Mobi 25
Abonent to‘lovi oyiga/kuniga
Tarif haqida batafsil
-
O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlarning bir daqiqasi
0 so‘m Mobiuz abonentlariga
0 so‘m O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga
0 so‘m Shahar raqamlariga
-
O'zbekiston bo'yicha 1 ta SMS-xabar
0 so‘m Kiruvchi SMS-xabar
42,10 so‘m Chiquvchi SMS-xabarlar – MOBIUZ abonentlariga (berilgan SMS tugagandan keyin)
42,10 so‘m Chiquvchi SMS-xabarlar – O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlarga (berilgan SMS tugagandan keyin)
1000 so‘mChiquvchi xalqaro SMS-xabarlar *
-
Internetning 1 MB trafigi
126,31 so‘m Internetning 1 MB trafigi (berilgan MB tugagandan keyin)
-
Foydali buyruqlar
- *100# - balans, tarif rejasi va oylik to‘lovga kiritilgan daqiqa va MB to‘plamlarining qoldig‘ini bilish
- *104# - xarid qilingan SMS-to‘plamlari qoldig‘ini bilish
- *102# - xarid qilingan Internet-to‘plamlar qoldig‘ini bilish
- *001# - tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovini yechib olishning keyingi sanasini ko‘rish uchun so‘rov yuborish
-
Shartlar
-
2023-yil 7-iyundan boshlab «Mobi 25» tarif rejasiga ulanish va o‘tishlar mavjud emas.
-
Qo‘ng‘iroqlarni narxlash daqiqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
-
Bitta ovozli qo‘ng‘iroqning eng uzoq davomiyligi 60 daqiqani tashkil qiladi.
-
Barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni narxlash 1-soniyadan boshlanadi. Qo‘ng‘iroq davomiyligi katta tarafga qarab yaxlitlanadi.
-
Internet-trafikni yaxlitlash kvanti 1 KB.
-
Abonentda bir nechta turdagi to‘plamlar mavjud bo‘lgan taqdirda trafikni sarflash tartibi quyidagicha belgilanadi: Kunlik internet-to‘plam → Tarif rejasi doirasidagi trafik → OnNet xizmati doirasidagi trafik → Oylik internet-to‘plam.
-
«Mobi 25» tarif rejasidan «Faxriy», «Mobiuz bilan birga» tarif rejalariga o‘tish narxi – 0 so‘m.
-
Tarif rejasi almashtirilganda foydalanilmagan daqiqa, megabayt va SMS xabarlari saqlanib qoladi hamda jamlanadi.
-
Balans nolga yoki manfiy qiymatga yetganda, raqam qisman bloklanadi (qisman blok holatida chiqish qo‘ng‘iroqlari, SMS va internet bloklanadi), bunda abonent «Aloqada» xizmati shartlariga muvofiq kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMSlarni qabul qila oladi.
-
Bloklangan holatda abonent to‘lovi undirilmaydi.
-
Oylik abonent to‘lovi yechilishi rejimida hisoblagichlar 1 ta kalendar oyi uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi.
-
Abonent to‘lovini yechish vaqtida balansda oylik abonent to‘lovini amalga oshirish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, biroq kunlik abonent to‘lovi uchun yetarli bo‘lsa, abonentning to‘lov va hisoblagichlari kunlik rejimga o‘tkaziladi. Abonent to‘lovining yechilish muddati 1 sutkaga suriladi.
-
Kunlik abonent to‘lovi yechilishi rejimida hisoblagichlar 1 kun uchun belgilangan daqiqa, MB va SMS hajmida taqdim etiladi.
-
Abonent to‘lovi yechilish vaqtida balansda na oylik, na kunlik abonent to‘lovini amalga oshirish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, abonent mablag‘ yetishmasligi sababli blok holatiga o‘tkaziladi va bu haqida SMS orqali xabardor qilinadi. Abonent balansini tarif bo‘yicha abonent to‘lovini (oylik yoki kunlik) amalga oshirishga yetadigan miqdorda to‘ldirguniga qadar blok holatida qoladi. Hisob to‘ldirilgach, abonent to‘lovi darhol yechiladi.
