Mobiuz’dan uy interneti
Mobiuz’dan 100 Mbit/s gacha tezlikdagi uy internetini sinab ko‘ring!
Mobiuz FTTx texnologiyasi — yuqori tezlik va internet ulanishining barqarorligini ta’minlovchi zamonaviy optik ma’lumotlar uzatish tarmog‘i asosida «Mobiuz’dan uy interneti» xizmatini ishga tushirmoqda.
Xizmat FTTx tarmog‘i qamrovi hududida test rejimida 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 30-iyungacha shu jumladan* taqdim etiladi *
* Mobiuz kompaniyasi test rejimini belgilangan muddatdan oldin yakunlash huquqini o‘zida saqlab qoladi. (2026-yil 30-iyungacha)
Ulanish shartlari
Xizmat tarmoq qamrovi hududiga kiruvchi manzilda yashovchi jismoniy shaxslar — yangi abonentlar, amaldagi abonentlar hamda «Xotirjam100» tarif rejasiga o‘tgan abonentlar uchun mavjud. FTTx tarmog‘i qamrovi xaritasi
Ma’lumotlar uzatish tezligi — 100 Mbit/s gacha.
«Mobiuz’dan uy interneti» xizmatini ulash uchun jismoniy shaxslar — abonentlar «Xotirjam 100» tarif rejasiga ulanishlari yoki ushbu tarif rejasiga o‘tishlari lozim;
«Xotirjam 100» tarif rejasida «Mobiuz’dan uy interneti» xizmatidan foydalanuvchi abonentlar uchun quyidagilar mavjud emas:
- tarif rejasini o‘zgartirish;
- abonent to‘loviga har qanday chegirmalarni taqdim etish;
- raqam egasini o‘zgartirish;
- «Yillik abonent to‘lovi» xizmati;
- MNP orqali raqamni ko‘chirish;
FTTx texnologiyasi asosidagi «Mobiuz’dan uy interneti» xizmati 0 so‘m narxda taqdim etiladi.
Abonent faqat «Xotirjam 100» tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovini to‘laydi — oyiga 100 000 so‘m.
Murojaat qilish va rasmiylashtirish tartibi
Dastlabki maslahat va texnik imkoniyatni tekshirish — Mobiuz Aloqa markazi orqali 0890 yoki (+998 97) 130-09-09 raqamlari, shuningdek Farg‘ona shahridagi Mobiuz ofisi orqali amalga oshiriladi;
Texnik imkoniyat tasdiqlangach — eng yaqin Mobiuz ofisida ariza rasmiylashtiriladi;
Abonent yozma kelishuvni ikki nusxada imzolaydi;
Tarif rejasi to‘liq to‘langandan so‘ng FTTx tarmog‘iga ulash amalga oshiriladi.
Ulanish jarayoni
- «Mobiuz’dan uy interneti» xizmati «Xotirjam 100» tarif rejasidagi yangi yoki amaldagi abonent raqamiga ulanadi;
- Ulanish texnik xizmat tomonidan 1 ish kuni ichida amalga oshiriladi;
- Optik kabel yotqiziladi, uskunalar o‘rnatiladi va sozlanadi;
- Abonentga vaqtincha foydalanish uchun marshrutizatori (Wi-Fi 6) taqdim etiladi;
- Signal darajasi tekshiriladi, Wi-Fi sozlanadi va tezlik testi o‘tkaziladi;
- Uskunani o‘rnatish va topshirish dalolatnomasi imzolanadi.
- FTTx tarmog‘iga kirish faqat abonent raqami faol holatda bo‘lganda taqdim etiladi;
- Raqam bloklanganda FTTx’ga kirish vaqtincha to‘xtatiladi;
- Faol holat tiklangach, kirish qayta taqdim etiladi.
Qo‘shimcha axborot
Xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish
FTTx tarmog‘iga kirish quyidagi holatlardan birida to‘xtatiladi:
- test davri yakunlanganda*;
- mobil aloqa shartnomasi bekor qilinganda;
- abonent ixtiyoriy ravishda voz kechganida.
