgilaydilar va tasodifiy g‘oliblarni aniqlash tugmachasini bosadilar. Xizmat g‘oliblarning ismlarini (profillarini) ko‘rsatadi.
G‘oliblarni aniqlash kuni soat 15:00 da Tashkilotchining Instagram’dagi sahifasida onlayn efirda tasodifiy g‘oliblar (profilini) aniqlanadi. Instagram’dagi g‘oliblarni aniqlash Lizaonair (https://lizaonair.com) yoki Simpliers (https://simpliers.com) servisi yordamida online tarzda amalga oshiriladi. Buning uchun Administratorlar xizmatda tanlov posti havolasini ko‘rsatadilar, shartlarning bajarilganligini tekshirishni belgilaydilar va tasodifiy g‘oliblarni aniqlash tugmachasini bosadilar. Xizmat g‘oliblarning ismlarini (profillarini) ko‘rsatadi. Administratorlar jonli efirda g‘olibni tanlov shartlariga muvofiqligini tekshiradi. Agar tekshirish natijasida g‘olib tanlov shartlaridan birini bajarmaganligi aniqlansa, Administratorlar g‘olibni qaytadan aniqlaydilar.
Instagram’da g‘oliblarni aniqlash ko‘rsatilgan onlayn resurslardan biri: lizaonair.com yoki simpliers.com yordamida amalga oshiriladi. Agar ulardan biri noto‘g‘ri ishlasa yoki ulardan foydalanish imkoni bo‘lmasa, ikkinchisidan foydalaniladi.
Tanlov g‘oliblarini aniqlashni komissiya nazorat qiladi.
ISHTIROKCHILARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
1. Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar tanlovning barcha shartlarini to‘g‘ri bajarishlari kerak.
2. Tanlov ishtirokchilarining Instagram’dagi akkauntlari tanlov vaqtida ochiq bo‘lishi kerak: tanlovning butun muddati va g‘oliblarni aniqlash davomida boshqa foydalanuvchilardan yashirilmasligi; faol (yangiliklar tasmasida postlar, fotosuratlar va/yoki videolar mavjud); obuna va obunachilarga ega bo‘lish (tanlov profillarni istisno qilish uchun). Ushbu talablarga javob bermaydigan ishtirokchilar tanlovda ishtirok etishdan chetlashtiriladi.
2.1. Tanlov ishtirokchisining Instagram akkauntida voyaga yetmaganlarning (18 yoshgacha) ota-onasi, qonuniy vakillari yoki akkaunt egasining o‘zi ishtirok etmagan holda tasvirlangan postlar tanlovda ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu qoida jonli efirda g‘oliblarning akkauntlarini tekshirish vaqtida ham amal qiladi: agar akkauntda bunday materiallar aniqlansa, ishtirokchi chetlashtiriladi.
3. Tanlovda kompaniyalar, firmalar, tashkilotlar profillari/sahifalari (shu jumladan kompaniyalar, firmalar, faoliyat sohalari ko‘rsatilgan profillar) bilan foydalanuvchilar ishtirok etishi taqiqlangan, shuningdek, izohlarda bunday profillarni belgilash.
4. Instagramʼdagi tanlov ishtirokchisi bitta izohda 3 ta doʻstini belgilashi kerak. Agar alohida izohlarda bir yoki bir nechta akkaunt belgilangan bo‘lsa, bu sharhlar noto‘g‘ri deb hisoblanadi va tanlovda hisobga olinmaydi.
5. Agar Instagram’da tanlov ishtirokchisi bitta izohda 3 dan ortiq do‘stini belgilasa, u har qanday holatda ham tanlov shartlarini muvaffaqiyatli bajargan hisoblanadi.
6. Instagram’da tanlovda qo‘pol so‘z, behayo so‘zlar, g‘azablangan so‘zlar, haqoratlar va hokazolarni o‘z ichiga olgan izohlarga ruxsat berilmaydi.
7. mobiuz.uzbekistan Instagram akkaunti administratorlari firibgarlik holatlari aniqlansa ishtirokchilarni tanlovda ishtirok etishdan chetlashtirishga haqli (tanlovda qatnashishga urinishlar, taniqli shaxslarning, yuridik shaxslarning akkauntlari ko‘rsatilgan holda) (bir xil) akkauntlar orqali bir necha marta, soxta akkauntlardan foydalanish va hokazo).
8. Tanlov g‘olibi pul mukofotlarini olgunga qadar profildagi foydalanuvchi nomini (nikneym) o‘zgartira olmaydi. Agar shu vaqtgacha foydalanuvchi nomi o‘zgarsa, ishtirokchi pul mukofotlarini olish huquqidan mahrum bo‘ladi.
