Biz ijtimoiy tarmoqlarda

XABARNOMA

Ba’zi rouming hamkorlarining tarmoqlarida VoLTE standartiga o‘tilgan va 2G hamda 3G tarmoqlarida aloqa xizmatlari o‘chirilgan holatlarda quyidagi davlatlarga safar qilganda roumingda ovozli qo‘ng‘iroqlarda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin: Yaponiya, AQSH, Avstraliya, Xitoy va Singapur.

Barqaror aloqa uchun Light rouming yoki Business rouming, Universal Light rouming, Universal Business rouming xizmatlarini ulash va 4G tarmog‘ida foydalanishni tavsiya qilamiz.

Mazkur operatorlar tarmoqlarida ovozli aloqa xizmatlarini yaqin kelajakda ta’minlash maqsadida rouming hamkorlarimiz bilan yaqindan hamkorlik qilmoqdamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Xalqaro rouming xizmatlari ulanganida «VoLTE» xizmati avtomatik tarzda o‘chiriladi.

SAFAR OLDIDAN

Mobiuz mobil aloqa xizmatlaridan xorijiy safarlarda foydalanish uchun xalqaro rouming xizmatlaridan birini — «Universal rouming», «Light rouming», «Business rouming» yoki «SMS rouming»ni faollashtirish lozim.

«Universal rouming»

“Universal rouming” xalqaro rouming xizmatlari turkumi UMS MCHJ rouming hamkorlari tarmoqlarida ro‘yxatdan o‘tish va ushbu hamkor tomonidan taqdim etiladigan xalqaro rouming doirasidagi ovozli qo‘ng‘iroqlar, SMS va ma’lumot uzatish xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi:

  • ushbu xizmatlar mavjud bo‘lganda hamda abonent raqamida hech qanday taqiq yoki blokirovka mavjud bo‘lmasa,

  • balans yetarli bo‘lganda,

  • abonent raqami ulangan kundan boshlab zarur kunlar soni o‘tgan bo‘lsa.

«Universal rouming» xizmatlari faollashtirish uchun faqat Mobiuz ilovasi orqali va faqat jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalari doirasida mavjud, agar TR shartlarida boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa.

«Universal rouming» xizmati (barcha turlari)ni ulash shartlari

Umumiy shartlar:

Xizmatning mavjudligi

Ulash usuli

Holatini tekshirish usuli

O‘chirish usuli

Uzaytirish usuli

Xizmatni faollashtirish narxi va abonent to‘lovi

Barcha tarif rejalari (agar tarif rejasi shartlarida boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa) bo‘yicha jismoniy shaxs abonentlar uchun;

Mobiuz App

Mobiuz App;
USSD menyu: *111*012#;
SMS: 3 raqamini 616012 ga yuborish;
Internet yordamchi;
1-sonli XKMʼga murojaat / Kontakt markaziga;

Avto o‘chirish, belgilangan amal qilish muddati – 30 kun;

Mobiuz App;


USSD menyu: *111*012#;

SMS: 0 raqamini 616012 ga yuborish;

Mobiuz App;

USSD menyu: *111*012#
30 / 90 / 180 kun muddatga,
jami 360 kungacha;

0.00 so‘m

1 “UMS” MCHJ rasmiy veb-saytida mavjud bo‘lgan virtual qabulxona, fikr-mulohaza shakllari va boshqa aloqa kanallari orqali murojaatlarni ham o‘z ichiga oladi.

Qanday ulanish mumkin:

  • Agar siz ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, Mobiuz ilovasiga kiring. Agar hali ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, ilova haqidagi ma’lumot va yuklab olish havolasini shu yerdan topishingiz mumkin. Ilovani o‘rnatgach, Mobiuz raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi.