* Mobiuz kompaniyasi test rejimini belgilangan muddatdan oldin yakunlash huquqini o‘zida saqlab qoladi. (2026-yil 30-iyungacha)
Xizmat o‘chirilganda abonent Mobiuz uskunalarini qaytarish dalolatnomasi asosida topshirishi shart. Demontaj texnik xizmat tomonidan 1 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Muhim
Ushbu e’lon ommaviy ofertadir. Xizmatga ulanish abonentning «Mobiuz’dan uy interneti» xizmatini ko‘rsatish shartlariga roziligini anglatadi.
Ko‘p beriladigan savollar (FAQ)
Bu barqaror ulanish va ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatishni ta’minlaydigan, FTTx texnologiyasi (optik tolali tarmoq) asosida yuqori tezlikdagi internetga kirish xizmatidir.
Xizmat test loyihasi doirasida taqdim etiladi.
Xizmatning test rejimidagi ishga tushirilishi 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 30-iyungacha shu jumladan amalga oshiriladi.
Xizmat tarmoq qamrovi hududiga kiruvchi manzilda yashovchi jismoniy shaxslar — yangi abonentlar, amaldagi abonentlar hamda «Xotirjam100» tarif rejasiga o‘tgan abonentlar uchun mavjud.
Majburiy shart — abonent manzili FTTx tarmog‘i qamrovi hududiga kirishi lozim.
100 Mbit/s gacha
Xizmatni ulash uchun «Xotirjam 100» tarif rejasi talab etiladi
- FTTx xizmati bepul taqdim etiladi (0 so‘m);
- Abonent faqat «Xotirjam 100» tarif rejasi bo‘yicha mobil aloqa abonent to‘lovini to‘laydi — oyiga 100 000 so‘m.
Texnik imkoniyatni quyidagi usullar orqali tekshirish mumkin:
- Aloqa markazi orqali — 0890 yoki (+998 97) 130-09-09;
- Farg‘ona shahridagi eng yaqin Mobiuz ofisiga shaxsan murojaat qilish orqali.
1-qadam. Texnik imkoniyatni tekshirish
Abonent Mobiuz Aloqa markaziga yoki Farg‘ona shahridagi Mobiuz ofisiga murojaat qiladi. Abonent manzili bo‘yicha FTTx tarmog‘ining mavjudligi tekshiriladi.
2-qadam. Arizani rasmiylashtirish
Texnik imkoniyat tasdiqlanganda:
- abonent Farg‘ona shahridagi Mobiuz ofisiga murojaat qiladi;
- xizmat shartlari bo‘yicha maslahat oladi;
- yozma kelishuvni (ikki nusxada) imzolaydi;
- «Xotirjam 100» tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovini amalga oshiradi.
3-qadam. Ulanish va o‘rnatish
- Ulanish 1 ish kuni ichida amalga oshiriladi;
- Optik kabel yotqiziladi;
- Wi-Fi uskunalari o‘rnatiladi va sozlanadi;
- Ulanish tezligi va barqarorligi tekshiriladi;
- Uskunani o‘rnatish va topshirish dalolatnomasi imzolanadi.
Abonentga vaqtincha foydalanish uchun Wi-Fi marshrutizatori (Wi-Fi 6) bepul taqdim etiladi *
* Uskuna Mobiuz mulki bo‘lib qoladi va xizmat o‘chirilganda qaytarilishi shart.
«Xotirjam 100» tarif rejasida FTTx ulanishi davrida quyidagilar mavjud emas:
- tarif rejasini o‘zgartirish;
- abonent to‘loviga har qanday chegirmalarni taqdim etish;
- raqam egasini o‘zgartirish;
- «Yillik abonent to‘lovi» xizmati;
- MNP orqali raqamni ko‘chirish;
Xizmat quyidagi hollarda o‘chiriladi:
- test loyihasi yakunlanganda *
- abonent tashabbusi bilan
- mobil aloqa shartnomasi bekor qilinganda
* Mobiuz kompaniyasi test rejimini belgilangan muddatdan oldin (2026-yil 30-iyungacha) yakunlash huquqini o‘zida saqlab qoladi.
O‘chirishda:
- uskunalar demontaj qilinadi;
- marshrutizator qaytarish dalolatnomasi asosida Mobiuz’ga topshiriladi;
- abonent mobil aloqadan o‘sha tarifda foydalanishni davom ettirishi mumkin.