-
Avvalgi tarifdan foydalanilmay qolgan daqiqa, megabayt va SMSlar abonent o‘tgan yangi tarifdagi mos to‘plamlar bilan jamlanadi va saqlanib qoladi;
-
Jamlangan to‘plamlarning amal qilish muddati — tarifga o‘tilgan kundan boshlab 1 kalendar oyi;
-
Avvalgi tarifdan quyidagilar o‘tmaydi: cheksiz (unlim) daqiqalar, tungi internet-to‘plamlar, xizmatlar yoki resurslarga cheksiz kirish imkoniyati;
- Agar hisobni to‘ldirish paytida abonent to‘lovni har kunlik yechishda bo‘lsa, abonent to‘lovini yechishning quyidagi qoidalari amal qiladi:
- a) Abonent bloklangan holatda bo‘lib, balansini 0 so‘mdan ko‘p, ammo 35 000 so‘mdan kam (oylik abonent to‘lovidan kam) miqdorda to‘ldiradi:
- Misol 1: Abonent 15-yanvar kuni mablag‘ yetishmasligi (yoki qisman bloklanish) sababli bloklangan holatda. 15-yanvar soat 12:00 da balansini 5000 so‘mga to‘ldiradi. Raqam faollashadi, balans 4800 so‘mni tashkil etadi (200 so‘m qarzdorlik uchun ushlab qolingan). Hisob to‘ldirilgach darhol «MOBI 25» tarif rejasi bo‘yicha shu kun uchun kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Daqiqa, MB va SMSdan iborat kunlik to‘plamlar shu kunning oxirigacha faollashtiriladi.
- Oylik abonent to‘lovi rejimiga o‘tish AMALGA OSHMAYDI, chunki balansda 35 000 so‘mdan kam mablag‘ mavjud.
- b) Abonent bloklangan holatda bo‘lib, balansini 35 000 so‘m yoki undan ko‘p (oylik abonent to‘lovi miqdoriga teng yoki undan ortiq) to‘ldiradi:
- Misol 2: Abonent 10-yanvar kuni balans -200 so‘m bo‘lgani sababli bloklangan. Tarif bo‘yicha navbatdagi abonent to‘lovi 15-yanvarga belgilangan. 15-yanvar kuni soat 12:00 da abonent balansini 36 000 so‘mga to‘ldiradi. Raqam faollashadi, balans 35 800 so‘mni tashkil etadi (200 so‘m qarzdorlik uchun ushlab qolingan). Hisob to‘ldirilgach darhol tarif bo‘yicha to‘liq oylik abonent to‘lovi yechiladi. Yechilgach, abonentning balansida 800 so‘m qoladi. Tarif bo‘yicha hisoblagichlar (daqiqa, MB, SMS) 1 kalendar oyi muddatga to‘liq hajmda taqdim etiladi. Keyingi abonent to‘lovi muddati sifatida 15-fevral belgilanadi.
- c) Abonent faol bo‘lib, kunlik abonent to‘lovi rejimida va balansini 35 000 so‘m yoki undan ko‘p (oylik abonent to‘lovi miqdoriga teng yoki undan ortiq) to‘ldiradi:
- Misol 3: 15-yanvar kuni abonent faol holatda, balansida 5000 so‘m mavjud. Kunlik abonent to‘lovi 00:00 dan keyin allaqachon yechilgan. 15-yanvar soat 17:00 da abonent balansini 35 000 so‘mga to‘ldiradi. Yangi balans 40 000 so‘mni tashkil etadi. Hisob to‘ldirilgach, abonent avtomatik tarzda oylik abonent to‘lovi rejimiga o‘tkaziladi va darhol to‘lov yechiladi. Yechilgach, balans 5000 so‘mni tashkil etadi. 15-yanvar kunidagi hisoblagichlarning qoldig‘i (daqiqa, MB, SMS) tarif bo‘yicha taqdim etilgan oylik to‘plamlar — Unlim daqiqa, 25 000 MB, 2000 SMS bilan jamlanadi. Keyingi abonent to‘lovi sanasi 15-fevralga belgilanadi.
- Agar balans to‘ldirilgan vaqtda abonent oylik abonent to‘lovi rejimida bo‘lsa, quyidagi to‘lov yechish qoidalari amal qiladi:
- Abonent faol, oylik abonent to‘lovi rejimida va balansini 35 000 so‘m yoki undan ko‘p (oylik abonent to‘lovi miqdoriga teng yoki undan ortiq) to‘ldiradi:
- Misol 4: 15-yanvar kuni abonent faol holatda, balansida 5000 so‘m mavjud. Keyingi abonent to‘lovi 16-yanvarga belgilangan. 15-yanvar kuni soat 12:00 da abonent balansini 35 000 so‘mga to‘ldiradi. Yangi balans 40 000 so‘mni tashkil etadi. To‘lov rejimi oylikligicha qoladi. 16-yanvar kuni soat 00:00 dan keyin 1 oylik abonent to‘lovi yechiladi. Tarif bo‘yicha Unlim daqiqa, 25 000 MB va 2000 SMSdan iborat oylik to‘plamlar taqdim etiladi. Keyingi abonent to‘lovi sanasi sifatida 16-fevral belgilanadi.
- «Yillik abonent to‘lovi» Opsiyasi amal qilish davrida abonent yillik to‘lov holatiga o‘tadi.
