Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Mobi 70

70 000/3500 so‘m
Abonent to'lovi oyiga/kuniga
UNLIM
Mobiuz tarmog'i ichidagi qo‘ng‘iroqlarga
5 000/167 daqiqa
O’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlarga, shahar raqamlariga oyiga/kuniga
20 000/667 MB
Mobil internet oyiga/kuniga
3 500/117 SMS
oyiga/kuniga

Tarif haqida batafsil

  • O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar (1 daqiqasi narxi)

    50 so‘mO’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga (oyiga 5 000 daqiqa/kuniga 167 daqiqa tugagandan keyin)

    50 so‘mShahar raqamlariga (oyiga 5 000 daqiqa/kuniga 167 daqiqa tugagandan keyin)

  • O‘zbekiston bo‘yicha SMS (1 xabar narxi)

    0 so‘m Kiruvchi SMS-xabar

    84,2 so‘mChiquvchi SMS-xabarlar – Mobiuz abonentlariga (oyiga 3 500 SMS/kuniga 117 SMS tugagandan keyin)

    84,2 so‘mChiquvchi SMS-xabarlar – O’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlarga (oyiga 3 500 SMS/kuniga 117 SMS tugagandan keyin)

    1000 so‘mChiquvchi xalqaro SMS-xabarlar

  • Internet (1 MB trafik narxi)

    421,04 so‘m Internetning 1 MB trafigi (oyiga 20 000 MB/kuniga 667 MB tugagandan keyin)

  • Foydali buyruqlar

    • *100# - balans, tarif rejasi  va oylik to‘lovga kiritilgan daqiqa va MB to‘plamlarining  qoldig‘ini bilish*

    • *104# - xarid qilingan SMS-to‘plamlari qoldig‘ini bilish

    • *102# - xarid qilingan Internet-to‘plamlar qoldig‘ini bilish*
      *qoldiqni faqat internet-sessiya faol bo'lmagan holatda tekshirish kerak

    «Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq»

    Siz tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovini har kunlik yechib olishga o‘tishni mustaqil ravishda o‘chirishingiz/ulashingiz mumkin. 

     Boshqarish usullari: 

     *111*000*1# - taqiqni yoqish 

     *111*000*0# - taqiqni o‘chirish 

     *111*000# - holatni tekshirish

     Xizmatning narxi – 0 so‘m. 

    Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiqni faol va bloklangan holatda va birinchi abonent to‘lovi (raqamni ulagandan keyin) muvaffaqiyatli yechib olingandan keyin ulash/o‘chirish mumkin. 

     Izohlar: 

    • «Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq» xizmati yoqilgan holatda, abonent to‘lovini yechib olish paytida hisobingizda to‘liq oy uchun abonent to‘lovidan kamroq mablag‘ bo‘lsa, raqam bloklanadi. Blokdan chiqish uchun hisobingizni to‘liq oy uchun abonent to‘lovining qiymatigacha to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi;
    • «Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq» o‘chirilgandan keyin, abonent to‘lovini yechib olish paytida hisobingizda to‘liq oy uchun abonent to‘lovidan kamroq, lekin 1 kun uchun abonent to‘lovidan ko‘proq mablag‘ bo‘lsa, abonent to‘lovini har kunlik yechib olish qo‘llaniladi va kunlik megabayt, daqiqa va SMS hajmlari taqdim etiladi;
    • Abonent to‘lovi uchun hisobida yetarli mablag‘ bo‘lmaganligi sababli blokda bo‘lgan holda, «Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq» xizmatini o‘chirsangiz va bunda hisobingizda 1 kunlik abonent to‘lovidan ko‘proq mablag‘ bo‘lsa, raqam hisob 0 so‘mdan ko‘proq bo‘lgan har qanday qiymat bilan to‘ldirilganda,avtomatik ravishda blokdan chiqadi;
    • Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq xizmati yoqilgan paytda tarif rejasi o‘zgartirilganda – o‘tishga taqiq saqlanib qoladi;
    • Agar siz allaqachon oylik abonent to‘lovi yechib borilayotgan holatda (raqamingiz bloklangan yoki yo‘qligidan qat’i nazar) “Kunlik abonent to‘loviga o‘tishni taqiqlash” xizmatini ulasangiz, unda to‘lov oylik hajmda yechishda davom etadi;
    • Agar sizda kunlik abonent to‘lovi yechib borilayotgan bo‘lsa (raqam faol bo‘lsa) va siz “Kunlik abonent to‘loviga o‘tishni taqiqlash” xizmatini ulasangiz, raqamingiz darhol bir oylik to‘lov uchun mablag‘ yetishmasligi sababli bloklanadi. Uni qayta faollashtirish uchun balansni to‘liq oylik abonent to‘lovi miqdorida to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi. Balans to‘ldirilgach, raqam faollashadi, abonent to‘lovi butun oy uchun yechiladi va keyinchalik ham har oyda bir marta yechib boriladi;
    • Agar sizda kunlik abonent to‘lovi yechib borilayotgan bo‘lsa (va raqamingiz bloklangan bo‘lsa), Kunlik abonent to‘loviga o‘tishni taqiqlash” xizmatini ulaganingizdan so‘ng, raqamni faollashtirish uchun balansingizni to‘liq oylik abonent to‘lovi miqdorida to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi. Balans to‘ldirilgach, raqam faollashadi, abonent to‘lovi butun oy uchun yechiladi va bundan keyin har oyda bir marta yechib boriladi.

