O‘zbekistonda IMEI ro‘yxatdan o‘tkazish
Ro‘yxatdan o‘tkazish narxi va usullari haqida ma’lumot
IMEI (International Mobile Equipment Identity) — bu SIM-modulga ega qurilmaning noyob 15 xonali kodi bo‘lib, u qurilmani mobil aloqa operatori tarmog‘ida aniqlash imkonini beradi.
— IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish SIM-modulga ega barcha qurilmalar uchun majburiy hisoblanadi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi 778-son qarori).
IMEI qachon ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak?
Mahalliy SIM-kartadan foydalanishni rejalashtirayotgan rezidentlar va norezidentlar uchun:
- Birinchi tarmoq hodisasi paytidan boshlab 30 taqvim kuni davomida (mahalliy mobil aloqa operatori SIM-kartasini ulash).
- O‘zbekistonga kirib kelayotgan va mahalliy SIM-kartadan foydalanishni rejalashtirayotgan xorijiy fuqarolar uchun bu muddat birinchi tarmoq hodisasi paytidan boshlab 60 kunga uzaytiriladi.
- Agar qurilma olib kirishda deklaratsiya qilinmagan bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tkazish faqat boj to‘lovlari to‘langandan keyin mumkin.
Norezidentlarga, roumingdan (xorijiy SIM-karta orqali) foydalanuvchilarga:
- IMEI ro‘yxatga o‘tkazish bepul va majburiy emas, agar siz mahalliy SIM-karta xarid qilishni rejalashtirmasangiz va faqat roumingdan foydalanadigan bo‘lsangiz.
IMEI ro‘yxatdan o‘tkazish narxi qancha?
| Shartlar | Narx |
|---|---|
| (Jismoniy shaxslarga) 30 kun davomida | 82 400 so'm |
| (Jismoniy shaxslarga) 30 kundan keyin | 103 000 so'm |
| Importchilarga | 82 400 so'm |
| Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga | 41 200 so'm |
| Boshqa davlat SIM-kartasi bilan rouming | Bepul |
IMEI’ni qanday tekshirish va ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?
| Usul | Qanday foydalanish mumkin |
|---|---|
| USSD | USSD-kodni *1170# yuborish |
| SMS | IMEI kodni 1170 raqamiga SMS orqali yuborish |
| Sayt | uzimei.uz va mygov.uz saytlarida |
| Mobil ilova | MyGov va Birda ilovalarida |
| Pochta | Pochta aloqasi bo‘limlarida |
| Mobiuz ofislari | Faqat Mobiuz abonentlari uchun |
Tekshirish va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida Sizga qurilmaning IMEI-kodi va shaxsni tasdiqlovchi hujjat kerak bo‘ladi
Savollar va javoblar (FAQ)
IMEI — bu mobil qurilmaning (smartfon, planshet, aqlli soat va h.k.) noyob 15 xonali kodi bo‘lib, u qurilmani mobil aloqa operatori tarmog‘ida aniqlash imkonini beradi.
USSD so‘rovi *#06# yordamida, smartfon qadog‘idagi shtrixkod yonida yoki telefon sozlamalarida
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat, IMEI-kodli mobil qurilma, olib kirilganini tasdiqlovchi hujjat (import qilingan qurilmalar uchun)
Qurilma ikkita SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi va bir vaqtning o‘zida ikki raqamdan foydalanish imkonini beradi.
Qurilmani mobil aloqa operatori tarmog‘iga birinchi ulanilgan paytdan boshlab 30 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazing.
82 400 so‘m - 30 kun ichida, 103 000 so‘m - 30 kundan keyin, 82 400 so‘m - importchilar uchun, 41 200 so‘m - mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun, 0 so‘m - roumingdan foydalanayotgan norezidentlar uchun.
Ro‘yxatdan o‘tkazish faqat operator yoki tizim registratori ofisiga shaxsan tashrif buyurganda mumkin bo‘ladi. Pochta identifikatori shtrix-kodi va kalendar shtampi tushirilgan konvertni olib kelish kerak.