O‘zbekistonda eSIM: bu nima va uni qanday ulash mumkin?
eSIM
Kirish
Avvallari aloqa xizmatidan foydalanish uchun telefonga albatta plastik SIM-kartani joylashtirardik, bugun esa eSIM yoki raqamli SIM-karta haqida tobora ko‘proq eshitmoqdamiz. Bu dunyo bo‘ylab allaqachon faol qo‘llanilayotgan va O‘zbekistonda ham ommalashib borayotgan yangi texnologiyadir.
Oddiy so‘zlar bilan aytganda eSIM o‘zi nima?
eSIM (embedded SIM) bu smartfon yoki boshqa qurilmaga bevosita o‘rnatilgan virtual SIM-kartadir. Odatdagi plastik SIM-kartadan farqli ravishda, uni joylashtirish yoki almashtirish shart emas. Barcha sozlamalar internet orqali amalga oshiriladi: QR-kodni skanerlash yoki ilovada tarifni faollashtirish kifoya.
eSIM quyidagicha ham ataladi: virtual SIM-karta, elektron SIM-karta.
Nega eSIM oddiy SIM’dan qulayroq
- Qulaylik. Ulanishning butun jarayoni bir necha daqiqa ichida amalga oshadi. Yangi SIM-karta olish uchun borib kelish shart emas.
- Tezlik. Profilni faollashtirish atigi 3–5 daqiqa vaqt oladi.
- Bir nechta raqam. Zamonaviy smartfonlarda 5 tagacha eSIM-profilni saqlash va shu bilan birga jismoniy SIM-kartani ham ishlatish mumkin.
- Xavfsizlik. Telefon o‘g‘irlangan taqdirda jismoniy SIM-kartani chiqarib olish mumkin, eSIM esa qurilmaga o‘rnatilgan bo‘lib qoladi. Shu sababli raqam himoyalangan bo‘ladi.
eSIM va oddiy SIM taqqoslanishi
| Nima muhim | Oddiy SIM | eSIM |
|---|---|---|
| Qanday ulanadi | Plastik SIM-karta kerak | QR-kod yoki ilova orqali |
| Smartfonda egallaydigan joy | Jismoniy slot mavjud | Joy egallamaydi |
| Yo‘qotish mumkinmi | Ha | Yo‘q |
| Boshqa telefonga o‘tkazish | SIM-kartani ko‘chirib qo‘yish orqali | Profilni qayta yaratish orqali |
| Bir nechta raqam | Faqat 2 ta slot bo‘lsa | Bir nechta profilni saqlash mumkin |
Mobiuz’da eSIM’ni qanday ulash mumkin
Avvalo qurilmaning IMEI’ni tekshiring. *#06# ni tering va IMEI UZIMEI bazasida ro‘yxatdan o‘tganini tasdiqlang. Agar holati “ro‘yxatdan o‘tmagan” bo‘lsa, my.gov.uz portali yoki *1170# USSD-kodi orqali ro‘yxatdan o‘tkazing.
Kompaniya ofislarida
- Pasport yoki ID-kartani oling. Hujjatsiz ulanish mumkin emas.
- Yaqin Mobiuz ofisiga tashrif buyuring.
- Tarifni tanlang: yangi raqam ulash yoki mavjud SIM-kartani eSIM’ga almashtirish mumkin. SIM’ni eSIM’ga almashtirish narxi 30 000 so‘m.
- Operator tomonidan taqdim etilgan bir martalik QR-kodni oling.
- Telefonda “Sozlamalar → Mobil tarmoq → eSIM qo‘shish” bo‘limiga kiring va QR-kodni skaner qiling. Bir necha daqiqadan so‘ng raqam faol bo‘ladi.
Shuningdek, Mobiuz’ning bepul onlayn eSIM ulash xizmatidan ham foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekistonda eSIM qo‘llab-quvvatlanishi
eSIM texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan Android, iOS va Huawei qurilmalari bo‘yicha yangilanib boriladigan jadval mavjud. Qurilmalar ro‘yxati bilan rasmiy sahifada tanishish mumkin.
Xulosa
eSIM — mobil aloqani ulashning zamonaviy, tez va xavfsiz usuli.
U vaqtni tejaydi, plastikdan voz kechishga yordam beradi va bitta smartfonda bir nechta raqamni saqlash imkonini beradi.
Agar qurilmangiz ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlasa, Mobiuz’da eSIM’ni onlayn tarzda ulang yoki yaqin ofisga tashrif buyuring — va yangi texnologiyaning barcha afzalliklarini baholang.
Ko‘p beriladigan savollar
SIM-kartani eSIM’ga almashtirish qancha turadi?
Almashtirish narxi 30 000 so‘m.
eSIM ulash uchun IMEI ro‘yxatdan o‘tkazilishi shartmi?
Ha, bu majburiy. Qurilma holatini *1170# USSD-kodi yoki my.gov.uz orqali tekshiring.
Bitta smartfonda nechta eSIM-profilni saqlash mumkin?
Ko‘pchilik zamonaviy smartfonlar 5 tagacha eSIM-profilni va bitta jismoniy SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi.
Oddiy SIM’dan eSIM’ga raqamni ko‘chirish mumkinmi?
Ha. Raqamni Mobiuz ofisida yoki onlayn ariza orqali eSIM’ga almashtirish mumkin.
Agar QR-kod yoki eSIM profili o‘chirib yuborilgan bo‘lsa nima qilish kerak?
Mobiuz ofisida yangi QR-kod olish yoki onlayn arizani qayta rasmiylashtirish kerak. Eski QR-kod qayta ishlatilmaydi.
eSIM roumingda ishlaydimi?
Ha, oddiy SIM-karta kabi ishlaydi. Safardan oldin rouming sozlamalari yoqilganini tekshirish tavsiya etiladi.
Qaysi qurilmalar eSIM’ni qo‘llab-quvvatlaydi?
Qo‘llab-quvvatlanadigan modellar ro‘yxati muntazam yangilanadi va rasmiy sahifada e’lon qilinadi.