  • Shartlar

    • 07.06.2023y. dan «Mobi 70» tarif rejasiga ulanish va o‘tish imkoniyati – mavjud emas.
    • Qo‘ng‘iroqlarni narxlash daqiqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
    • Bitta ovozli qo‘ng‘iroqning eng uzoq davomiyligi 60 daqiqani tashkil qiladi
    • Barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni narxlash 1-soniyadan boshlanadi. Qo‘ng‘iroq davomiyligi katta tarafga qarab yaxlitlanadi
    • Internet-trafikni yaxlitlash kvanti 1 KB.
    • TR abonent to‘loviga kiritilgan daqiqa, MB va SMS to‘plamlari 1 kalendar oy muddatga taqdim etiladi. Yangi to‘plam har oyning 1-sanasida amalga oshiriladi.  
    • Tarif rejasi o‘zgartirilganda foydalanilmagan daqiqa, SMS va megabaytlar keyingi davrga o‘tkaziladi va qo‘shiladi.
    • Balans nolga teng yoki manfiy bo‘lib qolganda,raqam qisman blokirovka qilinadi (qisman blokirovkada chiquvchi daqiqalar, SMS va internet bloklanadi) va abonent «Aloqadaman» xizmatining shartlariga muvofiq kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS larni qabul qilishi mumkin bo‘ladi. 
    • Tarif rejasiga kiritilgan 5000 daqiqa O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
    • Avvalgi tarifdan foydalanilmay qolgan daqiqa, megabayt va SMSlar abonent o‘tgan yangi tarifdagi mos to‘plamlar bilan jamlanadi va saqlanib qoladi;
    • Jamlangan to‘plamlarning amal qilish muddati — tarifga o‘tilgan kundan boshlab 1 kalendar oyi;
    • Avvalgi tarifdan quyidagilar o‘tmaydi: cheksiz (unlim) daqiqalar, tungi internet-to‘plamlar, xizmatlar yoki resurslarga cheksiz kirish imkoniyati;
    • “Mobi 70” tarifida “Gap ko‘p” xizmati ishlamaydi.
    • “Mobi 70” tarifida Konferens-aloqa xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud.
    • «Mobi 70» tarif rejasidan Faxriy va MOBIUZ bilan birga tarif rejalariga o‘tish narxi – 0 so‘m;
    • Amaldagi va 11.01.2023y. gacha ulangan abonentlar uchun:

      Agar Mobi 70 TR amaldagi va ulangan abonentlarida 11.01.2023y. gacha yanvar uchun abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olingan bo‘lsa, abonent to‘lovini eng yaqin yechib olinishi va Mobiuz tarmog‘i ichida Unlim daqiqalar va boshqa tarmoqlarga daqiqalar to‘plamlari MB va SMS hisoblanishining muddati 01.02.2023y. bo‘ladi.

      Agar 01.02.2023y. da oylik to‘liq abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonent hisobida mavjud mablag‘lardan har kunlik abonent to‘lovini yechib olish yoqiladi, boshqa tarmoqlarga daqiqalar to‘plamlari, MB va SMS ham 1 kunlik hajmda beriladi. Abonent to‘lovini yechib olish sanasi 1 kunga suriladi.