  • Mobiuz ilovasining bosh menyusida, pastroqda markaziy qismda joylashgan «Rouming» bo‘limiga kiring:


- So‘ng, «Universal rouming» bo‘limiga kiring:


- Keyin esa, «Universal rouming» xizmatini ulash tugmasi mavjud bo‘lsa va bosilganida, Mobiuz ilovasi quyidagi mezonlar asosida abonent ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi. Raqamning ulangan sanasi va hisobdagi balansga qarab, «Universal rouming» xizmati abonent raqamiga mos mavjud variantda, quyidagi shartlar asosida avtomatik tarzda ulanadi:

Shartlari/ulash talablari

Xizmat ulanadi

Agar raqam ulangan sanadan boshlab quyidagi muddat o‘tgan bo‘lsa:

Minimal balans mavjud bo‘lgan taqdirda

«Universal rouming - Mini»

180 kundan kamroq

100 000 so‘mdan kamroq

«Universal rouming - Mini»

180 kun yoki undan ko‘proq

10 000 so‘mdan kam emas

«Universal rouming - Light»

180 kun yoki undan ko‘proq

50 000 so‘mdan kam emas

«Universal rouming - Business»

180 kun yoki undan ko‘proq

300 000 so‘mdan kam emas

- Xizmat muvaffaqiyatli ulanganida, ilova «Universal rouming – Mini/Light/Business» xizmati ulanganligi va uning amal qilish muddati haqida bildirishnoma ko‘rsatadi. Agar xatolik yuz bersa, ilova xatolik sababi haqida xabar beradi. Shuningdek, abonent raqamiga SMS-bildirishnoma ham yuboriladi.

- Xizmat ulanganidan so‘ng, ayni shu sahifada «Universal rouming» xizmatining ulangan varianti, uning amal qilish muddati va quyidagilar bo‘yicha ma’lumot taqdim etiladi:

  • ulanayotgan «Universal rouming» xizmatining amal qilish muddatini 30/90/180 kun variantlarida uzaytirish, jami barcha uzaytirishlardan so‘ng 360 kungacha.

  • aktiv «Universal rouming» xizmatini o‘chirish

  • «universal rouming» darajasini yangilash

- Agar abonent balansida yoki raqam ulangan kundan boshlab o‘tgan muddatda o‘zgarish yuz bergan bo‘lsa va abonent «Universal rouming – Mini»dan «Universal rouming – Light» yoki «Business» turiga o‘tishi zarur bo‘lsa, u holda abonent «Rouming darajasini yangilash» tugmasini bosishi kerak. Shundan so‘ng ilova qayta tekshiruv o‘tkazib, «Universal rouming» xizmatining abonent raqamiga mos mavjud variantini yangilaydi.

 «Universal rouming» xizmatlari farqlari

Ulangan «Universal rouming» xizmatining turiga qarab, roumingdagi aloqa xizmatlari quyidagi cheklovlar/darajadagi mavjudlik bilan taqdim etiladi:

Xizmat

Kiruvchi qo‘ng‘iroqlar

Ozbekistonga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar

Tashrif buyurilgan davlat boyicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar

Dunyoning boshqa mamlakatlariga chiqish qo‘ng‘iroqlari

Sun’iy yo‘ldosh operatorlari raqamlariga chiqish qo‘ng‘iroqlari

Chiq. SMS

Kiruvchi SMS

Mob. internet

«Universal rouming - Mini»

mavjud*

mavjud emas

mavjud *

mavjud emas

mavjud emas

mavjud emas

mavjud *

mavjud emas

«Universal rouming - Light»

mavjud *

mavjud *

mavjud *

mavjud emas

mavjud emas

mavjud *

mavjud *

mavjud *

«Universal rouming - Business»

mavjud *

mavjud *

mavjud *

mavjud *

mavjud *

mavjud *

mavjud *

mavjud *

* Abonent raqamida hech qanday blokirovka yoki taqiqlar bo‘lmaganda hamda balans yetarli bo‘lganda

ESLATMA:

  • «Universal rouming – Mini», «Universal rouming – Light» va «Universal rouming – Business» xizmatlarini faqat ilova orqali ulash mumkin.

