Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mazza 60

Mazza 60

60 000 so‘m
Abonent to‘lovi oyiga
Tanlash
100 GB + Tungi UNLIM
oyiga (100 GB + tungi UNLIM 00:00 dan 08:00gacha) kiritilgan mobil internet
MobiMusic
Xizmatga bepul obuna
UNLIM daqiqa
O‘zbekiston bo‘ylab oyiga
3000 SMS
oyiga

Tarif haqida batafsil

  • O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar (1 daqiqasi narxi)

    0 so‘mO‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari tarmog‘ida

    0 so‘mShahar raqamlariga

  • O‘zbekiston bo‘yicha SMS (1 xabar narxi)

    0 so‘mKiruvchi SMS-xabar

    50 so‘mMOBIUZ tarmog‘i ichidagi abonentlarga chiquvchi SMS-xabarlar (3000 SMS to‘plam tugaganidan so‘ng)

    50 so‘mO‘zbekistondagi boshqa operatorlarning mobil tarmoqlariga chiquvchi SMS xabarlar (3000 SMS to‘plam tugaganidan so‘ng)

    1000 so‘mXalqaro chiquvchi SMS-xabarlar

  • Internet (1 MB trafik narxi)

    100 so‘mOyiga limitdan ortiqcha 1 MB internet-trafik (100 Gb tungi 08:00 dan 00:00 gacha).

  • «Mazza 60» TR ga o‘tish
    • Kompaniya ofislarida mavjud;
    • Mobiuz mobil ilovasi orqali;
    • USSD *111*134#.
  • Foydali buyruqlar
    • *100# - balans, tarif rejasi va oylik to‘lovga kiritilgan daqiqa va MB to‘plamlarining qoldig‘ini bilish;
    • *104# - xarid qilingan SMS-to‘plamlari qoldig‘ini bilish;
    • *102# - xarid qilingan Internet-to‘plamlar qoldig‘ini bilish;
    • *111*134# - «Mazza 60» TRga o‘tish.
  • Shartlar
    • Internet-trafikni yaxlitlash kvanti - 1 KB;
    • Tarif rejasiga yangi ulanishda abonent to‘lovi hisob to‘ldirilgandan so‘ng darhol to‘liq miqdorda yechib olinadi;
    • Abonent to‘lovi har oy birinchi faollashtirilgan sanada, balans to‘liq yechib olish uchun yetarli bo‘lsa, yechiladi;
    • Agar abonent to‘lovi yechish vaqtida hisobda yetarli mablag‘ bo‘lmasa, raqam mablag‘ yetishmovchiligi sababli bloklanadi va hisob oylik abonent to‘lovi miqdoriga teng summaga to‘ldirilmaguncha blok holatida qoladi. Hisobingiz bir oylik abonent to‘lovi miqdorida to‘ldirilgandan so‘ng, mablag‘ yetishmasligi tufayli qo‘yilgan blokirovka olib tashlanadi. Abonent to‘lovi hisobni to‘ldirgandan so‘ng darhol yechib olinadi;  
    • Nol yoki manfiy balansga yetganda, raqam mablag‘ yetishmovchiligi sababli blok holatiga tushadi. Ushbu holatda abonent "Aloqada" xizmati shartlariga muvofiq, kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMSʼlarni qabul qilishi mumkin;
    • Blok holatida abonent to‘lovi yechilmaydi;
    • Abonent to‘loviga kiritilgan daqiqa, GB va SMS to‘plamlari 1 kalendar oylik muddatga to‘liq taqdim etiladi;
    • Ushbu tarif rejasiga yangi ulanishda abonent to‘lovi darhol yechiladi, abonent to‘loviga kiritilgan daqiqa, GB va SMS to‘plamlari to‘liq hajmda taqdim etiladi;
    • «Mazza 60» tarif rejasidan Veteran, Mobiuz bilan birga tarif rejalariga o‘tish narxi - 0 so‘m;
    • Abonent to‘lovi yuqori bo‘lgan tarif rejalaridan «Mazza 60» tarif rejasiga o‘tish narxi – 50 000 so‘m;
    • Abonent to‘lovi pastroq bo‘lgan tarif rejalaridan «Mazza 60» tarif rejasiga o‘tish narxi – 0 so‘m;
    • «Mazza 60» tarif rejasidan abonent to‘lovi past bo‘lgan tarif rejalariga o‘tish narxi - 15 000 so‘m;
    • «Mazza 60» tarif rejasidan abonent to‘lovi yuqori bo‘lgan tarif rejalariga o‘tish narxi - 0 so‘m;
    • «Mazza 60» tarif rejasida "Gap Ko‘p" xizmati mavjud emas.

