Biz ijtimoiy tarmoqlarda

MAZZA YANGI YIL

60 000 so‘m
Abonent to‘lovi oyiga
Unlim daqiqalar + 3000 SMS
O‘zbekiston bo‘yicha barcha yo‘nalishlarga oyiga
100 GB + tungi Unlim internet
(00:00 dan 08:00 gacha) tarifga kiritilgan mobil internet
Ulanishda bonus
«Unlim Mix» xizmati 30 kun bepul
Bepul obuna
«Mobi Music» xizmatiga

Tarif haqida batafsil

  • Faqat yangi ulanish uchun
  • O‘zbekiston bo‘yicha SMS (1 xabar narxi)

    0 so‘mKiruvchi SMS-xabar

    50 so‘mMOBIUZ tarmog‘i ichidagi abonentlarga chiquvchi SMS-xabarlar

    50 so‘mO‘zbekistondagi boshqa operatorlarning mobil tarmoqlariga chiquvchi SMS xabarlar

    1000 so‘mXalqaro chiquvchi SMS-xabarlar

  • Internet (1 MB trafik narxi)

    100 so‘mOyiga limitdan ortiqcha 1 MB internet-trafik narxi

  • Foydali buyruqlar
    • *100# - balans, tarif rejasi va oylik to‘lovga kiritilgan daqiqa va MB to‘plamlarining qoldig‘ini bilish;
    • *104# - xarid qilingan SMS-to‘plamlari qoldig‘ini bilish;
    • *102# - xarid qilingan Internet-to‘plamlar qoldig‘ini bilish;
  • «Unlim Mix» xizmati 30 kunga bepul

    «Mazza Yangi Yil» tarif rejasiga ulanganingizda, ulanish sanasidan boshlab 30 kun davomida «Unlim Mix» opsiyasi bonus sifatida taqdim etiladi:

    Opsiya

    Kiritilgan resurslar

    Unlim Mix

    Youtube, Telegram, Instagram, Facebook, Facebook messenger

    «Unlim Mix» opsiyasi narxiga 100% chegirma qo‘llaniladi.

    Ulanish sanasidan boshlab 30 kun o‘tgach, «Unlim Mix» opsiyasi saqlanib qolmaydi.

    Keyinchalik abonentga oyiga 35 000 so‘m qiymatdagi «Unlim Mix» opsiyasini ulash imkoniyati mavjud bo‘ladi.

    «Mazza Yangi Yil» tarif rejasidan ulangandan keyingi 30 kunlik muddat tugamasdan avval boshqa tarif rejasiga o‘tilgan taqdirda, «Unlim Mix» bonusi saqlanmaydi.

  • Shartlar
    • «Mazza Yangi Yil» tarif rejasi 2025-yil 20-noyabrdan 2026-yil 5-yanvargacha (shu jumladan) yangi ulanishlar uchun mavjud;

    • Internet-trafikni yaxlitlash kvanti - 1 KB;

    • Tarif rejasiga yangi ulanishda abonent to‘lovi hisob to‘ldirilgandan so‘ng darhol to‘liq miqdorda yechib olinadi;

    • Abonent to‘lovi birinchi faollashtirilgan kun sanasida, abonent balansida to‘liq miqdordagi abonent to‘lovini yechish uchun yetarli mablag‘ bo‘lgan taqdirda, har oy yechib olinadi;

    • Agar abonent to‘lovi yechish vaqtida hisobda yetarli mablag‘ bo‘lmasa, raqam mablag‘ yetishmovchiligi sababli bloklanadi va hisob oylik abonent to‘lovi miqdoriga teng summaga to‘ldirilmaguncha blok holatida qoladi. Hisobingiz bir oylik abonent to‘lovi miqdorida to‘ldirilgandan so‘ng, mablag‘ yetishmasligi tufayli qo‘yilgan blokirovka olib tashlanadi. Abonent to‘lovi hisobni to‘ldirgandan so‘ng darhol yechib olinadi;

    • Nol yoki manfiy balansga yetganda, raqam mablag‘ yetishmovchiligi sababli blok holatiga tushadi. Ushbu holatda abonent "Aloqada" xizmati shartlariga muvofiq, kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMSʼlarni qabul qilishi mumkin;

    • Blok holatida abonent to‘lovi yechilmaydi;

    • Abonent to‘lovi yechilganda, hisoblagichlar 1 kalendar oyi uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi;

    • Ushbu tarif rejasiga yangi ulanishda abonent to‘lovi darhol yechiladi, abonent to‘loviga kiritilgan daqiqa, GB va SMS to‘plamlari to‘liq hajmda taqdim etiladi;

    • «Mazza Yangi Yil» tarif rejasidan «Mehribon» va «Mobiuz bilan birga» tarif rejalariga o‘tish narxi — 0 so‘m;

    • «Mazza Yangi Yil» tarif rejasidan abonent to‘lovi past bo‘lgan tarif rejalariga o‘tish narxi — 15 000 so‘m;

    • «Mazza Yangi Yil» tarif rejasidan abonent to‘lovi yuqori bo‘lgan tarif rejasiga o‘tish narxi — 0 so‘m;

    • «Mazza Yangi Yil» tarif rejasiga o‘tish — mavjud emas;

    • «Mazza Yangi Yil» tarif rejasida «Gap Ko‘p» xizmati mavjud emas.