      Abonent to‘lovini oylik yechib olishga o‘tish, abonent hisobida abonent to‘lovining to‘liq miqdorini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lganda amalga oshiriladi. Boshqa tarmoqlarga daqiqalar to‘plamlari, MB, SMS to‘liq oy uchun hajmda hisoblanadi. Abonent to‘lovini yechib olish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.

      1 kun uchun abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, abonent mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokga tushadi va hisobni oylik yoki kunlik abonent to‘loviga teng miqdordagi mablag‘ bilan to‘ldirmaguncha blokda qoladi. Hisob oylik yoki kunlik abonent to‘lovining miqdoriga teng mablag‘ bilan to‘ldirilgandan keyin, mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha bloklash yechiladi. Abonent to‘lovini yechib olish va boshqa tarmoqlarga daqiqalar to‘plamlari, MB, SMS hisoblash, hisob to‘ldirilgandan keyin, darhol amalga oshiriladi (to‘ldirish mablag‘idan kelib chiqqan holdagi hajmlarda: to‘liq oyga yoki bir kunga). 

      - Agar Mobi 70 TR amaldagi va ulangan abonentlarida 11.01.2023y. gacha yanvar uchun abonent to‘lovi yechib olinmagan bo‘lsa, raqam qisman bloklashda bo‘ladi. Bloklashdan chiqish uchun abonent balansni 70 000 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirishi kerak.

      To‘liq oy uchun abonent to‘lovini yechib olish va Mobiuz tarmog‘i ichida Unlim daqiqalar, boshqa tarmoqlarga daqiqalar to‘plamlari, MB, SMS hisoblash, balans yetarli mablag‘ bilan to‘ldirilganda amalga oshiriladi. Keyingi yechib olish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi. 

      Agar hisobni to‘ldirish paytida abonent to‘lovni har kunlik yechishda bo‘lsa, abonent to‘lovini yechishning quyidagi qoidalari amal qiladi:

      a) Abonent bloklangan va balansni 0 so‘mdan ko‘proq va 70 000  so‘mdan kamroq bo‘lgan mablag‘ bilan to‘ldiradi (oylik abonent to‘lovining to‘liq miqdoridan kamroq):

      1-misol: Abonent 15-yanvarda -200 so‘m balans bilan bloklangan (mablag‘ yetishmaganligi sababli yoki qisman bloklash) holatda. 15-yanvar  soat 12:00 da balansni 10000 so‘mga to‘ldiradi. Raqam faollashadi, balans 9 800 so‘mni (-200 so‘m qarzdorlikni qoplashga) tashkil qiladi. Hisob  to‘ldirilishi bilan, «Mobi 70» tarif rejasi uchun joriy kunga kunlik abonent to‘lovini yechish darhol amalga oshiriladi. Joriy kun oxirigacha kunlik MB, SMS va daqiqalar to‘plamlaridan foydalanish mumkin. Hisobda 70 000 so‘mdan kam mablag‘ bo‘lganligi sababli, abonent to‘lovini oylik yechib olishga o‘tish AMALGA OSHIRILMAYDI.     

      b) Abonent bloklangan va balansni 70 000 so‘mgacha yoki ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirdi (oylik abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq):  

      2-misol: Abonent 10-yanvarda -200 so‘m balans bilan blokga tushgan. Tarif bo‘yicha abonent to‘lovini yechish 15-yanvarga belgilangan. 15-yanvar soat 12:00 da balansni 75 000 so‘mga to‘ldiradi. Raqam faollashadi, balans 74 800 so‘mni (-200 so‘m qarzdorlikni qoplashga) tashkil qiladi. Hisob to‘ldirilgandan keyin tarif rejasi uchun oylik abonent to‘lovi to‘liqligicha yechib olinadi. Mablag‘lar yechib olingandan keyin abonent balansi 4800 so‘mni tashkil qiladi. Mablag‘lar yechib olinganda tarif bo‘yicha to‘plamlar to‘liq hajmda, 1 kalendar oyiga beriladi. Keyingi yechib olish sanasi 15-fevral deb belgilanadi.

      c) Abonent faol holatda,abonent to‘lovini har kunlik yechishda va balansni  70 000 so‘mgacha yoki ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirdi (oylik abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq):

