Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Mobi 30+

50 000 so‘m
Abonent to‘lovi oyiga
CHEKSIZ
daqiqalar O‘zbekiston bo‘yicha
50 000 MB
mobil internet oyiga
2000 SMS
oyiga

Tarif haqida batafsil

  • O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar (1 daqiqasi narxi)

    0 so‘mMOBIUZ abonentlariga

    0 so‘mO‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga

    0 so‘mShahar raqamlariga

  • O‘zbekiston bo‘yicha SMS (1 xabar narxi)

    0 so‘m Kiruvchi SMS-xabar

    50 so‘mChiquvchi SMS-xabarlar – MOBIUZ abonentlariga (berilgan SMS tugagandan keyin)

    50 so‘mChiquvchi SMS-xabarlar – O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlarga (berilgan SMS tugagandan keyin)

    1000 so‘mChiquvchi xalqaro SMS-xabarlar*

  • Internet (1 MB trafik narxi)

    126,31 so‘mInternetning 1 MB trafigi (berilgan MB tugagandan keyin)

  • Foydali buyruqlar
    • *100#- balans, tarif rejasi va oylik to‘lovga kiritilgan daqiqa va MB to‘plamlarining qoldig‘ini bilish
    • *104# - xarid qilingan SMS-to‘plamlarning qoldig‘ini bilish
    • *102# - xarid qilingan Internet-to‘plamlarning qoldig‘ini bilish
    • *001# - tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovini yechib olishning keyingi sanasini ko‘rish uchun so‘rov yuborish *qoldiqni faqat internet-sessiya faol bo'lmagan holatda tekshirish kerak>
  • Shartlar
    • 07.06.2023y. dan «Mobi 30+» tarif rejasiga ulanish va o‘tish imkoniyati – mavjud emas.

    • Qo‘ng‘iroqlarni narxlash daqiqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.

    • Bitta ovozli qo‘ng‘iroqning eng uzoq davomiyligi 60 daqiqani tashkil qiladi

    • Barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni narxlash 1-soniyadan boshlanadi. Qo‘ng‘iroq davomiyligi katta tarafga qarab yaxlitlanadi.

    • Internet-trafikni yaxlitlash kvanti 1 KB

    • «Mobi 30+» tarif rejasidan Faxriy, MOBIUZ bilan birga tarif rejalariga o‘tish narxi – 0 so‘m.

    • O‘qituvchi 2, Fidokor+, tarif rejalariga o‘tish narxi – 4210,35 so‘m.

    • Tarif rejasi o‘zgartirilganda foydalanilmagan daqiqa, SMS va megabaytlar keyingi davrga o‘tkaziladi va qo‘shiladi.

    • Balans nolga teng yoki manfiy bo‘lib qolganda,raqam qisman blokirovka qilinadi (qisman blokirovkada chiquvchi daqiqalar, SMS va internet bloklanadi) va abonent «Aloqadaman» xizmatining shartlariga muvofiq kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS larni qabul qilishi mumkin bo‘ladi. 

    • Bloklangan holatda abonent to‘lovi yechilmaydi;

    • Avvalgi tarifdan foydalanilmay qolgan daqiqa, megabayt va SMSlar abonent o‘tgan yangi tarifdagi mos to‘plamlar bilan jamlanadi va saqlanib qoladi;

    • Jamlangan to‘plamlarning amal qilish muddati — tarifga o‘tilgan kundan boshlab 1 kalendar oyi;

    • Avvalgi tarifdan quyidagilar o‘tmaydi: cheksiz (unlim) daqiqalar, tungi internet-to‘plamlar, xizmatlar yoki resurslarga cheksiz kirish imkoniyati;

    • Abonent to‘lovi abonent hisobida abonent to‘lovining to‘liq qiymatini (oyiga 50 000 so‘m) yechib olish uchun yetarli mablag‘ bor bo‘lgan holatda,har oyning birinchi marta faollashtirilgan kunida yechib olinadi.

    • Oylik abonent to‘lovi yechilish tartibida tarif rejasi bo‘yicha to‘plamlar to‘liqligicha 1 kalendar oy muddatga (O‘zbekiston bo‘yicha Cheksiz daqiqalar, 50 000 MB internet, 2000 SMS) taqdim etiladi.

