|
Toifa |
10 oy davomida “Alohida toifadagi raqamlarga muddatli to‘lov” xizmati bilan ulash narxi (1 oyga) |
“Alohida toifadagi raqamlarga muddatli to‘lov” xizmati bilan raqamning 10 oy uchun umumiy qiymati |
|---|---|---|
|
Silver |
92 400 so‘m | 924 000 so‘m |
|
Gold |
220 000 so‘m |
2 200 000 so‘m |
|
Super gold |
550 000 so‘m |
5 500 000 so‘m |
|
Platinum Light |
1 100 000 so‘m |
11 000 000 so‘m |
|
Platinum |
2 750 000 so‘m |
27 500 000 so‘m |
|
Platinum Plus |
4 400 000 so‘m |
44 000 000 so‘m |
|
Super platinum |
5 500 000 so‘m |
55 000 000 so‘m |
|
Super platinum+ |
11 000 000 so‘m |
110 000 000 so‘m |
«Alohida toifadagi raqamga 2 yillik muddatli to‘lov» xizmati uchun narxlar:
|
Toifa |
Alohida toifadagi raqamni «Alohida toifadagi raqamlarga muddatli to‘lov» xizmati bilan 2 yil (24 oy) davomida ulash narxi |
Alohida toifadagi raqamni «Alohida toifadagi raqamlarga muddatli to‘lov» xizmati bilan ulashning 2 yil (24 oy) uchun umumiy qiymati |
|---|---|---|
|
Silver |
43 000 so‘m |
1 032 000 so‘m |
|
Gold |
104 000 so‘m |
2 496 000 so‘m |
|
Super gold |
260 000 so‘m |
6 240 000 so‘m |
|
Platinum Light |
520 000 so‘m |
12 480 000 so‘m |
|
Platinum |
1 300 000 so‘m |
31 200 000 so‘m |
|
Platinum Plus |
2 050 000 so‘m |
49 200 000 so‘m |
|
Super platinum |
2 600 000 so‘m |
62 400 000 so‘m |
|
Super platinum+ |
5 200 000 so‘m |
124 800 000 so‘m |
Shartlar:
- «Alohida toifadagi raqamlarga muddatli to‘lov» va «Alohida toifadagi raqamga 2 yillik muddatli to‘lov» xizmatlaridan Mobiuz ofislari va tijoriy dilerlarning ofislarida foydalanish imkoniyati mavjud.
- Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.
- Raqam amaldagi «Alohida toifadagi raqamlar» niqoblar jadvaliga muvofiq, tasdiqlangan toifa va niqobdan kelib chiqqan holda tanlanadi.
- Xizmatga jismoniy va yuridik shaxslar ulanishlari mumkin.
- Xizmatni barcha tarif rejalariga ulash imkoniyati mavjud.
- Tarif rejasi har qanday boshqa tarifga o‘zgartirilganda “Alohida toifadagi raqamlarga muddatli to‘lov” xizmati saqlanib qoladi (ushbu xizmat uchun keyinchalik hisoblanishlar bilan).
- Raqamni ulash narxi xizmatni ulash paytida belgilanadi va chegirmalar joriy etilishi va alohida toifadagi raqam narxining o‘zgarishidan qat’iy nazar, xizmat amal qiladigan butun muddat davomida o‘zgarmaydi.
- «Alohida toifadagi raqamlarga muddatli to‘lov», «Alohida toifadagi raqamga 2 yillik muddatli to‘lov» xizmatlari faol bo‘lgan abonent raqamining egasini o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas.
Raqamni «Alohida toifadagi raqamlarga muddatli to‘lov», «Alohida toifadagi raqamga 2 yillik muddatli to‘lov» xizmatlari bilan ulagan abonent, xizmatning bo‘lib to‘lashning barcha to‘lanmagan oylari uchun qiymatini muddatidan oldin qoplagandan keyin, uni boshqa abonent nomiga o‘tkazishi mumkin.
- «Alohida toifadagi raqamlarga muddatli to‘lov»/«Alohida toifadagi raqamga 2 yillik muddatli to‘lov» xizmati bilan raqamni ulashning birinchi oy uchun to‘lovi ulanish paytida (ulanish sanasidan qat’iy nazar) to‘liqligicha to‘lanadi. Xizmatning birinchi oyi uchun haqni yechib olish, abonentning yechib olish paytidagi har qanday ijobiy balansida amalga oshiriladi (balansdagi mablag‘ miqdori xizmat qiymatidan kam bo‘lsa, abonent balansi manfiy qiymatni tashkil qiladi).
- Raqamni «Alohida toifadagi raqamlarga muddatli to‘lov» xizmati bilan ulashning kelgusi 9 oy uchun haqi oyning har birinchi sanasida hisoblanadi (10 oylik bo‘lib to‘lashda); Xizmat uchun yechib olish bloklangan holatda amalga oshirilmaydi.
- Raqamni «Alohida toifadagi raqamga 2 yillik muddatli to‘lov» xizmati bilan ulashning kelgusi 23 oy uchun haqi oyning har birinchi sanasida hisoblanadi; Xizmat uchun yechib olish bloklangan holatda amalga oshirilmaydi.
