Mustaqil faollashtiriladigan SIM-karta
Mobiuz tarmog‘iga ofisga bormasdan ulaning
SIM-kartani qayerdan sotib olish mumkin?
Mustaqil faollashtirish uchun SIM-karta konvertini bizning hamkorlarimizdan buyurtma qilish mumkin
SIM-kartani faollashtirish
- Mobiuz ilovasini AppStore, Google Play yoki AppGallery’dan yuklab oling
- Ilovani smartfoningizda ishga tushiring
- "SIM-kartani faollashtirish" bo‘limini tanlang
- SIM-kartangizdagi shtrix-kodni kamera yordamida skan qiling yoki uni qo‘lda mos maydonga kiriting
- Pasport/ID-karta ma’lumotlarini kiriting va identifikatsiya jarayonidan o‘ting
- Hisobingizni o‘zingizga qulay usulda to‘ldiring
- SIM-kartani telefoningizga joylashtiring
Agar Mobiuz ilovasi oldin o‘rnatilgan bo‘lsa:
"Yana" bo‘limiga o‘ting va undagi "SIM-kartani faollashtirish" bo‘limini tanlang
Mobiuz mobil ilovasini yuklab olish
Faollashtirish amalga oshmayaptimi?
Qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling: +998 97 130 0909 yoki 0890
Mavjud tarif rejalari
Mazza 60+
Hammasi Mazza bo‘ladi!
UNLIM tungi (00:00 - 08:00)
O‘zbekiston bo‘ylab oyiga
O‘zbekiston bo‘ylab oyiga
bepul obuna
Savollar va javoblar (FAQ)
Yangi SIM-kartani internet orqali, aloqa operatori ofisiga borish zaruratisiz rasmiylashtirish mumkin.
MyID’da identifikatsiya jarayonidan o‘tish uchun sizga pasport yoki ID-karta kerak bo‘ladi.
Qadoqda siz SIM-kartaning o‘zi, faollashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma va slotni chiqarish uchun kalit-ignani olasiz.
Mustaqil faollashtirish uchun SIM-karta konvertini bizning hamkorlarimiz — Uzum Market va Yandex Market’dan buyurtma qilish mumkin
O‘zbekistonda bitta odam nomiga 5 tagacha raqam rasmiylashtirish mumkin
Siz quyidagi raqamlar orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin: (+998) 97 130 09 09 yoki 0890.
Uzum Market
SIM-karta konverti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- SIM-karta
- SIM-kartani faollashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma
- SIM-kartani chiqarish uchun kalit-igna
Yandex Market
SIM-karta konverti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- SIM-karta
- SIM-kartani faollashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma
- SIM-kartani chiqarish uchun kalit-igna
Muhim ma’lumot!
“Mazza 60+” tarif rejasiga ulanganda birinchi oy uchun abonent to‘loviga 12 000 so‘m chegirma taqdim etiladi, keyingi oylarda esa abonent to‘lovi oyiga 60 000 so‘mni tashkil etadi.
“Mazza+” tarifiga ulanish 2025-yil 8-avgustdan mavjud emas.
2025-yil 7-avgust (shu jumladan) sanasigacha “Mazza+” tarif rejasiga ulangan amaldagi abonentlarda tarif rejasi shartlari o‘zgarishsiz qoladi