  • Mobiuz ilovasi yuqoridagi shartlar asosida tahlil o‘tkazadi va ulardan biriga mos bo‘lsa, «Universal rouming» xizmatining uchta mavjud variantidan birini avtomatik tarzda ulaydi. Agar abonent raqami kamida bitta shartga mos kelmasa, xizmat ulanmaydi. 

  • Ulanish jarayonida ilova «Universal rouming» xizmatini quyidagi ustuvorlik tartibida ulaydi:

  • «Universal rouming – Business» — yuqori ustuvorlik.

  • «Universal rouming – Light» — o‘rtacha ustuvorlik.

  • «Universal rouming – Mini» — past ustuvorlik.

  • Amal qilish muddati: belgilangan tartib bo‘yicha faollashtirilgan kundan boshlab 30 kun. Agar abonentga «Universal rouming» xizmati (barcha turlari) 30 kundan uzoq muddatga kerak bo‘lsa, xizmat muddati Mobiuz ilovasi yoki *111*012# USSD menyusi orqali 30/90/180 kun muddatlarga uzaytirilishi mumkin. Xizmatning umumiy amal qilish muddati barcha uzaytirishlardan so‘ng, ulanish sanasidan boshlab 360 kundan oshmasligi lozim;

  • «Universal rouming» xizmati faol holatda bo‘lganida, «Xalqaro kirish» xizmatini ulash imkoni yo‘q (bu holat barcha «Universal rouming» variantlari uchun o‘zaro istisno hisoblanadi). Shu bilan birga, agar abonent raqamida «Universal rouming» xizmatini ulash paytida «Xalqaro kirish» xizmati allaqachon faol bo‘lsa, u holda ushbu xizmat avtomatik tarzda o‘chiriladi va shundan so‘ng «Universal rouming» xizmati faollashtiriladi;

  • Agar abonent «Universal rouming» xizmatini ulaganidan so‘ng hisobini to‘ldirsa va yangi balans asosida roumingdagi qo‘shimcha aloqa xizmatlariga kirish huquqini olishni istasa, u holda ilova orqali «Rouming darajasini yangilash» tugmasini bosishi kerak. Shundan so‘ng ilova abonent ko‘rsatkichlarini shartlar asosida qayta tekshiradi va «Universal rouming» xizmatini abonent raqamiga mos mavjud variantga yangilaydi (masalan, 1-darajadan 2 yoki 3-ga, yoki 2-darajadan 3 yoki 1-ga o‘zgaradi).

  • Bitta abonent raqamida «Universal rouming» (barcha variantlari), «SMS rouming», «Light rouming» va «Business rouming» xizmatlarini bir vaqtning o‘zida ulash mumkin emas. Ushbu xizmatlardan birini faollashtirish uchun avvalo ilgari ulangan xizmatni o‘chirish zarur;

  • Ulanish yoki o‘chirish amalga oshirilganda, abonentga mos ravishda SMS-bildirishnoma yuboriladi.

  • «Universal rouming» (barcha turlari), «SMS rouming», «Light rouming» va «Business rouming» xizmatlari holatini tekshirish bir xil USSD yoki SMS buyrug‘i orqali amalga oshiriladi.

  •  «Universal rouming», «SMS rouming», «Light rouming» va «Business rouming» xizmatlarini o‘chirish bir xil USSD yoki SMS buyrug‘i orqali amalga oshiriladi. «Universal rouming» (barcha variantlari) xizmati o‘chirilgach, abonentga xizmat o‘chirilganligi haqida xabar va «Xalqaro kirish» xizmatini ulash uchun USSD buyruq yuboriladi.