    • Agar abonent to‘lovi yechiladigan paytda hisobda to‘liq bir oylik abonent to‘lovini qoplash uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, raqam bloklanadi. Kunlik daqiqalar, MB va SMS hajmlari taqdim etilmaydi. Raqamni qayta faollashtirish uchun balansni bir oylik to‘liq abonent to‘lovi miqdorigacha to‘ldirish zarur.

    • «Yillik abonent to‘lovi» opsiyasining amal qilish davrida, abonent yillik yechib olish holatiga o‘tadi.
    • «Yillik abonent to‘lovi» opsiyasini abonent raqamini ulashda, tarmoqda ro‘yxatdan o‘tish paytida, hamda amaldagi abonent Mobiuz ofisi va aloqa markaziga murojaat qilganda faollashtirish mumkin.
    • Opsiya faollashtirilganda abonent to‘lovini yechib olishning yillik hisoblash davri o‘rnatiladi. Amal qilish davri faollashtirish paytidan boshlab 350 kunni tashkil qiluvchi opsiyani faollashtirish narxi 350 000 so‘mni tashkil qiladi.
    • Tarif rejasi bo‘yicha to‘plamlar, abonent holatidan qat’i nazar har oy to‘liq hajmda beriladi.
    • Amaldagi abonentda yechib olish paytida abonent balansida yetarli mablag‘ bo‘lmagan holatda opsiya faollashmaydi.
    • Opsiya oldingi faollashtirilgan opsiyaning amal qilish muddati tugagandan keyin takroran faollashtirilishi mumkin.
    • Faollashtirilgan paytdan boshlab 350 kun o‘tgunga qadar tarif rejasi o‘zgartirilganda yoki abonentlik shartnomasi bekor qilinganda, opsiyani faollashtirishning qiymati qayta hisoblanmaydi va qaytarilmaydi.
    • Markaziy Osiyo: Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston.
    • MDH mamlakatlari: Аzarbayjon, Armaniston, Bеlarus, Gruziya, Moldova, Rossiya, Ukraina.
    • Yevropa: Аvstriya, Albaniya, Andorra, Bеlgiya, Bolgariya, Bosniya va Gеrtsеgovina, Vatikan, Buyuk Britaniya, Vеngriya, Gеrmaniya, Grеtsiya, Daniya, Isroil, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Kosovo, Latviya, Litva, Lixtеnshtеyn, Lyuksеmburg, Makеdoniya, Malta, Monako, Nidеrlandiya, Norvеgiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Slovеniya, Turkiya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chеrnogoriya, Chеxiya, Shvеytsariya, Shvеtsiya, Estoniya.         
    •  Аmеrika, Afrika: Jazoir, Angilya, Angola, Antigua va Barbuda, Argеntina, Aruba, Bеrmud, Braziliya, Burkina-Faso, Burundi, Vеnеsuela, Gabon, Gaiti, Gambiya, Gana, Gvatеmala, Gonduras, Grеnada, Guam, Kongo Dеmokratik Rеspublikasi, Dominika, Misr, Kayman orollari, Kanada, Kеniya, Kuba, Libеriya, Madagaskar, Malavi, Mali, Marokko, Mеksika, Mozambik, Namibiya, Nigеriya, Tеrks va Kaykos orollari, Panama, Paragvay, Sudan, Samoa, Sеnеgal, Sеnt Vinsеnt va Grеnadin, Sеnt Kits va Nеvis, Sеnt Lyusiya, AQSH, Sеrra-Lеonе, Tanzaniya, Trinidad va Tobago, Tunis, Chili, Urugvay, Ekvador, El-Salvador, Efiopiya, JAR, Yamayka.
    • Osiyo: Afg‘oniston, Bangladеsh, Baxrеyn, Brunеy, Vyеtnam, Gonkong, Hindiston, Indonеziya, Iordaniya, Iroq, Eron, Yaman, Kambodja, Qatar, Xitoy, Liviya, Malayziya, Maldivi, Mongoliya, Nеpal, Oman, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Suriya, Tailand, Tayvan, Yaponiya, Janubiy Korеya.

    Xalqaro aloqa uchun tariflar.

Barcha tariflar

Boshqa tariflar