Foydalanuvchi Mobiuz mobil ilovasida birinchi marta ro‘yxatdan o‘tganda, 1 GB bonusli to‘plamini ulashi mumkinligini, ma’lum qilishdan mamnunmiz!
To‘plamni ilovada ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab bir hafta ichida faollashtirish mumkin.
To‘plamning amal qilish muddati, ulangan paytdan boshlab 30 kun.
To‘plamdagi trafik qoldig‘ini *102*0# USSD buyrug‘ini terib tekshirish mumkin.
Mobil ilovani Play market va Appstore orqali yuklab olish mumkin.
Shartlar:
-
«Welcome 1 GB» to‘plamidan foydalanish imkoniyati, faqat ilovada birinchi marta ro‘yxatdan o‘tayotgan foydalanuvchilarda mavjud.
-
«Welcome 1 GB» to‘plamidan foydalanish imkoniyati faqat jismoniy shaxslarda mavjud.
-
To‘plamni ilovada ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab bir hafta ichida faollashtirish mumkin.
-
Internet-toplamlardan foydalanish uchun “Mobil internet” xizmatini, u avval o‘chirilgan bo‘lsa, faollashtirish kerak.
-
«Welcome 1 GB» internet-to‘plami trafikining hajmi, boshqa ulangan to‘plamlarning hajmi bilan qo‘shilmaydi.
-
Belgilangan trafik tugaganidan keyin, trafik belgilangan narxlar bo‘yicha narxlanadi.
-
Bir vaqtning o‘zida tarif rejasi va Internet-to‘plami bo‘yicha beriladigan, ishlatilmagan megabaytlar mavjud bo‘lsa, avval tarif rejasidagi megabaytlar sarflanadi.
Abonentda bir necha turdagi Internet-to‘plamlar mavjud bo‘lsa, ularning sarflanish tartibi quyidagicha bo‘ladi:
- Kunlik internet-to‘plam - > Tarif rejasi doirasidagi trafik - > OnNet xizmati doirasidagi trafik -> Oylik internet-to‘plam -> Welcome 1 GB -> boshqa to‘plamlar
Internet-to‘plamlarning 00:00 dan 8:00 gacha bo‘lgan davrda sarflanish tartibi:
-
Tungi internet-to‘plam -> Kunlik internet-to‘plam-> Tarif rejasi doirasidagi trafik-> OnNet bo‘yicha trafik -> Oylik internet-to‘plam -> Welcome 1 GB -> boshqa to‘plamlar
-
Xizmat ko‘rsatish rejasi o‘zgartirilganda to‘plamlarni taqdim etish shartlari o‘zgarmaydi.
-
To‘plamlar abonent O‘zbekiston Respublikasi hududidagi «UMS» MChJ tarmog‘ida bo‘lgandagina amal qiladi.
-
Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.