|
«KinoFAN» xizmati - ko‘ngilochar IVR-viktorina. Filmlardan qismlar, parchalar, kuylarni tinglab, filmning to‘g‘ri nomini toping va qimmatbaho sovrinlarni yutib oling.
Obunani faollashtirish uchun:
- 6080 (SMS) qisqa raqamiga SMS yordamida «1» raqamini yoki «Start» matnini yuborish yoki 6080 (IVR) qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish va aytilgan tugmani bosish yordamida, ushbu servisga obunani rasmiylashtirish kerak.
IVR portal yordamida faollashtirish imkoniyati ham mavjud. Noto‘g‘ri/mavjud bo‘lmagan raqam terilganda, tizim noto‘g‘ri raqam terilganligi haqida xabardor qiladi.
Keyin IVR portalda Mobiuz qo‘shimcha xizmatlari va ularning orasida «KinoFAN» ham bo‘lgan, boshqa mahsulotlar haqida ma’lumot olish taklif qilinadi. «KinoFAN» xizmatini faollashtirishga so‘rov berilganda, xizmat haqidagi barcha ma’lumotlar eshittiriladi. Faollashtirish aytilgan tugmani bosish orqali obunaga rozilik qabul qilinganda amalga oshiriladi. Faollashtirishda xizmatning narxi va uni o‘chirish usuli haqidagi salomlashuv SMS-xabari keladi.
Obunani o‘chirish uchun:
- 6080 (SMS) qisqa raqamiga «Stop» matnini yuborish yoki 6080 (IVR) qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish va aytilgan buyruq bilan “Servisni boshqarish” bo‘limida xizmatning o‘chirilishini tasdiqlash kerak.
Axborot SMS-xabarlar 6080 qisqa raqamidan kelib tushadi.
Obunani narxlash 6081 va 6082 qisqa raqamlaridan amalga oshiriladi.
Viktorinaning batafsil shartlari https://www.kino-fan.uz/ saytida joylashtirilgan.
|