      3-misol: Abonent 15-yanvarda 5000 so‘m balans bilan faol holatda. Tarif uchun kunlik abonent to‘lovi 0:00 dan keyin yechib olingan. Abonent 15-yanvar soat 17:00 da balansni 75 000 so‘mga to‘ldiradi. Balans jami 80 000 so‘mni tashkil qiladi. Hisob to‘ldirilgandan keyin abonent to‘lovini har oylik yechib olishga o‘tiladi va abonent to‘lovi darhol yechib olinadi. Mablag‘lar yechib olingandan keyin balans 10000 so‘mni tashkil qiladi. To‘plamlarning 15-yanvar uchun qoldiqlari oylik tarmoq ichidagi UNLIM daqiqalar, boshqa tarmoqlarga 5000 daqiqa, 20 000 MB, 3500 SMS bilan qo‘shiladi. Abonent to‘lovini keyingi yechib olish sanasi 15-fevral deb belgilanadi. 

      • Agar hisobni to‘ldirish paytida abonent to‘lovini har oylik yechib olishda bo‘lsa, abonent to‘lovini yechishning quyidagi qoidalari amal qiladi:

      a) Abonent faol holatda,abonent to‘lovini har oylik yechishda va balansni 70 000 so‘mgacha yoki ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirdi (oylik abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq): 

      4-misol: Abonent 15-yanvarda 5000 so‘m balans bilan faol holatda. Tarif bo‘yicha abonent to‘lovini keyingi yechish 16-yanvarga belgilangan. 15-yanvar soat 12:00 da balansni 70 000 so‘mga to‘ldiradi. Balans jami 75 000 so‘mni tashkil qiladi. Yechib olish har oylik bo‘lib qoladi. 16-yanvar  00:00 dan keyin 1 abonent to‘lovi - butun oy uchun yechib olinadi. Oylik (tarmoq ichidagi UNLIM daqiqalar, boshqa tarmoqlarga 5000 daqiqa, 20 000 MB, 3500 SMS) to‘plamlardan foydalanish mumkin. Keyingi safar abonent to‘lovini yechish 16-fevralda amalga oshiriladi. 
      Bu holatda avvalgi tarif to‘plamlarining qoldiqlari bilan qo‘shish AMALGA OSHIRILMAYDI.


    • Markaziy Osiyo: Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston.
    • MDH mamlakatlari: Аzarbayjon, Armaniston, Bеlarus, Gruziya, Moldova, Rossiya, Ukraina.
    • Yevropa: Аvstriya, Albaniya, Andorra, Bеlgiya, Bolgariya, Bosniya va Gеrtsеgovina, Vatikan, Buyuk Britaniya, Vеngriya, Gеrmaniya, Grеtsiya, Daniya, Isroil, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Kosovo, Latviya, Litva, Lixtеnshtеyn, Lyuksеmburg, Makеdoniya, Malta, Monako, Nidеrland, Norvеgiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Slovеniya, Turkiya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chеrnogoriya, Chеxiya, Shvеytsariya, Shvеtsiya, Estoniya.
    • Аmеrika, Afrika: Jazoir, Angilya, Angola, Antigua va Barbuda, Argеntina, Aruba, Bеrmud, Braziliya, Burkina-Faso, Burundi, Vеnеsuela, Gabon, Gaiti, Gambiya, Gana, Gvatеmala, Gonduras, Grеnada, Guam, Kongo Dеmokratik Rеspublikasi, Dominika, Misr, Kaymanov orollari, Kanada, Kеniya, Kuba, Libеriya, Madagaskar, Malavi, Mali, Marokko, Mеksika, Mozambik, Namibiya, Nigеriya, Tеrks va Kaykos orollari, Panama, Paragvay, Sudan, Samoa, Sеnеgal, Sеnt Vinsеnt va Grеnadin, Sеnt Kits va Nеvis, Sеnt Lyusiya, AQSH, Sеrra-Lеonе, Tanzaniya, Trinidad va Tobago, Tunis, Chili, Urugvay, Ekvador, El-Salvador, Efiopiya, JAR, Yamayka.
    • Osiyo: Afg‘oniston, Bangladеsh, Baxrеyn, Brunеy, Vyеtnam, Gonkong, Hindiston, Indonеziya, Iordaniya, Iroq, Eron, Yaman, Kambodja, Qatar, Xitoy, Liviya, Malayziya, Maldivi, Mongoliya, Nеpal, Oman, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Suriya, Tailand, Tayvan, Yaponiya, Janubiy Korеya.

    Xalqaro aloqa uchun tariflar.


Barcha tariflar

Boshqa tariflar