    «MobiMusic» xizmatidan foydalanish shartlari.

    • «Mazza Yangi Yil» tarif rejasiga ulanganingizda, «MobiMusic» xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.

    • Buning uchun «Mazza Yangi Yil» tarif rejasiga ulanganingizdan so‘ng, «MobiMusic» ilovasida avtorizatsiyadan o‘tishingiz kerak.

    • «MobiMusic» xizmati «Mazza Yangi Yil» tarif rejasi doirasida faqat tarif rejasining oylik abonent to‘lovi to‘langan taqdirda mavjud bo‘ladi. Abonent to‘lovi to‘lanmaganida yoki abonent bloklangan holatida «MobiMusic» xizmati taqdim etilmaydi.

    • Avval ulangan «MobiMusic» xizmatiga obuna «Mazza Yangi Yil» tarif rejasiga o‘tilganda o‘chiriladi.

    • «MobiMusic» xizmatining cheksiz trafiki rasmiy ilovalardan foydalanilganda va belgilangan IP-manzillar to‘plami doirasida sarflanadi. Resurs egasi tomonidan IP-manzillar o‘zgartirilgan taqdirda yoki «MobiMusic» xizmatiga kirmaydigan trafik uchun sarf amaldagi tarif rejangiz bo‘yicha asosiy internet-to‘plamdan yoki balansdan yechiladi. Cheksiz trafik MobiMusic uchun proksi-server (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalarda sarflanmaydi.

    • Abonent «MobiMusic» ilovasida avtorizatsiyadan o‘tgan yoki o‘tmaganidan qat’iy nazar, «Mazza Yangi Yil» tarif rejasida «MobiMusic 1 kun» va «MobiMusic oy» xizmatlari mavjud bo‘lmaydi.

    Xalqaro qo‘ng‘iroqlar

    • Markaziy Osiyo hududiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar kiradi: Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston;
    • MDH hududiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar kiradi: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Rossiya, Ukraina;
    • Yevropa hududiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar kiradi: Avstriya, Albaniya, Andorra, Belgiya, Bolgariya, Bosniya va Gertsegovina, Vatikan, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Isroil, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Kosovo, Latviya, Litva, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Makedoniya, Malta, Monako, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Turkiya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chernogoriya, Chexiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Estoniya;
    • Amerika va Afrika hududiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar kiradi: Jazoir, Angliya, Angola, Antigua va Barbuda, Argentina, Aruba, Bermud orollari, Braziliya, Burkina-Faso, Burundi, Venesuela, Gabon, Gaiti, Gambiya, Gana, Gvatemala, Gonduras, Grenada, Guam, Kongo Demokratik Respublikasi, Dominika, Misr, Kayman orollari, Kanada, Keniya, Kuba, Liberiya, Madagaskar, Malavi, Mali, Marokash, Meksika, Mozambik, Namibiya, Nigeriya, Turks va Kaykos orollari, Panama, Paragvay, Sudan, Samoa, Senegal, Sent-Vinsent va Grenadinlar, Sent-Kitts va Nevis, Sent-Lyusiya, AQSH, Syerra-Leone, Tanzaniya, Trinidad va Tobago, Tunis, Chili, Urugvay, Ekvador, El-Salvador, Efiopiya, Janubiy Afrika Respublikasi (JAR), Yamayka;
    • Osiyo hududiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar kiradi: Afg‘oniston, Bangladesh, Bahrayn, Bruney, Vyetnam, Gonkong, Hindiston, Indoneziya, Iordaniya, Iroq, Eron, Yaman, Kambodja, Qatar, Xitoy, Liviya, Malayziya, Maldiv orollari, Mongoliya, Nepal, Ummon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Suriya, Tailand, Tayvan, Yaponiya, Janubiy Koreya.

    Xalqaro qo‘ng‘iroqlarga tariflar

Mobi Musicʼni yuklab olish
Mobi Music

Yangi yil aksiyasi haqida batafsil
O‘tish

Barcha tariflar

Boshqa tariflar