LIZAONAIR VA SIMPLIERS XIZMATLARI HAQIDA MA’LUMOT
Lizaonair, Simpliers – bu Instagram’da tasodifiy g‘oliblarni avtomatik aniqlash uchun onlayn xizmatlar. Tashkilotchining Lizaonair, Simpliers servisiga hech qanday aloqasi yo‘q, ushbu saytning serverlari va texnik imkoniyatlari uchinchi davlatlar hududida joylashgan.
PUL MUKOFOTLARNI OLISH TARTIBI, MUDDATLARI, JOYLARI VA SHARTLARI
1. Tanlov pul mukofotlarini faqat jismoniy shaxs – tanlov G‘olibi qo‘lga kiritishi mumkin.
2. Quyidagi toifalarga kiruvchilar tanlov pul mukofotlarini qo‘lga kirita olmaydi:
-
Ishtirok etish vaqtida 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar;
-
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamaydigan shaxslar;
-
Tashkilotchida ishlaydigan (mehnat munosabatlari bo‘lgan) jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
-
Tashkilotchi bilan fuqarolik huquqiy tusga ega shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
-
Tashkilotchining tijorat vakillari hamda ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar va h.k.) hamda ularning yaqin qarinloshlari;
Agar tanlov pul mukofotiga da’vogar bo‘layotgan shaxs yuqorilagi toifalardan biriga kirsa, pul mukofotiga kompaniya tasarrufida qoladi. G‘oliblar qayta aniqlanmaydi.
3. Tashkilotchi pul mukofotiga hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida, tanlov G‘oliblariga pul mukofoti hajmidagi pul mablag‘larini to‘lab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
4. Tanlov g‘oliblari, g‘oliblar aniqlangan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida, pul mukofotni rasmiylashtirish uchun kerak bo‘lgan barcha hujjatlarni (7-bandni qarang) taqdim qilishlari shart. Barcha hujjatlar 7 banda ko‘rsatilganidek taqdim etilishi kerak (skan, rasm shaklida).
5. Tashkilotchi soliq va yig‘imlarni, tanlov pul mukofoti jamarg‘armasida nazarda tutilmagan, o‘z mablag‘laridan to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni zimmasiga olmaydi;
6. Pul mukofotlaridan to‘lov amalga oshirilgan paytdagi O‘zR amaldagi qonunchiligiga muvofiq, jismoniy shaxslarning daromadidan ushlab qolinadigan soliqni olib qolgan holda, tanlov G‘olibi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining har qanday bankida ochilgan bank hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.
7. Pul mukofotni olishdan oldin tanlov g‘olibi Tashkilotchining shaxsiy ofisiga shaxsan murojaat qilishi va quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi kerak:
-
O‘zR fuqarosi pasportining asl nusxasi (O‘zR fuqarolari uchun), milliy passport va yashash uchun guvohnoma (xorijiy fuqarolar uchun), fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun) yoki ID-karta.
-
JShShIR.
-
Tanlovdagi shartlarni bajarilganligini tasdiqlovchi skrinshotlar.
-
Bank hisob raqamining rekvizitlari.
-
G‘olibning bank hisob raqamiga pul mukofotlarini, O‘zR amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan soliqlarni ushlab qolgan holda, o‘tkazib beriladi rozilik haqidagi tilxat.
-
Yaqin qarindoshlar haqidagi ma’lumotlar. Da’vogar (pul mablag‘lari o‘ynalishining g‘olibi) tegishli shaklni to‘ldirish yo‘li bilan o‘zining yaqin qarindoshlari (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, shu jumladan asrab olingan, hamda turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari ) haqidagi ma’lumotlarni berishi kerak.
Da’vogarning (pul mablag‘lari o‘ynalishining g‘olibi) Tashkilotchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan yoki Tashkilotchi yoki uning vakolatli dilerlari bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan shaxslar bilan qarindoshligi mavjudligi aniqlansa, hamda ishonchsiz ma’lumotlar taqdim qilingani aniqlangan vaziyatda pul mukofoti berilmaydi.
Da’vogar tomonidan ishonchsiz ma’lumot taqdim qilingani tanlov doirasida pul mukofoti topshirilgandan keyin aniqlansa, Tashkilotchi pul mukofotning qiymatini sud tartibida undirib olish huquqini o‘zida qoldiradi.