«Light Rouming»

Ushbu xalqaro rouming xizmati abonentga “UMS” MChJ rouming-hamkorlari tarmoqlarida ro‘yxatdan o‘tish, hamda raqam balansi yetarli miqdorda ijobiy bo‘lsa, abonent raqamida xizmatlardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lsa va bloklashlar/ta’qiqlar bo‘lmasa,rouming-hamkor tomonidan taqdim etiluvchi qo‘ng‘iroqlar,SMS,ma’lumot uzatish xalqaro rouming xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. «Light Rouming» xizmatida xalqaro yo‘nalishlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar cheklangan va roumingda bo‘lganda faqat O‘zbekistondagi hamda abonent bo‘lib turgan mamlakatdagi raqamlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish mumkin. Boshqa mamlakatlarga, shu jumladan sun’iy yo‘ldosh orqali ishlovchi operatorlarning raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati mavjud emas.

Xizmatdan foydalanish imkoniyati:

Xizmatdan barcha tarif rejalaridagi (agar tarif rejasi shartlarida boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa) abonentlar  – jismoniy va yuridik shaxslar, rouming turi Oflayn yoki Onlayn (CAMEL) ekanligidan qat’iy nazar, agar hisob raqamida yetarli miqdordagi ijobiy balans bo‘lsa, foydalanishlari mumkin. 31.08.2022y. dan «Light Rouming» xizmatining yangi ulanishlar uchun amal qilish muddati, ulangan paytdan boshlab 30 kunni tashkil qiladi.

Xorijiy fuqarolarda JShShIR mavjud boʻlganda, rouming xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud.

Xizmatni ulash:

Ushbu xizmatni ulash uchun shaxsiy hisobda kamida 100 000 so‘m (bir yuz ming so‘m) miqdorida mablag‘ bo‘lishi talab etiladi. Ushbu summa roumingdagi kelgusi xarajatlar uchun oldindan to‘lov sifatida hisoblanadi. Xizmatni jismoniy shaxslar uchun faollashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

- abonent shaxsni tasdiqlovchi hujjat va shaxsiy hisobdagi yetarli miqdordagi ijobiy balans bilan shaxsan murojaat qilganda, «UMS» MChJ Xizmat ko‘rsatish markazi xodimi tomonidan.

- *111*012# USSD menyusi va Mobiuz mobil ilovasi orqali faollashtirish imkoniyati taqdim etiladi:

  • raqam ulangan sanadan 180 kundan ortiq vaqt o‘tgan;

  • shaxsiy hisobda yetarli miqdordagi ijobiy balans bo‘lishi;

  • abonent raqamida «Xalqaro ulanish» xizmati o‘chirilgan;

-  O‘zR hududidan tashqarida bo‘lgan abonent «UMS» MChJ rasmiy saytida mavjud bo‘lgan qayta aloqa shakllari yoki kompaniyaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari/messendjerlari orqali, keyinchalik xizmatni ulash shartlarini bajargan holda, shaxsan murojaat qilganda. Bunday turdagi murojaatlar ish kunlarida (Dushanda-Juma 09:00 dan 18:00 gacha) yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.

Ushbu xizmatni yuridik shaxslarga ulash yozma ariza asosida amalga oshiriladi.

Yuridik shaxslar uchun ushbu xizmat yozma ariza asosida va Virtual menejer orqali ulanadi.

Eslatma:

«Light rouming» xizmati ulanganida, abonent raqamidagi «Xalqaro kirish» xizmati avtomatik tarzda o‘chiriladi, «Light rouming» xizmati o‘chirilganida esa, abonent raqamida «Xalqaro kirish» xizmati avtomatik tarzda qayta ulanadi.

«Xalqaro ulanish» va «Light Rouming» xizmatlari bir-birini istisno etuvchi xizmatlardir. Ya’ni agar ularning biri ulangan bo‘lsa, ikkinchisini ulab bo‘lmaydi. Demak, «Light Rouming» xizmatini faollashtirish uchun dastlab «Xalqaro ulanish» xizmati ulanmaganligiga ishonch hosil qilish zarur.

