AK Uzbektelecomning IVR-xizmatlari
«UMS» MChJ abonentlari quyidagi raqamlar orqali ma’lumot-axborot xizmatlaridan foydalanishlari mumkin:
|
Qisqa raqam |
Servis ta’rifi |
Ulanish narxi (QQS bilan) |
|---|---|---|
|
1001 |
Ob-havo ma’lumoti (tinglanadigan tilni tanlash imkoniyati bilan) |
300 so‘m |
|
1004 |
Aniq vaqt va sana to‘g‘risida axborot |
300 so‘m |
|
1009 |
Abonentning aniq manzili va familiyasi bo‘yicha xususiy sektor telefon raqamlariga oid axborot |
1200 so‘m |
|
71-2000101 |
Tabrik uchun buyurtma bermoqchi bo‘lsangiz, 71-2000101 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va signaldan keyin tovushli xabaringizni qoldiring: - abonentning telefon raqami, tabrik vaqti va sanasi, jo‘natilishi kerak bo‘lgan qo‘shiq kodi. Qo‘shiq kodini www.09.tshtt.uz saytidan tanlash mumkin. |
1500 so‘m |
|
71-2000100 |
Ertaklar va bolalar uchun qo‘shiqlarni tinglamoqchi bo‘lsangiz, 71-2000100 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va avtoxabarlagichning ko‘rsatmalarini bajaring |
500 so‘m |
|
71-2000505 |
Kulinariya retseptlarini tinglamoqchi bo‘lsangiz, 71-2000505 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va avtoxabarlagichning ko‘rsatmalarini bajaring |
500 so‘m |
Xizmat haqi ulanish uchun, jadvalda ko‘rsatilgan narxlarda undiriladi, shuningdek efir vaqti uchun haq olinadi. Qo‘ng‘iroqning har bir daqiqasi tarif rejasiga ko‘ra shahar raqamiga chiqish qo‘ng‘irog‘i qiymatida, ulanilgandan keyin 1-soniyadan boshlab narxlanadi va to‘liq daqiqagacha yaxlitlanadi.
Raqamlarga kirish imkoniyati barcha tarif rejalaridagi abonentlar — jismoniy va yuridik shaxslar uchun, qisqa raqamga qo‘ng‘iroq qilishda ulanish to‘lovini amalga oshirish uchun hisobda ijobiy va yetarli mablag‘ mavjud bo‘lganda ochiq bo‘ladi.