Tashkilotchining shaxsiy ofis manzillari:
|
Hudud |
XKM nomi |
Manzil |
|---|---|---|
|
Toshkent shahri |
Markaziy ofis |
Toshkent sh., Yunusobod tumani, Amir Temur shox ko‘chasi, 24 |
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
Nukus shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus sh., To‘rtko‘l katta ko‘chasi, 138 «A» uy |
|
Andijon viloyati |
Andijon shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Andijon viloyati, Andijon sh., Boburshox ko‘chasi, 13-v uy (mo‘ljal: «Xolis» savdo markazining ro‘parasi) |
|
Buxoro viloyati |
Buxoro shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Buxoro viloyati, Buxoro sh., Xofiz Tonish Buxoriy ko‘chasi, 10-uy |
|
Jizzax viloyati |
Jizzax shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Jizzax viloyati, Jizzax sh., Sh.Rashidov ko‘chasi |
|
Qashqadaryo viloyati |
Qarshi shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Qashqadaryo viloyati, Qarshi sh., O‘zbekiston ko‘chasi, 221 uy |
|
Shahrisabzdagi Xizmat ko‘rsatish ofisi |
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz sh., «Xabarlik» MFY, Ipak Yo‘li ko‘chasi, («Makro» supermarketi binosida) |
|
|
Navoiy viloyati |
Navoi shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Navoiy viloyati, Navoiy sh., Navoiy ko‘chasi, 11 uy |
|
Namangan viloyati |
Namangan shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Namangan viloyati, Namangan sh., Nodira ko‘chasi, 1 uy |
|
Samarqand viloyati |
Samarqand shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Samarqand viloyati, Samarqand sh., Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 105 uy |
|
Surxondaryo viloyati |
Termiz shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Surxondaryo viloyati, Termiz sh., G.Xusanov ko‘chasi, 32 «A» uy |
|
Sirdaryo viloyati |
Guliston shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Sirdaryo viloyati, Guliston sh., Birlashgan ko‘chasi, 68 uy |
|
Toshkent viloyati |
Chirchiq shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Toshkent viloyati, Chirchiq sh., Alisher Navoiy shox ko’chasi, 13 uy |
|
Xorazm viloyati |
Urganch shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Xorazm viloyati, Urganch sh., Al Xorazmiy ko‘chasi, 101 uy |
|
Farg‘ona viloyati |
Farg‘ona shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona sh., Sayilgoh ko‘chasi, 26 uy |
8. Tashkilotchi quyidagi holatlarda G‘olibning tanlov natijalarini bekor qilish huquqini o‘zida qoldiradi:
-
G‘olibning tanlovda ishtirok etish shartlariga to‘g‘ri kelmasligi aniqlanganda;
-
Mazkur Qoidalarning 7-bandida sanab o‘tilgan, kerakli hujjatlarni topshirishdan bosh tortish/taqdim qilmaslik;
-
G‘olib tomonidan mazkur Qoidalarning 7-bandida sanab o‘tilgan hujjatlarda, yolg‘on ma’lumot berilganligi aniqlansa.
-
Savol mavzusiga to‘g‘ri kelmaydigan, qo‘pol so‘z, behayo so‘zlar, g‘azablangan so‘zlar, haqoratlar va hokazolarni o‘z ichiga olgan izohlar aniqlanganda.
Tanlov natijalari bekor qilingan holatda, pul mablag‘lari Tashkilotchining mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi.
9. G‘olib pul mukofotini rasmiylashtirish/qabul qilish vaqtida g’olib to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlar haqidagi batafsil axborot ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlarni (pul mukofotini rasmiylashtirish/qabul qilish jarayoni bilan bog‘liq) imzolashi shart.
Tanlov G‘olibining zarur hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik jihatdan ahamiyatli hatti-harakatlarni amalga oshirishdan, jumladan pul mukofotlarni qabul qilish uchun talab etilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi G‘olibning pul mukofotini olishdan bosh tortishi sifatida baholanadi.
10. Pul mukofotini rasmiylashtirish/olish jarayonini foto va videotasvirga olinishga va rasm/videoalrni kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida joylashtirishga o‘z roziligini beradi.
11. Tashkilotchi pul mukofotlari naqd pul ko‘rinishda to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi.
12. Tanlov g‘oliblari har qanday sabablarga ko‘ra pul mukofotini berishni talab qilmaganda yoki undan voz kechganda pul mukofotlari Tashkilotchi mulki bo‘lib qoladi. Bu holatda talab qilinmagan pul mukofotlari takroran o‘ynalmaydi.
13. Tashkilotchi G‘olib tomonidan pul mukofotlarni olish tartibida nazarda tutilgan barcha talablar va shartlar bajarilmagan taqdirda, G‘olibga pul mukofotlarini taqdim qilishdan bosh tortish huquqini o‘zida qoldiradi.
