Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Barcha uchun ovozli pochta

Ushbu xizmat chaqirilayotgan abonentga quyidagi holatlarda ovozli xabar qoldirish imkoniyatini taqdim qiladi:

  • chaqirilayotgan abonent javob bermasa

  • chaqirilayotgan abonentning telefoni o‘chirilgan bo‘lsa

  • chaqirilayotgan abonentning telefoni xizmat doirasidan tashqarida bo‘lsa

  • chaqirilayotgan abonentning telefoni band bo‘lsa

  • chaqirilayotgan abonent chaqiriqni rad qilsa

Abonentga ovozli pochta xabari kelgani haqida bepul SMS yordamida xabar qilinadi.

Ovozli pochtadagi xabarni 6757 qisqa raqami bo‘yicha tinglash mumkin.          

03.02.2026y. dan boshlab xizmat yangi ulanishlar uchun mavjud emas.

Xizmatning narxi

  • Abonent to‘lovi – 0 so‘m

  • 6757 raqami bo‘yicha kelib tushgan ovozli xabarni tinglashning narxi- 0 so‘m  

  • Shaxsiy salomlashishni yozib olishning narxi- 0 so‘m

  • «Barcha uchun ovozli pochta» xizmatini o‘chirish – 0 so‘m

  • Bitta ovozli xabarni (60 soniyadan ko‘p bo‘lmagan) yozib olishning narxi – 300 so‘mni (QQS bilan) tashkil qiladi va ovozli xabarni qoldirayotgan, abonentning hisobidan yechib olinadi.

  • Qo‘ng’iroq qiluvchi abonent uchun chiquvchi qo‘ng’iroqning avtomatik javob beruvchining signalidan keyingi narxi, chiquvchi qo‘ng’iroqlarga o‘rnatilgan tariflar bo‘yicha narxlanadi yoki abonentda mavjud bo‘lgan daqiqalar to‘plamidan sarflanadi.

Xizmatni boshqarish

  • Abonentda ushbu xizmatni mustaqil ravishda o‘chirish imkoniyati mavjud.

  • Xizmatni o‘chirish uchun *111*0300# raqamiga USSD- so‘rov yuborish kerak

  • Xizmatning holatini tekshirish uchun *111*030# USSD- raqamiga USSD- so‘rov yuborish kerak

Xizmatdan foydalanish imkoniyati

  • Xizmat 03.02.2026y. dan boshlab yangi ulanishlar uchun, shuningdek mavjud abonentlarga qo‘shish uchun ham mavjud emas.
  • Yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalariga ulangan abonentlarda ovozli pochtaga xabarlarni olish imkoniyati mavjud emas.

  • Yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalariga ulangan abonentlar, «Barcha uchun ovozli pochta» xizmati ulangan abonentlarga ovozli pochta xabarini qoldirishlari mumkin. Xabar ushbu xizmatga o‘rnatilgan tarifga muvofiq narxlanadi.

  • «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» xizmati ulanganda, «Barcha uchun ovozli pochta» xizmati avtomatik ravishda o‘chadi.

  • «Sizga qo‘ng’iroq qilishdi» xizmati ulangan abonentlar, «Barcha uchun ovozli pochta» xizmati ulangan abonentlarga ovozli pochta xabarini qoldirishlari mumkin. Xabar ushbu xizmatga o‘rnatilgan tarifga muvofiq narxlanadi.

Izohlar

  • Bitta ovozli xabarni yozib olishning maksimal davomiyligi – 60 soniya.

  • Saqlab qo‘yiladigan ovozli xabarlarning eng ko‘p soni – 10 ta. 11 ta yoki undan ko‘proq xabarlar kelib tushganda, ular 1-xabardan boshlab o‘chiriladi.

  • Barcha xabarlarning eng uzoq saqlanadigan muddati – 72 soat.

  • Ovozli xabarni yozib olish va narxlash avtomatik javob beruvchining signalidan keyin boshlanadi.

  • Xabarni yozib olishning qiymati qo‘ng’iroq qilayotgan abonentning hisobida yetarli mablag’ bo‘lmaganda ham yechib olinadi.

  • Abonent tomonidan sozlangan, chaqiriqni boshqa manzilga yo‘llash xizmatining ustuvorligi «Barcha uchun ovozli pochta» xizmatidan yuqoriroq.

  • Xizmatdan faqat «UMS» MChJ tarmog’i ichida foydalanish mumkin.

  • Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.

  • Xizmat «Telecom Lab» MChJ kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi.

Ro‘yxatga qaytish