Agar abonentga Light rouming xizmati 30 kundan ortiq muddatga kerak bo‘lsa,11.11.2022 dan boshlab muddatni *111*012# USSD menyusi orqali 30/90/180 kunga uzaytirish mumkin. «Light Rouming» xizmatini umumiy muddati barcha uzaytirishlardan so‘ng, xizmat yoqilgan kundan boshlab 360 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatni tashkil etishi mumkin.

«Business Rouming»

Mazkur xalqaro rouming xizmati abonentga “UMS” MChJ rouming-hamkorlari tarmoqlarida ro‘yxatdan o‘tish hamda nomer balansi yetarli miqdorda ijobiy bo‘lsa, ushbu raqamda xizmatlardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lsa va bloklashlar/ta’qiqlar bo‘lmasa, rouming-hamkor tomonidan taqdim etiluvchi qo‘ng‘iroqlar, SMS, ma’lumot uzatish xalqaro rouming xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ushbu xizmatda chiquvchi qo‘ng‘iroqlar cheklanmagan va roumingda bo‘lganda, agar balans ijobiy bo‘lsa va raqamda cheklovlar bo‘lmasa, xalqaro yo‘nalishlarda chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, shu jumladan sun’iy yo‘ldosh orqali ishlovchi operatorlarning raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin?

Xizmatdan barcha tarif rejalaridagi (agar tarif rejasi shartlarida boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa) abonentlar  – jismoniy va yuridik shaxslar, rouming turi Oflayn yoki Onlayn (CAMEL) ekanligidan qat’iy nazar, agar shaxsiy hisob raqamida yetarli miqdordagi ijobiy balans bo‘lsa, foydalanishlari mumkin.

Xorijiy fuqarolarda JShShIR mavjud boʻlganda, rouming xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud.

Xizmatni ulash:

Ushbu xizmatni ulash uchun shaxsiy hisob kamida 500 000 so‘m (besh yuz ming so‘m) miqdorida bo‘lishi kerak. Bu mablag‘ roumingda kelgusida qilinadigan xarajatlar uchun oldindan to‘lov hisoblanadi. Ushbu xizmat “UMS” MChJ Xizmat ko‘rsatish markazi xodimi tomonidan faollashtiriladi. Buning uchun shaxsiy hisobida yetarli mablag‘i bor bo‘lgan abonent o‘zini shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan shaxsan murojaat qilishi shart. 

Yuridik shaxslar uchun ushbu xizmat yozma ariza asosida va Virtual menejer orqali ulanadi

Eslatma:

«Business rouming» xizmati ulanganida, abonent raqamida «Xalqaro kirish» xizmati avtomatik tarzda ulanadi

«Business Rouming» xizmatini ulayotganda «Xalqaro ulanish» xizmati ulanganiga ishonch hosil qilish kerak. Chunki «Xalqaro ulanish» xizmatisiz roumingda xalqaro yo‘nalishlarga qo‘ng‘iroq qilish, shu jumladan rouming-hamkor tarmog‘ida bo‘lganda O‘zbekiston raqamlariga ham chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud emas.

Xizmatlarni o‘chirish

«Business rouming» xizmatida avtomatik o‘chirish sharti mavjud emas. O‘zbekiston hududiga qaytganingizda, rouming hamkorlari tarmoqlariga avtomatik ulanib ketish ehtimoli yuqori bo‘lgan qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh hududlarda kutilmagan rouming xarajatlarining oldini olish maqsadida rouming xizmatlarini o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi. «Light rouming» yoki «Business rouming» xizmatlarining holatini tekshirish va ularni o‘chirish uchun «UMS» MChJ Mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilishingiz yoki quyidagi variantlardan foydalanishingiz mumkin:

  • USSD menyu: *111*012#

  • Virtual menejer.

