MNP-raqamlar uchun MobiCinema'da ro'yxatdan o'tishga vaqtinchalik cheklovlar
Hurmatli abonentlar!
Shuni ma'lum qilamizki, hozirgi vaqtda MNP xizmati orqali Mobiuz tarmog'iga o'tgan foydalanuvchilar uchun MobiCinema xizmatining ilovasi va saytida ro'yxatdan o'tish vaqtincha imkonsiz. Texnik bo'lim muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Xizmatga kirish yaqin vaqt ichida tiklanadi. Yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!