- «Yillik abonent to‘lovi» opsiyasini abonent raqamini ulashda, tarmoqqa ro‘yxatdan o‘tish paytida yoki mavjud abonentning Mobiuz ofisi yoki kontakt markaziga murojaati orqali faollashtirish mumkin.
- Opsiya faollashtirilganda abonent to‘lovini yechish uchun yillik hisob davri belgilanadi. Opsiyani faollashtirish narxi 300 000 so‘mni tashkil etadi va amal qilish muddati faollashtirilgan kundan boshlab 350 kunni tashkil qiladi.
- Tarif rejasiga muvofiq hisoblagichlar har oyda abonent holatidan qat’i nazar to‘liq hajmda taqdim etiladi.
- Amaldagi abonentda balansda yetarli mablag‘ bo‘lmasa, opsiya faollashtirilmaydi.
- Opsiyani muddati tugagach, uni qayta faollashtirish mumkin.
- Agar tarif rejasi almashtirilsa yoki abonent shartnomasi 350 kunlik amal qilish muddati tugamasdan bekor qilinsa, opsiyani faollashtirish uchun to‘langan summa qaytarilmaydi va qayta hisob-kitob qilinmaydi.
- Markaziy Osiyo: Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston.
- MDH mamlakatlari: Аzarbayjon, Armaniston, Bеlarus, Gruziya, Moldova, Rossiya, Ukraina.
- Yevropa: Аvstriya, Albaniya, Andorra, Bеlgiya, Bolgariya, Bosniya va Gеrtsеgovina, Vatikan, Buyuk Britaniya, Vеngriya, Gеrmaniya, Grеtsiya, Daniya, Isroil, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Kosovo, Latviya, Litva, Lixtеnshtеyn, Lyuksеmburg, Makеdoniya, Malta, Monako, Nidеrlandiya, Norvеgiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Slovеniya, Turkiya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chеrnogoriya, Chеxiya, Shvеytsariya, Shvеtsiya, Estoniya.
- Аmеrika, Afrika: Jazoir, Angilya, Angola, Antigua va Barbuda, Argеntina, Aruba, Bеrmud, Braziliya, Burkina-Faso, Burundi, Vеnеsuela, Gabon, Gaiti, Gambiya, Gana, Gvatеmala, Gonduras, Grеnada, Guam, Kongo Dеmokratik Rеspublikasi, Dominika, Misr, Kayman orollari, Kanada, Kеniya, Kuba, Libеriya, Madagaskar, Malavi, Mali, Marokko, Mеksika, Mozambik, Namibiya, Nigеriya, Tеrks va Kaykos orollari, Panama, Paragvay, Sudan, Samoa, Sеnеgal, Sеnt Vinsеnt va Grеnadin, Sеnt Kits va Nеvis, Sеnt Lyusiya, AQSH, Sеrra-Lеonе, Tanzaniya, Trinidad va Tobago, Tunis, Chili, Urugvay, Ekvador, El-Salvador, Efiopiya, JAR, Yamayka.
- Osiyo: Afg‘oniston, Bangladеsh, Baxrеyn, Brunеy, Vyеtnam, Gonkong, Hindiston, Indonеziya, Iordaniya, Iroq, Eron, Yaman, Kambodja, Qatar, Xitoy, Liviya, Malayziya, Maldivi, Mongoliya, Nеpal, Oman, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Suriya, Tailand, Tayvan, Yaponiya, Janubiy Korеya.
-
Siz Mobiuz ofisida tarif rejasiga ulanishingiz mumkin:
Mobiuz sotuv ofislari
Boshqa tariflar
-
«Mazza 2.0» tarif rejasiga o‘tish kompaniya ofislarida amalga oshiriladi.
-
Mobiuz mobil ilovasi orqali.
“Kerakli 45” tarif rejasiga USSD-buyruq orqali “Jozibali“, “Kerakli 30“, “Gap Yo‘q Optima”, “Xotirjam 25”, “Xotirjam 40”, “Jozibali 35”, “Shunchaki 35”, “Shunchaki 45”, “GAP yo‘q”, “Gap Yo‘q Mini”, “Omad Plus”, “Mobi 20”, “Mobi 40”, “Mobi 30+”, “Mobi 25”, “Chilla Lite +”, “Mobi 16”, “Veteran”, “Maktab”, “Вместе с Mobiuz”, “O‘qituvchi 1”, “O‘qituvchi 2”, “Fidokor”, “Fidokor+”, “Talaba”, “Talaba+” tarif rejalaridan o‘tish imkoniyati mavjud.
USSD-buyruq *111*128#
Xotirjam tarif rejalariga o‘tish tartibi
Mobiuz mobil ilovasi orqali, hamda kompaniyaning ofislarida
Xotirjam tarif rejalariga o‘tish tartibi
- USSD-buyruq - *111*146#
- SMS-yordamchi – 616146 raqamiga 1