    “MobiMusic” servisidan foydalanish shartlari.

    “Mazza 60” tarif rejasiga ulanganda “MobiMusic” servisidan bepul foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. 

    Buning uchun “Mazza 60” tarif rejasiga ulanganingizdan so‘ng “MobiMusic” ilovasida avtorizatsiyadan o‘tishingiz lozim. 

    “Mazza 60” tarif rejasi doirasida “MobiMusic” servisi faqat tarif rejasining oylik abonent to‘lovi to‘langan holatda mavjud bo‘ladi. Abonent to‘lovi to‘lanmagan yoki abonent bloklangan holatda bo‘lsa, “MobiMusic” servisi taqdim etilmaydi.  

    Avval ulangan “MobiMusic” servisi obunasi “Mazza 60” tarif rejasiga o‘tilganida avtomatik tarzda o‘chiriladi.
    “MobiMusic” servisi uchun cheksiz trafik faqat rasmiy ilovalardan foydalanilganda va belgilangan IP manzillar doirasida sarflanadi. Agar IP manzillar servis egasi tomonidan o‘zgartirilsa yoki “MobiMusic” doirasiga kirmaydigan trafikdan foydalanilsa, trafik sizning tarif rejangizga muvofiq asosiy internet-to‘plam yoki balansdan sarflanadi. Shuningdek, MobiMusic uchun ajratilgan cheksiz trafik proksi-server (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalarda sarflanmaydi.

    Abonent “MobiMusic” ilovasida avtorizatsiyadan o‘tgan yoki o‘tmaganidan qat’i nazar, “Mazza 60” tarif rejasi doirasida “MobiMusic 1 kun” va “MobiMusic oy” xizmatlari mavjud bo‘lmaydi. 

    Xalqaro qo‘ng‘iroqlar

    • Markaziy Osiyo hududiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar kiradi: Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston;
    • MDH hududiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar kiradi: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Rossiya, Ukraina;
    • Yevropa hududiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar kiradi: Avstriya, Albaniya, Andorra, Belgiya, Bolgariya, Bosniya va Gertsegovina, Vatikan, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Isroil, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Kosovo, Latviya, Litva, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Makedoniya, Malta, Monako, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Turkiya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chernogoriya, Chexiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Estoniya;
    • Amerika va Afrika hududiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar kiradi: Jazoir, Angliya, Angola, Antigua va Barbuda, Argentina, Aruba, Bermud orollari, Braziliya, Burkina-Faso, Burundi, Venesuela, Gabon, Gaiti, Gambiya, Gana, Gvatemala, Gonduras, Grenada, Guam, Kongo Demokratik Respublikasi, Dominika, Misr, Kayman orollari, Kanada, Keniya, Kuba, Liberiya, Madagaskar, Malavi, Mali, Marokash, Meksika, Mozambik, Namibiya, Nigeriya, Turks va Kaykos orollari, Panama, Paragvay, Sudan, Samoa, Senegal, Sent-Vinsent va Grenadinlar, Sent-Kitts va Nevis, Sent-Lyusiya, AQSH, Syerra-Leone, Tanzaniya, Trinidad va Tobago, Tunis, Chili, Urugvay, Ekvador, El-Salvador, Efiopiya, Janubiy Afrika Respublikasi (JAR), Yamayka;
    • Osiyo hududiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar kiradi: Afg‘oniston, Bangladesh, Bahrayn, Bruney, Vyetnam, Gonkong, Hindiston, Indoneziya, Iordaniya, Iroq, Eron, Yaman, Kambodja, Qatar, Xitoy, Liviya, Malayziya, Maldiv orollari, Mongoliya, Nepal, Ummon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Suriya, Tailand, Tayvan, Yaponiya, Janubiy Koreya.

    Xalqaro qo‘ng‘iroqlarga tariflar

Mobi Musicʼni yuklab olish

Barcha tariflar

Boshqa tariflar