- Raqam bloklanmagan bo‘lsa, lekin balansdagi mablag‘ «Alohida toifadagi raqamlarga muddatli to‘lov» yoki «Alohida toifadagi raqamga 2 yillik muddatli to‘lov» xizmatlarining qiymatidan kam bo‘lsa, xizmat uchun yechib olish amalga oshiriladi va abonent balansi manfiy bo‘ladi.
- Har qanday bloklashda bo‘lgan abonent raqamiga «Alohida toifadagi raqamlarga muddatli to‘lov» yoki «Alohida toifadagi raqamga 2 yillik muddatli to‘lov» xizmati uchun ulash qiymati hisoblanmaydi.
- Abonent bir kalendar oyidan ortiq muddat davomida bloklangan bo‘lsa, «Alohida toifadagi raqamlarga muddatli to‘lov»/«Alohida toifadagi raqamga 2 yillik muddatli to‘lov» xizmatining amal qilish muddati, bloklashda bo‘lgan kalendar oylariga mutanosib ravishda uzaytiriladi.
Misol: Abonent iyulda «Alohida toifadagi raqamlarga muddatli to‘lov» xizmati bilan alohida toifadagi raqamga ulandi. «Alohida toifadagi raqamlarga muddatli to‘lov» xizmatini o‘chirib tashlash muddati 10 oy, ya’ni xizmat keyingi yilning aprel oyida o‘chirilishi kerak. Abonent balansida iyul, avgust va sentabrda barcha hisoblanishlarni qoplash uchun yetarli mablag‘ bo‘lgan. Biroq 30-sentabrda u balansda mablag‘ yetishmasligi sababli bloklangan va butun oktabr davomida blokda bo‘lib, balansni faqat 1-noyabrda to‘ldirgan. Bunday vaziyatda «Alohida toifadagi raqamlarga muddatli to‘lov» xizmatini o‘chirish muddati, bloklangan holatda bo‘lgan kalendar oylarining soniga mutanosib ravishda uzaytiriladi va xizmatni o‘chirib tashlash muddati mayga ko‘chiriladi.
- Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma (jismoniy shaxslar uchun – Ommaviy oferta), abonent tomonidan raqamning umumiy qiymati qoplangunga qadar bekor qilinganda – raqam operator ixtiyoriga o‘tadi, «Alohida toifadagi raqamlarga muddatli to‘lov»/«Alohida toifadagi raqamga 2 yillik muddatli to‘lov» xizmati uchun to‘langan pul mablag‘lari qaytarilmaydi.
«Muddatli to‘lovni muddatidan oldin to‘liq qoplash» xizmati
- «Alohida toifadagi raqamlarga muddatli to‘lov»/«Alohida toifadagi raqamga 2 yillik muddatli to‘lov» xizmatini ulagan abonent, xizmatning barcha to‘lanmagan oylari uchun haqni muddatidan oldin qoplashi mumkin.
-Xizmatdan foydalanish uchun abonent, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Mobiuz shaxsiy ofisiga murojaat qilishi va tegishli arizani yozib, haqini qismlarga bo‘lib to‘lashning barcha to‘lanmagan oylari uchun haqini to‘liq hajmda qoplashi kerak.
- Abonent haqini qismlarga bo‘lib to‘lashning haqini to‘liq qoplamagan holatda - xizmat taqdim etilmaydi.
- Xizmat «Alohida toifadagi raqamlarga muddatli to‘lov»/«Alohida toifadagi raqamga 2 yillik muddatli to‘lov» xizmatining birinchi oyi (ulangan oy) uchun haq muvaffaqiyatli yechib olingandan keyin taqdim qilinadi. Agar bunday haqni yechib olish amalga oshirilmasa, «Muddatli to‘lovni muddatidan oldin to‘liq qoplash» xizmati taqdim etilmaydi.
- Abonentda «Alohida toifadagi raqamlarga muddatli to‘lov» 10 oyga xizmati ulangan bo‘lsa, «Muddatli to‘lovni muddatidan oldin to‘liq qoplash» xizmati haqini bo‘lib to‘lashning 10 oylik qiymatidan kelib chiqqan holda taqdim etiladi;
- Abonentda «Alohida toifadagi raqamga 2 yillik muddatli to‘lov» xizmati ulangan bo‘lsa, «Muddatli to‘lovni muddatidan oldin to‘liq qoplash» xizmati haqini bo‘lib to‘lashning 2 yillik qiymatidan kelib chiqqan holda taqdim etiladi;
- «Muddatli to‘lovni muddatidan oldin to‘liq qoplash» xizmati doirasida, aynan bo‘lib to‘lashning barcha to‘lanmagan oylarining qolgan davrini qoplash imkoniyati mavjud. To‘lanmagan davr uchun qisman qoplashni amalga oshirish imkoniyati – mavjud emas.
Masalan, abonentdagi bo‘lib to‘lashning butun to‘lanmagan davri – 8 oy. «Muddatli to‘lovni muddatidan oldin to‘liq qoplash» xizmati orqali aynan shu muddat uchun to‘lov amalga oshiriladi. To‘lanmagan davrni qisman qoplash (7, 6, 5 yoki h.k. oylar uchun) imkoniyati – mavjud emas.