SMS-buyruq:

616012 ga 0 raqamini yuborish — xizmatni o‘chirish uchun

616012 ga 3 raqamini yuborish — xizmat holatini tekshirish uchun

Narxi

«Light rouming» yoki «Business rouming» xizmatini faollashtirish narxi — 0,00 so‘m.

«Light rouming» yoki «Business rouming» xizmati uchun abonent to‘lovi — 0,00 so‘m.

Roumingdagi ovozli aloqa, SMS va mobil internet xizmatlari tariflari bilan “Xalqaro rouming xizmatlari tariflari” sahifasida tanishishingiz mumkin.

Narxlar soliqlarni inobatga olgan holda ko‘rsatilgan.

«SMS rouming»

Ushbu xalqaro rouming xizmati abonentga “UMS” MChJ rouming-hamkorlari tarmoqlarida ro‘yxatdan o‘tish, hamda raqam balansi yetarli miqdorda ijobiy bo‘lsa, abonent raqamida xizmatlardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lsa va bloklashlar/ta’qiqlar bo‘lmasa rouming-hamkor tomonidan taqdim etiluvchi SMS uzatish xalqaro rouming xizmatidan foydalanish imkonini beradi. «SMS Rouming» xizmati ulanganda roumingda va O‘zR hududida quyidagi xizmatlardan foydalanish imkoniyati mavjud emas:

  • mobil internet;

  • kiruvchi ovozli chaqiriq;

  • chiquvchi ovozli chaqiriq, shu jumladan joylashuv bo‘yicha favqulloda xizmatlar raqamlariga qo‘ng‘iroqlar. 

Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin? 

Xizmatdan barcha tarif rejalaridagi (agar tarif rejasi shartlarida boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa) abonentlar  – jismoniy va yuridik shaxslar, rouming turi Oflayn yoki Onlayn (CAMEL) ekanligidan qat’iy nazar, agar shaxsiy hisob raqamida yetarli miqdordagi ijobiy balans bo‘lsa va bloklashlar/ta’qiqlar bo‘lmasa, foydalanishlari mumkin. 

Xizmatni ulash: 

Mazkur xizmatni jismoniy shaxslar uchun ulash quyidagi shartlarda amalga oshiriladi:

  • abonent «SMS Rouming» xizmati faol bo‘lgan holatda, aloqa xizmatlariga bo‘lgan cheklanishlar haqida ogohlantirilgan

  • shaxsiy hisobdagi ijobiy balans

  • abonent balansida taqiqlar/bloklashlarning yo‘qligi;

  • abonent raqamida «Mobil internet» o‘chirilgan; 

- O‘zR hududidan tashqarida bo‘lgan abonent «UMS» MChJ rasmiy saytida mavjud bo‘lgan qayta aloqa shakllari yoki kompaniyaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari/messendjerlari orqali, keyinchalik xizmatni ulash shartlarini bajargan holda, shaxsan murojaat qilganda. Bunday turdagi murojaatlar ish vaqtida, yakka tartibda ko‘rib chiqiladi;    

«SMS Rouming» xizmati abonent tomonidan murojaatda ko‘rsatilgan muddatga ulanadi.

«UMS» MChJ tarmog’ining qoplash hududida ovozli aloqa/mobil internet xizmatlaridan foydalanish zarur bo‘lganda , abonent «SMS rouming» xizmatini USSD buyruq yordamida mustaqil ravishda o‘chirishi yoki xizmatni o‘chirishning, quyida keltirib o‘tilgan, boshqa mavjud uslublarida foydalanishi kerak.


Ushbu xizmatni yuridik shaxslarga ulash yozma ariza asosida amalga oshiriladi.
 

Xizmatni o‘chirish: 

Ushbu xizmatni o‘chirish uchun quyidagi imkoniyatlardan foydalanish mumkin:

  • USSD menyusi orqali: *111*012# ;

  • 616012 raqamiga 0 SMS xabarini yuborish

  • Internet-yordamichi orqali;

  • Qo‘ng‘iroqlar-markaziga qo’ng’roq qilib  

  • abonent shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan «UMS» MChJ Xizmat ko’rsatish markaziga shaxsan murojaat qilganda. 

