Mobiuz’dan Travel SIM: chet elda roumingsiz va ortiqcha to‘lovlarsiz internet
Travel SIM chet elda internetni oldindan ulash imkonini beradi – ofisga bormasdan, jismoniy SIM-kartasiz va qimmat rouming xarajatlarisiz.
Bu qanday ishlaydi:
• safar qilinadigan mamlakat yoki hududni tanlang;
• mos xizmatlar to‘plamini ulang;
• eSIMni oling va uni qurilmaga o‘rnating.
Travel SIM afzalliklari:
• yetib kelishingiz bilan darhol internet;
• qulay onlayn ulanish;
• mamlakatlar va to‘plamlarni moslashuvchan tanlash;
• klassik roumingga nisbatan tejamkorlik.
Mobiuz mobil ilovasida Travel SIM’ni ulang va safarga oldindan tayyorlaning:
• eSIM-profillari xizmatning xalqaro hamkorlari tomonidan taqdim etiladi va Mobiuz kompaniyasining raqamlari hisoblanmaydi.