14. Tashkilotchi quyidagi holatlar uchun javobgar emas:
-
ishtirokchilarda ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan g‘olib ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati yo‘qligi;
-
pul mukofotlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar/hujjatlar ishtirokchilarning aybi bilan yoki boshqa sabablarga ko‘ra topshirilmagani/o‘z vaqtida topshirilmagani;
-
tanlov ishtirokchilari tomonidan pul mukofotlarni olish tartibida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagani (o‘z vaqtida bajarilmagani);
-
pul mukofotlar talab etilmagani yoki ularni olishdan bosh tortilgani sababli, tanlov G‘oliblari tomonidan olinmagani;
-
G‘olib o‘zi yoki uchinchi shaxslarning aybi va/yoki fors-major holatlari tufayli G‘oliblarga pul mukofotlarni topshirish bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning imkoni bo‘lmaganligi.
15. Pul mukofotni berishdan bosh tortilganda yoki G‘olibning mukofot natijalari bekor qilinganda pul mukofotlari Tashkilotchi mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi.
BOSHQA SHARTLAR:
1. Tashkilotchi lizaonair.com, simpliers g‘oliblarni aniqlash servislari faoliyati bo‘yicha hech qanday majburiyatlarni o‘z bo‘yniga olmaydi. Javobgarlikdan voz kechish, shu jumladan, Lizaonair, Simpliers ish faoliyati bilan bog‘liq barcha jarayonlarga ham taalluqlidir.
2. Ishtirokchi akkauntidan bajarilayotgan barcha harakatlar u tomonidan bajarilmoqda, deya qabul qilinadi. Tashkilotchi ishtirokchini tanlovda chetlatilishiga olib kelgan hatti-harakatlarini uchun javobgar emas, shu jumladan ishtirokchi profilidan uning roziligi yoki roziligisiz kimdir foydalangan bo‘lsa va h.k.
3. Tanlovda ishtirok etayotgan ishtirokchi agarda tanlov tashkilotchi tomonidan bekor qilinsa yoki uning shartlari o‘zgarsa, tashkilotchi hech qanday harajatlarni qoplab bermasligiga rozilik bildiradi.
4. Pul mukofotlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Tashkilotchining iltimosiga ko‘ra reklama maqsadlarida intervyu berishlari, foto va video suratlarga tushishlari mumkinligiga, intervyu, foto va video suratlar natijalari Tashkilotchi tomonidan foydalanilishiga, shuningdek, pul mukofotlarni topshirish uchun Tashkilotchi ularning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berilishiga rozilik berishadi.
5. Yuqorida belgilab o‘tilgan tadbirlarda ishtirok uchun Tashkilotchi g‘oliblarga qo‘shimcha haq to‘lamaydi, ushbu tadbirlar natijasida yaratilgan materiallar bo‘yicha huquqlar Tashkilotchiga tegishli (agar boshqa hollar Tashkilotchi va g‘olib o‘rtasida yozma ravishda belgilanmagan bo‘lsa).
6. Ishtirokchilar tanlovda ishtirok va pul mukofotlar olish bilan bog‘liq barcha hatti-harakatlarni ushbu hujjatda belgilangan muddatlarda bajarishi shart.
7. Tashkilotchi uchinchi shaxslarga tanlov ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishga haqli emas (tanlovda va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan holatlar bundan mustasno).
8. Tashkilotchi ushbu Qoidalarda belgilangan shartlar va muddatlarga muvofiq ravishda tanlov g‘oliblari – tanlov pul mukofoti jamg‘armasi sohiblarini aniqlash jaryonini o‘tkazishi va ularga pul mukofotlarni taqdim etishi shart. Agar Lizaonair, Simpliers va/yoki Instagram biron-bir sababga koʻra pul mukofotlar oʻyinidan oldin yoki oʻyin davomida ishlamay qolganligi aniqlansa, Tashkilotchi pul mukofotlar oʻyinini Qoidalarda ko‘rsatilgan g‘oliblarni aniqlash sanasidan 3 (uch) ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga qoldirishga haqli.
9. Tashkilotchi tanlov qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Tanlov shartlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, “UMS” MChJ tegishli ma’lumotlarni www.mobi.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirish majburiyatini oladi.
10. Tanlovda ishtirok etar ekan, ishtirokchi tanlovning shartlari, muddatdari, qoidalari va izohlari, tanlov pul mukofotlarini olish tartibi bilan tanishganligini tasdiqlaydi.
11. Tanlov g‘oliblari Tashkilotchi ularning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanishiga, shu jumladan ularga ishlov berishiga rozilik beradi. Ishlov berish tushunchasi ostida g‘oliblar haqida ma’lumotni to‘plash, tizimlashtirish, yig‘ib borish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, shaxssizlantirish (anonimlash), bandlash va o‘chirib tashlash tushuniladi.
12. Tashkilotchi, ushbu Hujjatda ko‘rsatilgan holatlar yoki O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablaridan tashqari vaziyatlarda, tanlov ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar boshlamaslik yoki boshqa har qanday aloqa qilmaslik huquqini o‘zida qoldiradi.