 Xizmatning holatini tekshirish: 

Ushbu xizmat holatini tekshirish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

  • USSD menyusi orqali: *111*012#;

  • 616012 raqamiga 3 SMS xabarini yuborib

  • Internet-yordamichi orqali;

  • Qo‘ng‘iroqlar-markaziga qo’ng’roq qilib   

Eslatma: 

«Mobil internet» va «SMS Rouming» xizmatlari bir-birini istisno etuvchi xizmatlardir, Ya’ni agar bu xizmatlardan biri ulangan bo‘lsa, «SMS Rouming» xizmatini ulab bo‘lmaydi. Demak, «SMS Rouming» xizmatini faollashtirish uchun dastlab «Mobil internet» xizmati o‘chirilganligiga ishonch hosil qilish zarur.

Xizmatlarni holatini tekshirish va o‘chirish

“Business Rouming” xizmatida avtomatik ravishda o‘chish sharti mavjud emas. O‘zbekistonga qaytganda, qo‘shni mamlakatlardagi rouming-hamkorlar tarmoqlariga avtomatik ravishda ulanish ehtimoli yuqori bo‘lgan, O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh bo‘lgan hududlarida bo‘lgan paytda, kutilmagan xarajatlar yuzaga kelishining oldini olish uchun rouming xizmatlarini o‘chirish tavsiya etiladi. “Light Rouming”, “Business Rouming” yoki “SMS rouming”, “Universal rouming” xizmatlarining holatini tekshirish yoki o‘chirish uchun “UMS” MChJ Xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilish yoki quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

USSD menyusi orqali: *111*012#;

SMS-buyruq:

Xizmatni o‘chirish uchun 616012 raqamiga 0 raqami yuboriladi.

Holatini tekshirish uchun 616012 raqamiga 3 raqami yuboriladi.

Narxi

“Light Rouming”,“Business Rouming” yoki “SMS rouming” xizmatini faollashtirish qiymati – 0,00 so‘m.

“Light Rouming”,“Business Rouming” yoki “SMS rouming” xizmati uchun abonent to‘lovi – 0,00 so‘m.

Ovozli aloqa, SMS va mobil internet xizmatlarining roumingdagi tariflari bilan «Xalqaro rouming xizmati narxlari» sahifasida tanishib chiqish mumkin.

Narxlar soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.

Eslatma:

  • Bitta hisobvaraqda bir vaqtning o‘zida “Light Rouming”,“Business Rouming” yoki “SMS rouming” xizmatlarini ulash imkoniyati mavjud emas. “Light Rouming”,“Business Rouming” yoki “SMS rouming” xizmatini ulash uchun ulardan birini faollashtirishdan avval, ulangan holda turgan boshqa xizmatni o‘chirish kerak.

  • “Light Rouming”,“Business Rouming” yoki “SMS rouming” xizmatlarini o‘chirish uchun bir xil USSD-buyruq yoki SMS-buyruq yuboriladi.


ROUMINGDA MOBIL INTERNET (GPRS/3G/LTE) XIZMATLARI

Roumingda mobil internet xizmatlaridan foydalanish uchun raqamingizda «Mobil internet» xizmati ulanganligi va qurilmangizda APN sozlamalari to‘g‘ri kiritilganiga ishonch hosil qilish kerak. APN avtomatik ravishda sozlash bo‘yicha ma’lumotlarni quyidagi havola bo‘yicha olish mumkin. Agar Sizning qurilma avtomatik sozlamalarni qo‘llab-quvvatlamasa, qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Aloqa markaziga murojaat qilish kerak.Rouming-hamkorlarning tarmoqlarida 4G/LTE xizmatidan foydalanish uchun 4G LTE tarmog‘iga kirish xizmatini ulash kerak.

