Raqamni band qilish - kompaniya ofisida keyinchalik ulanish uchun raqamni onlayn tarzda oldindan tanlash imkoniyatidir.
Muhim:
- Xizmat faqat jismoniy shaxslar uchun mavjud.
- Band qilingan raqamni ulash faqat kompaniya ofislarida mavjud.
- Raqamni band qilish muddati 3 kalendar kunni tashkil etadi. Agar siz 3 kalendar kuni ichida kompaniya ofisida raqamni ulamasangiz, band qilish bekor qilinadi va raqam boshqa abonentlar uchun sotuvga chiqariladi.
- Kiritilgan shaxsiy ma’lumotlar shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlarga mos kelmasa, band qilish haqiqiy hisoblanmaydi.
- «Onlayn raqam band qilish» xizmati narxi – 5 000 so‘m (abonentning bank kartasidan yechib olinadi).
- Band qilingan abonent raqamini ulashda abonentning bank kartasida “Raqamni onlayn band qilish” xizmati qiymati hamda tanlangan tarif rejasi va raqam toifasi bo‘yicha abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lishi kerak.
- Bitta JShShIR uchun bir vaqtning o‘zida uchtagacha abonent raqamini band qilish mumkin.
- Bir sutka ichida bitta qurilmadan 50 tagacha qidiruv so‘rovi bajarilishi mumkin.
- Alohida toifadagi raqamlarni ulash narxi chegirmalar va aksiyalarni inobatga olmagan holda ko‘rsatilgan.
- Abonentning shaxsiy hisobida raqam toifasi bo‘yicha abonent to‘lovini hisoblash uchun mablag‘ yetarli bo‘lmagan taqdirda, abonent raqami Ommaviy oferta shartlariga muvofiq dastlabki blokirovkada bo‘ladi.
- Ommaviy ofertada ko‘rsatilgan muddatda boshlang‘ich avans to‘lovi to‘liq amalga oshirilmagan taqdirda, raqam operator tasarrufiga qaytariladi. «Onlayn raqam band qilish» xizmati uchun yechilgan mablag‘ qaytarilmaydi.
- Band qilingan raqamni ulash “Raqamni almashtirish” xizmati bilan mavjud