Roumingda bo‘lganda

Tarmoqda qanday qilib ro‘yxatdan o‘tish mumkin?

Odatda, rouming-hamkorning tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tish telefon tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Agar tarmoqda ro‘yxatdan avtomatik tarzda o‘tilmagan bo‘lsa, u holda telefondan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq, tarmoq qo‘lda topilishini o‘rnatish (“Tarmoqlar” yoki “Uyali tarmoqni tanlash” opsiyasi topiladi va tanlanadi hamda yangi tarmoq qidiriladi) va bu yerdagi ro‘yxatga muvofiq rouming hamkorning tarmog‘ini tanlash kerak bo‘ladi.

Raqam qanday qilib to‘g‘ri teriladi?

Rouming-hamkorlar tarmoqlarida chiquvchi qo‘ng‘iroqni amalga oshirish uchun abonent raqamini quyidagi xalqaro formatda terishi kerak:

+[mamlakat kodi][shahar yoki tarmoq kodi][abonent raqami]
yoki
00 [mamlakat kodi][shahar yoki tarmoq kodi][abonent raqami]

Masalan, Mobiuz abonentining mobil raqamiga qo‘ng‘iroq qilish uchun

+998 97 xxx xxxx yoki 00998 97 xxx xxxx teriladi.

Roumingda hisobvaraq balansini qanday tekshirish mumkin?

USSD-so‘rov: telefonda *100# tering va chaqiruv tugmasini bosing (so‘rov bepul);

SMS: 6111 qisqa raqamiga til kodi yozilgan SMS-xabar yuborish

1 – O‘zbek tilining kodi;

2 – Rus tilining kodi;

3 – Ingliz tilining kodi.

Diqqat! Chiquvchi SMS qiymati rouming tariflari bo‘yicha to‘lanadi.

  • Internet-yordamchi

VAQTINCHA BANDLASH SHARTLARI

GSM assotsiatsiyasining rouming hamkorlari tarmog‘ida  firibgarlikni oldini olish tartibi va tartiboti to‘g‘risidagi tavsiyalariga binoan, Kompaniya rouming hamkorlaridan olingan roumer abonentining roumingda o‘z hisob raqamidagi balansdan ortiq mablag‘ sarflagani to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarga asoslangan holda roumer-abonenti raqamini vaqtincha bandlash huquqiga egaligini o‘zida saqlab  qoladi. Vaqtincha bandlash rouming hamkorlaridan roumingda ko‘rsatilgan xizmatlarni tarifikatsiyasida qo‘llaniluvchi asosiy () fayllar olingunga qadar (30 kungacha) amalda bo‘ladi.

ROUMINGDA QO‘LLAB-QUVVATLASH

Hurmatli abonentlar!

Agar Sizda roumingda bo‘lgan paytda rouming xizmatlari bilan bog‘liq qandaydir texnik qiyinchiliklar yoki muammolar vujudga kelgan bo‘lsa, Siz mana bu havola bo‘yicha qayta aloqa shakli bo‘yicha yoki Rouming veb-sahifasi sarlavhasining ro‘parasida, yuqori o‘ng tarafdagi «Biz bilan bog‘lanish» tugmasini bosib, mutaxassislarimiz bilan aloqaga chiqishingiz mumkin. Murojaat qilganda, Telegram, WhatsApp v.h.k (iltimos aniqlashtiring) mavjud bo‘lgan raqamni va/yoki mutaxassislarimiz Mobiuz raqamingiz bilan roumingda vujudga kelgan muammolar/qiyinchiliklarni hal qilish uchun aloqaga chiqishlari mumkin bo‘lgan elektron pochta manzilini ko‘rsatishingizni so‘raymiz. So‘rovlaringiz ish kunlarida (Dushanba-Juma 09:00 dan 18:00 gacha) ko‘rib chiqiladi.


Ro‘yxatga qaytish